Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Ko'zni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Ko'zlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj cho'tkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qo'llar uchun bandajlar
        • Bilaglarni bo'g'imi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qo'llash uchun bandaj
        • Bo'yin uchun bandajlar
        • Tug'ishdan oldin qo'llash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yog'
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Xizmatlar
      • Xizmatlar
      • Монтаж оборудования
      • Обслуживание генераторов
      • Сборка мебели
      • Аренда снаряжения
      • Настройка электроники
      • Ремонт техники
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Blog
    • Ma'lumot
      • Ma'lumot
      • Rekvizitlar
      • Do'konlar
      • Loyihalar
        • Loyihalar
        • Климатическая техника
          • Климатическая техника
          • Поставка и установка бризеров в детском саду
          • Поставка и установка кондиционеров в офисном помещении
        • Мебель
          • Мебель
          • Гостиная в эко-стиле
          • Кухня в стиле модерн
        • Сантехника
          • Сантехника
          • Обустройство санузла в фирменном стиле ресторана
          • Обустройство санузла в частном коттедже
        • Оборудование
          • Оборудование
          • Подбор и поставка оборудования для промышленного предприятия
        • Освещение
          • Освещение
          • Подбор и установка освещения для салона красоты
      • Imkoniyatlar
        • Imkoniyatlar
        • Оформление
        • Кнопки
        • Иконки
        • Elementlar
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari
    Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
    Niperten tab. 5mg №30
    76aae862fffa603dff304be7557baab9

    Niperten tab. 5mg №30

    20 900 UZS
    +#BONUSES# на счет
    20 900 UZS
    +#BONUSES# на счет
    Mavjud
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    KRKA, d.d., Novo mesto
    Chiqarilish shakli
    :
    Таблетки
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Niperten tab. 5mg №30

    Batafsil
    20 900 UZS
    +#BONUSES# на счет
    Sotuvda mavjud
    Mavjud
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.

    Tavsif

    Qo'llanilishi bo'yicha yo'riqnomaYoʻriqnoma: Niperten tab. 5mg №30

    • Maxsus ko‘rsatmalar
    • Ishlab chiqaruvchi
    Niperten plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg
    Niperten plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg
    Niperten plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg
    Bisoprolol fumarati
    Mazkur preparatni qo‘llashdan avval ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim bo‘lgan ma'lumot saqlaydi.
    - Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Uni yana o‘qib chiqish Sizga kerak bo‘lib qolishi mumkin.
    - Agar Sizda qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    - Mazkur preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu ularga, garchand Sizda kasallikning o‘xshash belgilari qayd etilgan bo‘lsa-da, zarar keltirishi mumkin.
    - Agar Sizda nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu holat ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qaralsin.
    Ushbu ilova-varaqa qanday ma'lumot saqlaydi
    1. Niperten preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
    2. Niperten qo‘llashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak
    3. Niperten qanday qo‘llaniladi
    4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
    5. Niperten qanday saqlanadi
    6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
    1. Niperten preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
    Bisoprolol Niperten preparatining ta'sir etuvchi moddasidir. Bisoprolol beta-blokatorlar deb ataladigan dori preparatlari guruhiga mansub bo‘lib, ushbu preparatlar ayrim nerv impulslariga, ayniqsa yurakda, organizmning javobiga ta'sir ko‘rsatgan holda ishlaydi. Natijada bisoprolol yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashtiradi va qonni tana bo‘ylab samarali haydashga yurakni majbur qiladi. Ayni vaqtda bisoprolol kislorodga bo‘lgan ehtiyojni va qonni yurakka oqib kelishini kamaytiradi. Yurak mushagi kuchsiz bo‘lganda va organizm ehtiyojlari uchun yetarlicha qon miqdorini haydab berishga qodir bo‘lmaganida yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi.
    Niperten quyidagilarni davolash uchun:
    - yuqori arterial bosim (arterial gipertenziya);
    - stenokardiya;
    - stabil surunkali yurak yetishmovchiligi. Niperten ni ushbu kasallikni davolash uchun to‘g‘ri keladigan boshqa preparatlar (AAF ingibitorlari, siydik haydovchi preparatlar va yurak glikozidlari kabi preparatlar) bilan majmuada qo‘llaniladi.
    2. Niperten qo‘llashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak
    Quyidagi hollarda Niperten qabul qilinmasin
    Sizda quyidagi kasalliklardan biri mavjud bo‘lganida Niperten preparati qabul qilinmasligi kerak:
    - ushbu preparatning faol moddasi yoki har qanday boshqa komponentlariga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lsa;
    - og‘ir bronxial astma yoki o‘pkaning og‘ir surunkali kasalligi;
    - qo‘l-oyoqlaringizda og‘ir darajada qon aylanishini buzilishi (masalan, Reyno sindromi), u qo‘l va oyoq barmoqlarida og‘riq hislarini yoki ularni ocharishi yoki ko‘karib ketishini keltirib chiqarishi mumkin;
    - buyrak usti bezlarining kam uchraydigan o‘smasi bo‘lgan davolanmagan feoxromotsitoma;
    - qonda kislota miqdorining oshib ketadigan holati bo‘lgan metabolik atsidoz.
    Sizda quyidagi yurak kasalliklardan biri mavjud bo‘lganida Niperten preparati qabul qilish mumkin emas:
    - o‘tkir yurak yetishmovchiligi;
    - yurak yetishmovchiligini avj olishi, u yurak mushagi qisqarishi kuchini ko‘paytiradigan preparatlarni vena ichiga yuborishni talab qiladi;
    - past arterial bosim;
    - yurak qisqarishlarini juda past tez-tezligiga yoki Sizda o‘rnatilgan kardiostimulyator mavjud bo‘lmaganida yurakning nomuntazam qisqarishlariga olib keluvchi yurakning ayrim kasalliklari;
    - past arterial bosimga va qon aylanishining yetishmovchiligiga olib keladigan, yurakning o‘tkir jiddiy patologiyasi bo‘lgan kardiogen shok.

