Ismijen tab. 7mg №30
328 000 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Ismijen tab. 7mg №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
IsmijenTa'sir etuvchi modda (XPN): liofillangan bakterial lizat.
Dori shakli
Sublingval tabletkalar. Tabletka riskasi zarur holatlarda tabletkani bo‘lishga mo‘ljalangan, lekin dozaning bir tekis bo‘linishini ta'minlamaydi.Tarkibi
1 tabletka - 50mg muzlatilgan holatida quritilgan bakterial lizat saqlaydi, uning 7 mg mi quyidagiga mos keladi:Staphylacoccus aureus – 6 milliard
Streptococcus pyogenes – 6 milliard
Streptococcus viridans – 6 milliard
Klebsiella pneumoniae – 6 milliard
Klebsiella ozaenae – 6 milliard
Diplococcus pneumoniae – 6 milliard (oxirgi bakteriya quyidagi turdagilarni 1 milliarddan saqlaydi – TY1/EQ11, TY2/EQ22, TY3/EQ14, TY5/EQ15, TY8/EQ23, TY47/EQ24) va liofilizatsiya jarayoni uchun 43 mg glikokkol' saqlaydi.
Yordamchi moddalar: Gidratlangan kolloidli kremniy, mikrokristallik sellyuloza, ikki asosli kalьtsiy fosfati, magniy stearati, ammoniy glitserizanati, yalpiz essentsiyasi (mentolli) kukuni.
Ta'rifi
Och-krem rangli, jigar rang xollari (dog‘lari) bo‘lishi mumkin bo‘lgan, o‘ziga xos hidli va bo‘lish uchun riskali dumaloq tabletkalarFarmakoterapevtik guruhi
Immunostimulyator.ATX Kodi: [J07AX].
Farmakologik xususiyatlari
Mahsulotning ta'sir mexanizmi preparatning organizmning yuqori va quyi respirator yo‘llari infektsiyasini chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshi rezistentligini oshirishi bilan bog‘liq. Ismijen organizmning respirator yo‘llari infektsiyasini qaytalanishidan himoyalaydi, qaytalanishlar soni pasayadi, isitma davomiyligi kamayadi va antibiotikni qo‘llanishi kamayadi.Ismijenning immunomodullash xossasiga ta'sir etuvchi omillar:
- T- va V- hujayralarni o‘ziga xos qo‘zg‘atib turuvchi dendrit hujayralarining yetilishi;
- patogen bakteriyalarning yuzasidagi zarrachalarga qismiga qarshi yo‘naltirilgan A(IgA) spetsifik immunoglobulin sekretsiyasi
- bakteriyalarni spetsifik antitelolar bilan opsonizatsiyasi yordamida granulotsitlar tomonidan bakteriya hujayralarini yo‘qotish mexanizmini kuchaytirish;
- tabiiy (tug‘ma) immunitetni (dendrit hujayralar va granulotsitlar ishtirokida), va spetsifik (orttirilgan) immunitetni (IgA sekretsiyasi bilan namoyon bo‘lgan, bakteriyalarning yuzasidagi zarrachalarga qarshi yo‘naltirilgan) kuchaytirish.
Farmakokinetikasi
Mahsulot qo‘llash usuli va o‘ziga xosligidan kelib chiqib, farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish imkoni mavjud emas.Qo‘llanilishi
- yuqori va quyi nafas yo‘llari va bronxopulьmonal yo‘llarining o‘tkir, nimo‘tkir, qaytalanuvchi va surunkali infektsiyalarini oldini olish;- preventsiya va qaytalanishlar sonini qisqartirish;
- zarur holatlarda preparatni boshqa dori vositalari antikbiotiklar, mukolitik vositalar, ingalyatsion kortikosteroidlar va davomli ta'sirga ega bo‘lgan bronxodilyatatorlar bilan kombinatsiyada qo‘llash mumkin.
Ismijen kattalar uchun va bolalarda 3 yoshdan va undan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llash usuli va dozalar
Dozalash
Preparat kattalar uchun va bolalarda 3 yoshdan va undan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.
1 tabletkadan kunda 1 marta ovqatdan oldin, uzluksiz 10 kun bir oy mobaynida qo‘llaniladi.
To‘liq davolash kursi ketma-ket 3 oyni tashkil qiladi.
Qo‘llash usullari
Til ostiga qo‘yib shimiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Faol yoki yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatiladi:
- respirator, torakal va mediastinal buzilishlar;
- teri va teri osti buzilishlari;
- preparatni sublingval qabul qilinganda yuzaga kelgan umumiy buzilishlar va mahalliy buzilishlar; ovqat hazm bo‘lishidagi buzilishlar;
Har qanday buzilish holatlarida davolash to‘xtatilishi lozim.
Dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davriIsmijenning hayvonlarda toksik samarasi kuzatilmaganligiga qaramay, homilador ayollarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun, Ismijenni tasdiqlangan yoki taxmin qilinayotgan xomiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi.
Fertillik va laktatsiya davrida preparatning ta'siri yuzasidan maxsus kuzatuvlar o‘tkazilmagan.
Avtotransportni haydash va mezanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Bugungi kunga qadar preparatni avtomobil va boshqa mezanizmlarni boshqarish imkoniyatiga ta'siri kuzatilmagan. Lekin, maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmaganligini hisobga olish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Dozaning oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Birlamchi o‘ram: 10 ta tabletkadan alyuminiy laklangan bosilgan fol'ga va polivinilxlorid plenkadan iborat kontur uyali o‘ram;Ikkilamchi o‘ram: bitta yoki ikkita blister qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-25°C haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonadan berish tartibi
Shifokor retseptisiz
Mahsulotni ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
Ponichala 65, Tbilisi, Gruziya
Mahsulot litsenziyasiga egalik qiluvchi:
«Lallemand Pharma AG» Shveytsariya
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.