Validol tab 0.06 №6 (Altaivitaminlar)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Validol tab 0.06 №6 (Altaivitaminlar)
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
ValidolTa'sir etuvchi modda (XPN): Yo‘q
Dori shakli
Sublingval tabletkalariTarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: 0,06 g (60 mg) izovaleriana kislotasining mentil efiridagi mentol eritmasi (tabiiy mentol – yalpiz ekstrakti – 4,9%);
yordamchi moddalar: maydalangan qand (upasi), kalьtsiy stearati.
Ta'rifi
yassi silindrik shaklli, faskali va riskali, oq yoki sarg‘ish-oq rangli, o‘ziga xos mentol hidli tabletkalar. Tabletkaning yuzasida kulrang dog‘ va qand upasi kukunining dog‘lari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.Farmakoterapevtik guruhi
kardiologik preparatlarATX kodi: S01EX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Preparat markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlarining sezgir nerv retseptorlarini (“sovuqqa sezgir”) reflektor qo‘zg‘atish yo‘li orqali qon-tomirlarni o‘rtacha kengaytiruvchi reflektor (koronarolitik) ta'sirga ega. Retseptorlarning rag‘batlanishi endorfinlar, enkefalinlarni va og‘riq hislarini kamayishida, qon-tomirlarning o‘tkazuvchanligini normallashishida va yurak qon-tomir va nerv tizimi funktsiyasida boshqa muhim mexanizmlarini boshqarilishida muhimi rolь o‘ynaydigan boshqa peptidlar, gistamin, kininlarni ajralib chiqishi induktsiyasi bilan kuzatiladi.Farmakokinetikasi
Validol sublingval qo‘llanganda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlaridan so‘riladi. Terapevtik samara taxminan 5 minutdan keyin namoyon bo‘ladi.So‘rilgandan keyin jigarda biotransformatsiyaga uchraydi va glyukuronidlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Yengil darajadagi stenokardiya hurujlari;dengiz va havo kasalligi;
isteriya;
nevroz;
nitratlarni qabul qilish bilan bog‘liq bosh og‘rig‘ida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni to‘liq so‘rilgungacha og‘izda (til ostida) ushlash kerak.Kattalar uchun bir martalik doza 1-2 tabletkani; sutkalik doza 2-4 tabletkani tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida sutkalik dozani oshirish mumkin.
Maksimal sutkalik doza – 600 mg. Davolash kursi – 7 kungacha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uzoq vaqt qo‘llanganida, mustaqil tez o‘tib ketuvchi yengil ko‘ngil aynishi, qorinda diskomfort, ko‘z yoshi oqishi, bosh aylanishi, qisqa muddatli arterial gipotenziya, uyquchanlik kuzatilishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar, shu jumladan Kvinke shishi, eshakemi, toshma, qichishish rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Yaqqol arterial gipotenziya;
O‘tkir miokard infarkti
18 yoshgacha bulgan bolalar va o‘smirlar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nitratlarni qabul qilishga bog‘liq bosh og‘rig‘i yaqqolligini kamaytiradi.
Sedativ va antigipertenziv samaralari boshqa psixotrop va antigipertenziv vositalar, opioid analьgetiklar, alkogolь va narkoz uchun vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmagan hollarda o‘tkir koronar sindromni bartaraf etish uchun albatta shifokorga murojaat etish kerak.Preparat qand saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda e'tiborga olishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida, agar, shifokor fikriga ko‘ra ona uchun kutilgan ijobiy samara homila/bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Bolalar
Preparatni bolalarni davolash uchun qo‘llashdagi tajriba yo‘q.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilgandan keyin birinchi soatlar davomida, diqqatni jamlashni talab qiluvchi transport vositalari bilan ishlashda yoki xuddi shunday ishda bosh aylanishi, uyquchanlik va psixomotor reaktsiyalar tezligining pasayishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qo‘zg‘aluvchanlik, yurak faoliyatini buzilishi, arterial qon bosimni pasayishi, markaziy nerv tizimini susayishi.Davolash: preparatni bekor qilish va simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.Saqlash sharoitlari
Original o‘ramida, 15°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.