    Maxsus ko‘rsatmalar

    Niperten ni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    Sizda quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lsa, bu haqda o‘z shifokoringizni Niperten tabletkalari qabul qilinguniga qadar xabardor qiling; ehtimol u bunga alohida e'tibor qaratishi (masalan, qo‘shimcha davolashni buyurishi yoki ko‘proq nazorat o‘lchashlarini o‘tkazishi) mumkin:
    - qandli diabet;
    - ro‘za tutish;
    - yurak ritmini buzilishi yoki tinch holatda ko‘krakda kuchli og‘riq (Printsmetal stenokardiyasi) kabi yurakning ayrim kasalliklari;
    - buyrak yoki jigar kasalliklari;
    - og‘irlik darajasi kamroq bo‘lgan qo‘l-oyoqlarda qon aylanishini buzilishi;
    - og‘irlik darajasi kamroq bo‘lgan bronxial astma yoki surunkali o‘pka kasalligi;
    - anamnezda tangachali teri toshmasi (psoriaz);
    - buyrak usti bezi o‘smasi (feoxromotsitoma);
    - qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi;
    - birinchi darajali yurak blokadasi (yurakka nerv signallari o‘tishi buziladigan holat, bu yurak qisqarishlarini davriy o‘tkazib yuborilishlariga yoki nomuntazam yurak qisqarishlariga olib kelishi mumkin).
    Bundan tashqari, agar Siz quyidagilarni qabul qilmoqchi bo‘lsangiz shifokoringizga xabar qiling:
    - desensibilizatsiya qiluvchi davolash (masalan, pollinozni profilaktika qilish uchun), chunki Niperten® tabletkalari allergik reaktsiya rivojlanishi ehtimolini oshirishi mumkin yoki bunday reaktsiya og‘ir kechishi mumkin;
    - anesteziya (masalan, jarrohlik aralashuvida), chunki Niperten® tabletkalari ushbu vaziyatga nisbatan Sizning organizmingiz reaktsiyasiga ta'sir etishi mumkin.
    Boshqa dori preparatlari va Niperten
    Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqin orada qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga ma'lum qiling.
    Shifokoringiz tavsiyasisiz quyidagi preparatlarni Niperten bilan qabul qilmang:
    - nomuntazam yoki noodatiy yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon kabi I sinf antiaritmik preparatlar);
    - yuqori arterial bosimni, stenokardiyani yoki nomuntazam yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (verapamil va diltiazem kabi kaltsiy antagonistlari);
    - yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llaniladigan klonidin, metildopa, moksonidin, rilmenidin kabi ayrim preparatlar. Biroq ushbu preparatlarni qo‘llashni shifokoringiz bilan maslahatlashmay turib to‘xtatmang.
    Quyidagi preparatlarni Niperten tabletkalari bilan birga qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing; ehtimol shifokoringiz Sizning salomatligingiz holatini tez-tez nazorat qilishiga to‘g‘ri keladi:
    - yuqori arterial bosimni, stenokardiyani yoki nomuntazam yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (nifedipin, felodipin va amlodipin kabi digidropiridin qatoridagi kaltsiy antagonistlari);
    - nomuntazam yoki noodatiy yurak urishini davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (amiodaron kabi III sinf antiaritmik preparatlar);
    - mahalliy qo‘llaniladigan beta-blokatorlar (glaukomani davolash uchun timolol ko‘zga tomchilar kabi);
    - masalan, Altsgeymer kasalligi yoki glaukomani davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (takrin yoki karbaxol kabi parasimpatomimetiklar) yoki o‘tkir yurak patologiyasini davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar (izoprenalin va dobutamin kabi simpatomimetiklar);
    - qand miqdorini pasaytiruvchi preparatlar, shu jumladan insulin;
    - og‘riqsizlantiruvchi preparatlar (masalan, jarrohlik aralashuvi vaqtida);
    - yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llaniladigan angishvonagul preparatlari;
    - artrit, og‘riqlar yoki yallig‘lanishni davolash uchun qo‘llaniladigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQV) (masalan, ibuprofen yoki diklofenak);
