Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Пентаэритритила тетранитрат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
10 мг
Производитель
Татхимфармпрепараты
Chiqarillish shakli
Tabletkalar
Erinit tab. 10mg №50 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Erinit
Ta'sir etuvchi modda (XPN) pentaeritritil tetranitrati
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 10 mg pentaeritritil tetranitrati,
Yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, dekstroza, tal'k, stearin kislotasi, saxaroza (qand).
Ta'rifi oq rangli, biroz marmar tusli, ikki tomonlama qavariq yoki yassi silindrik shaklli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
vazodilatatsiyalovchi vosita – nitrat.
ATX kodi C01DA05.
Farmakologik xususiyatlari
Venoz tomirlar vazodilatatori, antianginal samaraga ega. Qon tomirlari devorida endotelial relaksatsiyalovchi omil hisoblanuvchi azot oksidini hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Yurakka old yuklamani (periferik venalarni kengayishi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qon oqib kelishini kamayishi hisobiga) va keyingi yuklamani (tomirlarning umumiy periferik qarshiligini kamayishi hisobiga) kamaytiradi; miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi.
Mayda endokardial tomirlar bo‘ylab qon oqimini tiklaydi, epikardial koronar arteriyalarda qon aylanishini yaxshilaydi, yurak ishemik kasalligi (YuIK), stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi.
Yurak yetishmovchiligida old yuklamani kamaytirishi hisobiga miokardga bo‘lgan yuklamani kamaytiradi. “Kichik” qon aylanish doirasida bosimni kamaytiradi.
Nitroglitseringa nisbatan sekinroq, lekin davomliroq (10 soatgacha) ta'sir ko‘rsatadi. Ichga qabul qilinganda – 30-45 minutdan (sublingval yuborilganda – 15-20 minut) keyin samarasi boshlanadi, davomiyligi 4-5 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Stenokardiya hurujlarini oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, (ovqatdan 1 soat oldin) 10-20 mg dan sutkada 3-4 marta, zarurati bo‘lganida – sutkada 4 marta 40 mg gacha, sutkada 2 marta 80 mg gacha buyurishga yo‘l qo‘yiladi.
Stenokardiyaning tungi hurujlarini oldini olish uchun uyqudan oldin 20 mg dan buyuriladi.
Davolash kursi odatda 2-4 xafta davom etadi. Takroriy kurslar – shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, taxikardiya, yuqori charchoqlik, xavotirlik, ko‘p terlash, arterial bosimni (AB) pasayishi, ortostatik gipotenziya; ba'zida ichak faoliyatini buzilishi (diareya) kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga va boshqa organik nitratlarga yuqori sezuvchanlik, yaqqol arterial gipotenziya, kollaps, shok, ortostatik gipotenziya bilan kechuvchi o‘tkir miokard infarkti, gemorragik insult, bosh miya jarohati, bosh miyada qon aylanishini buzilishi (ayniqsa gemorragik insult), yopiq burchakli glaukoma, homiladorlik, laktatsiya davri, fosfodiesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilishda shifokor bilan maslahatlashing.
Digidroergotamin ta'siri ostida Erinitning antianginal samarasi kamayishi mumkin. Bu dori vositalarini birga qo‘llash ratsional hisoblanmaydi. Propranolol bilan birga qo‘llash ratsional hisoblanadi, chunki Erinitning antianginal ta'siri kuchayadi. Etanol Erinitning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Samarasini sekin yuzaga kelishi sababli stenokardiyaning hurujini bartaraf qilish uchun yaroqsizdir.
Davolash jarayonida etanolni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Uzoq muddatli qo‘llashda terapevtik samarasi kamayishi mumkin (tolerantlikni rivojlanishi ehtimoli).
Preparatni sutkada 1 marta antianginal vositalar bilan birga qo‘llashda tolerantlikni rivojlanishi xavfi kamroq.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llash mumkin emas va bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 10 mg dan.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
.
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘icha.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
«Tatximfarmpreparati» OAJ,
420091, Rossiya, Kazan sh., Belomorskaya ko‘ch., 260.
(843) tel. 571-85-58; faks 571-85-38
E-mail marketing@tatpharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.