Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
T-Layf in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 1mg №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тимопентин
Страна производитель
Китай
Дозировка
1 мг
Производитель
Mu Lin Sen
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
T-Layf®
Ta'sir etuvchi modda (MNN) arginil-alfa-aspartil-lizil-valil-tirozil-arginin (timopentin)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda timopentin 1 mg,
yordamchi moddalar mannitol, muzlatilgan sirka kislotasi, natriy gidroksidi.
Ta'rifi liofilizatsiya qilingan yumshoq fragmentlar yoki oq rangli liofilizatsiya qilingan yumshoq kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
immunomodulyatorlar
Kod ATX L03
Farmakologik xususiyatlari
Timopentin – bu immun tizimi faoliyatini ikki fazali boshqarish uchun qo‘llanadigan dori vositasi.
Farmakodinamika
si
Timopentin T-limfotsitlarni faollashishi va proliferatsiyasiniinduktsiya qiladi, shuningdek antitelolar ishlab chiqarilishini oshiradi va T-limfotsitlarni CD4+/CD8+ kichik turi nisbatini normallashtiradi.
Timopentin xujayra immunitetini boshqaradi/oshiradi, periferik qonda mitogen-faollashtirilgan T-limfotsitlarni yetilishining rag‘batlantiradi, xujayra antigeni yoki mitogeni tomonidan turli sitokinlarning (IFN-α, -γ, IL-2 i IL-3 kabilarni) faollashishini oshiradi, T-xujayra limfokin retseptori darajasini oshishiga olib keladi. T-4 xujayra-yordamchilar faollashishi limfotsitlarning reaktsiyasini kuchaytiradi. Bundan tashqari, xemotaksisning muvofiq zaxirasini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘tmishdosh NK xujayralarga (tabiiy killerlar) ta'sir ko‘rsatishi mumkin, IFNta'siridan keyin o‘tmishdosh xujayralar, xujayralar uchun toksikroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib preparat odam xujayra immunitetining faoliyatini boshqarish va kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
Farmakokinetikasi
In'ektsiya joyidan to‘liq so‘riladi va qon plazmasida proteaza va aminopeptidaza tomonidan juda tez parchalanadi. T1/2 taxminan 30 sekundni tashil qiladi. T1/2 plazmadagiga qaraganda qorin bo‘shlig‘ida uzunroq va taxminan 3,5-7 minutnitashkil qiladi. 25% li preparatni qo‘llangandan keyin 10 minut o‘tgach so‘lakda aniqlash mumkin. Timopentin bir martalik in'ektsiyadan keyin juda tez nishon xujayraga ta'sir qiladi, qayta qo‘llanganda samarasi bir necha kun davom etadi.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali immun tanqisligi va toksik xolatlarni oldini olish va davolash
-turli etiologiyali surunkali yallig‘lanish kasalliklari;
-18 yoshdan katta bemorlardagi surunkali V gepatiti;
-18 yoshdan keyin ayrimsimon bezni kichiklashishi bilan bog‘liq xujayra immunitetini buzilishi;
-T-xujayralarning turli birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligi;
-autoimmun kasalliklar (revmatoid artrit, tizimli eritematoz yugirik va boshqalar);
-turli kasalliklar chaqirgan xujayra immunitetini buzilishlari;
-infektsion kasalliklar (shu jumladan opportunistik infektsiyalar) sitomegalovirusli infektsiya, gerpetik infektsiya, toksoplazmoz, xlamidioz (xlamidiyli infektsiya), pnevmotsistoz, kriptosporidioz, OITV-infektsiya/ SPID, surunkali virusli gepatitlar, surunkali brutsellez, difteriya (shu jumladan bakteriya tashuvchilik);
-o‘smalar (shu jumladan xavfli o‘smalar);
-kuyishlar, uzoq bitmaydigan jaroxatlar;
-sepsis, yiringli-septik asoratlar, septik endokardit;
-bronxoobstruktiv sindrom;
-xoletsistopankreatit;
-psoriaz;
-bakterial va virusli infektsiyalarga qarshi vaktsinatsiyada ad'yuvant sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga, vena ichiga, tomchilab qo‘llanadi.