    - gipotenziv preparatlar kabi kutilgan yoki noxush samara sifatida arterial bosimni pasaytirishi mumkin bo‘lgan har qanday preparatlar, depressiyani davolash uchun ayrim preparatlar (imipramin yoki amitriptilin kabi tritsiklik antidepressantlar), tutqanoqni davolash uchun yoki anesteziya vaqtida qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (barbituratlar, masalan fenobarbital) yoki haqqoniy holat bilan aloqani yo‘qotgan holda tavsiflanadigan ruhiy kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (levomepromazin kabi fenotiazinlar);
    - bezgakni oldini olish yoki davolash uchun qo‘llaniladigan mefloxin;
    - depressiyani davolash uchun moklobemid kabi monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-V ingibitorlari bundan mustasno) deb ataladigan preparatlar;
    - Reyno sindromi kabi qon aylanishini buzilishlarini davolash uchun qo‘llaniladigan moksisilit.
    Homiladorlik va emizish
    Homiladorlik davrida Niperten preparati qo‘llanilganida bolaga salbiy ta'sir ko‘rsatish xavfi mavjud. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoxud emizikli bo‘lsangiz, o‘zingizni homilador deb ehtimol qilsangiz yoxud homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Niperten® preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkinligini u hal etadi.
    Insonda ko‘krak sutiga bisoprololni o‘tishi noma'lum. Shuning uchun Niperten preparati bilan davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
    Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
    Niperten preparati bolalarda yoki o‘smirlarda qo‘llanilishi uchun tavsiya etilmaydi.
    Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
    Preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga ta'siri Siz Niperten preparatini qanday o‘zlashtirishingizga bog‘liq. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat o‘zgartirilganida, shuningdek preparatni alkogol bilan majmuada qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qiling.
    3. Niperten qanday qo‘llaniladi
    Preparat shifokor yoki farmatsevt buyurilgandek doimo aniq qabul qilinishi lozim. Agar Sizda ikkilanishlar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    Tabletkani ovqat qabul qilinishidan qat'iy nazar ertalab suv bilan iching. Tabletkani sindirmang va chaynamang.
    Niperten preparati bilan davolashda shifokoringiz tomonidan muntazam monitoring olib borilishi zarur. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat bilan davolash to‘xtatilganida bu ayniqsa zarurdir.
    Niperten preparati bilan davolash odatda uzoq davom etadi.
    Arterial gipertenziya va stenokardiya
    Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlar
    Dozani tanlash shaxsiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Odatda sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.
    Preparatga nisbatan organizmning javobiga bog‘liq ravishda shifokoringiz dozani 5 mg gacha kamaytirishga yoki dozani 20 mg gacha ko‘paytirishni hal etishi mumkin. Doza sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak.
    Stabil surunkali yurak yetishmovchiligi
    Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlar
    Bisoprolol bilan davolash past dozadan, dozani bosqichma-bosqich oshirgan holda boshlanishi kerak.
    Shifokoringiz dozani qanday oshiishni hal etishi lozim; odatda u quyidagi tarzda o‘tadi:
    - 1,25 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
    - 2,5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
    - 3,75 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
    - 5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
    - 7,5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
    - 10 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida.
    Maksimal tavsiya etiladigan sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.
