Trimekor MR tab. 35mg №30
74 300 UZS
75 100 UZS−1%
Tejamkorlik 800 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Trimekor MR tab. 35mg №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Trimekor MRTa'sir etuvchi modda (XPN): trimetazidin (trimetazidine)
Dori shakli
ajralib chiqishi modifikatsiyalangan, qobiq bilan qoplangan tabletkalarTarkibi
Trimekor MR qobiq bilan qoplangan, ajralib chiqishi modifikatsiyalangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: 35 mg trimetazidin digidroxloridi;
yordamchi moddalar: gipromelloza (metotsel K 100 M SK), gipromelloza (metotsel K 15 M), mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kremniy dioksidi.
Ta'rifi
dumaloq, ikki tomonlama qavariq, pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
antianginal, ishemiyaga qarshi preparat.ATX kodi: S01EV15.
Farmakologik xususiyatlari
Antianginal, ishemiyaga qarshi preparat.Trimekor MR gipoksiya yoki ishemiyaga uchragan hujayralarning energetik metabolizmini normallashtiradi, hujayra ichidagi ATF miqdorining kamayishini oldini oladi. Shunday qilib, preparat membranalar ion kanallarining normal faoliyat ko‘rsatishini, membranalararo kaliy va natriy ionlarini o‘tkazilishi, shuningdek hujayra gemostazini saqlanishini ta'minlaydi.
Trimekor MR yog‘ kislotalarini oksidlanishini sekinlashtiradi, glyukozani oksidlanishini oshiradi va glikoliz va oksidlanishli dekarboksillanish o‘rtasidagi yaqinlikni tiklaydi va miokardning ishemiyadan himoyasini ta'minlaydi. Preparatning antianginal ta'siri asosida yog‘ kislotalarini oksidlanishini glyukozaning oksidlanishiga o‘tkazilishi yotadi.
Trimetazidin ishemiyaning epizodlari davrida yurak va neyrosensor a'zolarning energetik metabolizmini tutib turadi; hujayra ichki atsidozi kattaligini kamaytiradi; polinuklear neytrofillarni yurakning ishemik va reperfuzion to‘qimalarga migratsiyasi va infil'tratsiyasi darajasini pasaytiradi, miokardning shikastlanish o‘lchamlarini kamaytiradi. Preparatning ushbu samaralari har qanday bevosita gemodinamik samarasisiz kuzatiladi.
Stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, trimetazidin koronar zahirani oshiradi, shu yo‘l bilan jismoniy yuklama chaqirgan ishemiyani rivojlanishini sekinlashtirib, yurak ritmini hech qanday ahamiyatli o‘zgarishlarisiz AB ning keskin tebranishlarini cheklaydi, stenokardiya xurujlarining tiyez-tezligini ahamiyatli kamaytiradi, nitratlarni qabul qilishga ehtiyojni jiddiy kamaytiradi, ishemik disfunktsiyasi bo‘lgan bemorlarda chap qorinchaning qisqaruvchanlik faoliyatini yaxshilaydi.
Ichga qabul qilinganidan so‘ng trimetazidin tez so‘riladi. Cmax ga 5 soatdan so‘ng erishiladi. Organizmdan asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. T½ – taxminan 7 soat, 65 yoshdan katta patsiyentlarda – taxminan 12 soat.
Qo‘llanilishi
— kardiologiya: yurak ishemik kasalligini uzoq muddatli davolash, stenokardiya xurujlarini oldini olish (monoterapiya yoki majmuaviy davolash tarkibida);— LOR-kasalliklari: ishemik tabiatli koxleo-vestibulyar buzilishlarni davolash (bosh aylanishi, quloqlardagi shovqin, eshitishni buzilishi);
— oftal'mologiyaz ishemik komponentli xorioretinal tomir buzilishlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Trimekor MR 1 tabletkadan sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun ovqat qabul qilish vaqtida buyuriladi. Davolash davomiyligi individual ravishda belgilanadi.Nojo‘ya ta'sirlari .
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - ko‘ngil aynishi, qusish.
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
— homiladorlik; emizish davrida;— preparatga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Trimekor MR preparatini dorilar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shuni nazarda tutish kerakki, Trimekor MR stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun mo‘ljallanmagan va turg‘un bo‘lmagan stenokardiya yoki miokard infarktining boshlang‘ich davolash kursi uchun qo‘llanmaydi.Trimekor MR preparatini KK 15 ml/min dan kam bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga va shuningdek jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Trimetazidin ko‘krak suti bilan chiqariladimi, yo‘qmi noma'lum. Shuning uchun preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish va avtomobilni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda Trimekor MR preparatining dozasini oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.Chiqarilish shakli
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar 35 mg dan;o‘ramida 30 tabletka.
Saqlash sharoiti
10-25°C haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!Yaroqlilik muddati
3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yichaIshlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel.: +995 32 2404801/02; Faks: +995 32 2404803
Sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot:
«GMP» MChJ vakolatxonasi,
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik prospekti, 75
Tel.: 141-03-73
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.