-mushak ichiga in'ektsiya 1 ml in'ektsiya uchun steril suvda eritiladi;
-vena ichiga tomchilab quyish 250 ml 0,9% li natriya xloridi in'ektsion eritmada eritiladi.
Preparat quyidagi tavsiyalar bo‘yicha qo‘llanadi.
Immunotanqislik xolatlarini davolash va oldini olish (surunkali yallig‘lanish kasalliklari, T-xujayra yetishmovchiligi, autoimmun kasalliklar, ayrisimon bezni kichrayishi bilan bog‘liq xujayra immunitetini buzilishi, xoletsistopankreatit, psoriaz) 1-2 flakondan kuniga 2 marta. Davolash kursi 15-30 kun;
Surunkali V gepatiti 1-2 flakondan haftada 3 marta. Davolash kursi 24 hafta.
Infektsion kasalliklar (TSMV, uchuq, toksoplazmoz, xlamidioz, pnevmotsistoz, kreptosporidoz, OIV – infektsiyasi /OITS, surunkali virusli gepatit, brutsellez va boshqalar), o‘smalar (shu jumladan xavfli o‘smalar) 1-2 flakondan kuniga 1 marta. Davolash kursi 15 kun. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.
Kuyishlar, uzoq bitmaydigan jarohatlar 1-2 flakondan kuniga 1 marta. Davolash kursi 20 kun.
Sepsis, yiringli – septik asoratlar, septik endokardit 1-2 flakondan kuniga 1 marta. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.
Bronxoobstruktiv sindrom 2 flakondan kuniga 1 marta. Davolash kursi 15-30 kun;
Bakterial va virusli infektsiyalarga qarshi vaktsinatsiyada ad'yuvant sifatida 1-2 flakondan kuniga 1 marta. Davolash kursi 15-20 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, ayrim bemorlardako‘ngil aynishi, yuqori harorat, bosh aylanishi, ko‘krakda og‘irlik xissi, xolsizlik, uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Surunkali V gepatiti bilan patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarini belgilarisiz qisqa muddatli ALT oshishi kuzatilishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni davom ettirish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-preparatning komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik)
-rezus-konflikt bilan asoratlangan homiladorlik,
-a'zolarni ko‘chirib o‘tkazishda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat interferon, antibiotiklar, gormonal, yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, gipotenziv preparatlar, diuretiklar yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallanganpreparatlar, markaziy nerv tizimi uchun, preparatlar kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llangandainterferentsiya kuzatilmaydi.
Interferon immun faoliyatni yaxshilab, sinergik ta'sir qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat immun tizimining faoliyatini oshirishi tufayli, preparatni immunosupressiv terapiya oluvchi patsiyentlarda (maslan, a'zolar ko‘chirib o‘tkazilganda),davolashdan foyda mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgandagidan tashqari xollarda qo‘llash mumkin emas.
Davolash vaqtida jigar faoliyatini doimo nazorat qilish kerak.
Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash bo‘yicha klinik ma'lumotlar yo‘q.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda, yetarlicha ma'lumotlar bo‘lmaganligi tufayli preparat faqat klinik zaruratda qo‘llanadi.
Laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ataylab yoki tasodifiy dozani oshirib yuborilish xollari aniqlanmagan. Xayvonlardagi o‘tkir toksiklikning tekshirish, timopentin 10 mg/kg dozada (tekshirilgan eng yuqori doza) hech qanday nojo‘ya reaktsiyalar chaqirmasligini ko‘rsatadi.
Chiqarilish shakli
1mg dan shisha flakonlarda. 5 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd.
Adres erkin savdo xududi, Nanxay avenyu, 168, Xaykou sh., prov. Xaynan, XXR.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar ( takliflar) niqabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin Sen” MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Durmon yo‘li ko‘ch., 31A uy,
www.mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.