    Preparatga nisbatan o‘zlashtiraolishingizga bog‘liq ravishda shifokoringiz shuningdek dozalarni oshirish oralig‘idagi intervalni uzaytirishi mumkin. Holat yomonlashganida yoki preparatni o‘zlashtira olmagan holatlarda dozani yana kamaytirish yoki davolash vaqtincha to‘xtatib turish talab etilishi mumkin. Ayrim patsiyentlarda bisoprololning 10 mg dan kam bo‘lgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi yetarlicha bo‘lishi mumkin. Shifokoringiz bu holatda qanday yo‘l tutish mumkinligini Sizga xabar qiladi. Davolashni to‘liq to‘xtatish zarurati bo‘lganida shifokor, odatda dozani bosqichma-bosqich kamaytirishni tavsiya etadi, chunki aks holda Sizning holatingiz yomonlashishi mumkin.
    Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi
    Yengil va o‘rta darajali jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda odatda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
    Og‘ir darajadagi buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi <20 ml/min) va og‘ir darajali jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda bisoprololning sutkalik dozasi 10 mg dan oshirilmaslik tavsiya qilinadi.
    Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
    Niperten bolalarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.
    Agar Siz Niperten ni keragidan ortiq ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
    Agar Siz Niperten preparatini keragidan ortiq ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga darhol xabar qiling. Shifokoringiz qanday choralar lozimligi haqida qaror qabul qiladi.
    Dozani oshirib yuborilganligi simptomlari yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashishini, og‘ir darajali nafas siqilishini, bosh aylanishini yoki qaltirashni (qonda qand miqdorining pasayishi munosabati bilan) o‘z ichiga olishi mumkin.
    Niperten Kombi dozasini o‘tkazib yuborilishi
    O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rniga ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas. Ertasi kuni ertalab odatdagi dozangizni qabul qiling.
    Agar Siz Niperten preparatini qabul qilishni to‘xtatib qo‘ysangiz
    Niperten preparatini qabul qilishni shifokoringiz tavsiyasisiz hech qachon to‘xtatib qo‘ymang. Aks holda Sizning holatingiz sezilarli ravishda yomonlashishi mumkin. Davolanishni ayniqsa yurakning ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda birdan to‘xtatib qo‘ymaslik lozim. Agar Siz davolanishni to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz dozani asta-sekin kamaytirishni tavsiya etishi mumkin.
    Agar Sizda mazkur preparatni qabul qilishga nisbatan qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokiringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
    Barcha dori vositalari kabi mazkur preparat nojo‘ya samaralarni keltirib chiqarishi mumkin, garchi ular hammada ham paydo bo‘lmasa ham.
    Agar nojo‘ya samaralar og‘ir bo‘lsa, to‘satdan yuzaga kelgan bo‘lsa yoki Siz ularni tez yomonlashishini qayd etgan bo‘lsangiz, jiddiy reaktsiyalarni oldini olish uchun darhol shifokorga murojaat qiling. Eng jiddiy nojo‘ya samaralar yurak faoliyatiga aloqador bo‘lib, ular quyidagichadir:
    - yurak qisqarishlari tez-tezligini pasayishi (10 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin);
    - yurak yetishmovchiligini avj olishi (10 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin);
    - sekin yoki nomuntazam yurak urishi (100 nafar insondan 1 tasidan ko‘p bo‘lmagan holatda paydo bo‘lishi mumkin).
    Agar Siz bosh aylanishi, holsizlik yoki nafas olishni qiyinlashishini sezsangiz shifokoringizga iloji boricha tezroq murojaat qiling.
    Quyidagi nojo‘ya ta'sirlar ular tez-tez uchrashiga qarab sanab o‘tilgan:
    Tez-tez (10 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):
    - toliqish, holsizlik hissi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i;
    - qo‘llar yoki oyoqlarni muzlashi yoki uvishishi;
    - past arterial bosim;
    - ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat kabi me'da yoki ichak tomonidan buzilishlar.
    Tez-tez emas (100 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):
    - uyquni buzilishi;
    - depressiya;
    - o‘rnidan turganda bosh aylanishi;
    - bronxial astmali yoki surunkali o‘pka kasalligi mavjud patsiyentlarda nafas olishni buzilishi;
    - mushak kuchsizligi, mushak tirishishi.
    Kam hollarda (1000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):
    - eshitishni buzilishi;
    - allergik rinoreya;
    - yosh ajralishini pasayishi (quruq ko‘zlar);
    - ko‘z yoki ko‘z oqini sarg‘ayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jigar yallig‘lanishi;
    - jigar faoliyati yoki lipidlar kontsentratsiyasini belgilovchi qon tahlilining ayrim natijalari normadan farqlanadi;
    - qichishish, giperemiya, toshma kabi allergik tipdagi reaktsiyalar;
    - erektsiyani buzilishi;
    - tungi vahimali tushlar, gallyutsinatsiyalar;
    - hushdan ketish.
    Juda kam hollarda (10 000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo bo‘lishi mumkin):
    - ko‘zlarni achishishi va qizarishi (kon'yunktivit);
    - soch to‘kilishi;
    - po‘stloqli teri toshmasi (psoriaz) paydo bo‘lishi yoki avj olishi; psoriazsimon toshma.
    5. Niperten qanday saqlash kerak
    Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.
    Ushbu preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga muvofiq keladi.
    30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
    Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa qo‘llamayotgan dori preparatlarini qanday qilib utilizatsiya qilish haqida farmatsevtdan so‘rang. Mazkur choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
    6. O‘ram o‘z ichiga nimani oladi va boshqa axborot
    Niperten nimalarni o‘zida saqlaydi
    Faol modda – bisoprolol fumarati.
    Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibida 2,5 mg, 5 mg yoki 10 mg bisoprolol fumaratini saqlanadi.
    Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati (A tipi), povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi va magniy stearati tabletka yadrosida, gipromelloza, makrogol, titan dioksid, talk, temir (II) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda va temir (III) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda.
    Niperten qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi
    Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg: oval, biroz ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
    Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg: oval, biroz ikki tomonlama qavariq, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
    Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg: dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, qiya chekkali, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
    10 tabletkadan OPA/Al/PVX va alyumin folgali blisterda. 3, 6 yoki 9 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.

    Ishlab chiqaruvchi

    KRKA, d.d., Novo mesto, Shmaryeshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Ishlab chiqaruvchi
    KRKA, d.d., Novo mesto
    Chiqarilish shakli
    Таблетки
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Blog
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Yetkazib berish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    info@pharmaclick.uz
    Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    To'lovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    pharmaclick.uz, saytining barcha resurslari, jumladan (ammo bular bilan cheklanmagan holda) matn, grafik, foto va video ma’lumotlar, sahifalarning tuzilishi, dizayni va ko‘rinishi, domen nomi hamda firma nomi mualliflik huquqi va intellektual mulk huquqi obyektlari hisoblanadi. Huquq egasining oldindan roziligisiz ushbu sayt sahifalari mazmuni va kontentidan boshqa maydonlarda har qanday tarzda foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, internet foydalanuvchilarida taqdim etilgan materiallarning pharmaclick.uzsaytiga aloqasi yo‘q degan taassurot uyg‘otishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday xatti-harakatlar ham taqiqlanadi.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar