Kataraks ko‘z tomchilari 0,015% 15 ml
56 700 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Kataraks ko‘z tomchilari 0,015% 15 ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
KataraksTa'sir etuvchi modda (XPN): azapentatsen
Dori shakli
ko‘z tomchilari, 0,015% li eritma.Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:faol modda: azapentatsen natriy polisulfonati - 0,15 mg/ml;
yordamchi moddalar: borat kislotasi, boraks, kaliy xloridi, 5% li timerosal, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi
yorqin-qizil rangli, tiniq eritma, mexanik aralashmalar saqlamaydi.Farmakoterapevtik guruhi
asosan oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita.ATX kodi: S01XA
Farmakologik xususiyatlari
Kataraks kataraktaning rivojlanishini oldini olib yoki sekinlashtirib, gavxarning degeneratsiyasini sekinlashtiradi. Ko‘zlarning oldi kamerasi suyuqligida saqlanuvchi proteolitik fermentlarni faolligini rag‘batlantiradi; xinoid birikmalarning hosil bo‘lishini ingibitsiya qiladi va gavhar oqsillariga ularning shikastlovchi ta'sirini oldini oladi. Gavhar oqsillarining sulfgidril guruhlarini oksidlanishdan himoyalaydi va shaffof bo‘lmagan komplekslarni so‘rilishiga yordam beradi.Qo‘llanilishi
- qarilik kataraktasi;- travmatik katarakta;
- tug‘ma katarakta;
- ikkilamchi kataraktada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat shikastlangan ko‘zga 1-2 tomchidan sutkada 3-5 marta tomiziladi.Preparat uzoq muddatli davolash uchun mo‘ljallangan. Hatto davolashda klinik yaxshilanish tez yuz bergan holda ham, uni to‘xtatish tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlari aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kataraks uzoq muddatli davolash uchun mo‘ljallangan. Hatto davolashda klinik yaxshilanish tez yuz bergan holda ham, uni to‘xtatish tavsiya etilmaydi.Kontakt linzalardan foydalanadigan patsiyentlar Kataraksni qo‘llashdan oldin linzalarini olib turishlari lozim. Preparat tomizilgandan so‘ng 15 minut o‘tgach linzalarni yana o‘z joyiga qo‘yishlari mumkin.
Preparatni har safar ishlatgandan so‘ng flakonni yopish lozim. Tomchilagichning uchini ko‘zga tegib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda Kataraksni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Kataraksni bolalarda, kutilayotgan terapevtik samarasi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarning potentsial xavfidan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
Kataraksni homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Kataraksni homilador ayollar va emizuvchi onalarda, faqat kutilayotgan terapevtik samara homila yoki bolada yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarning potentsial xavfidan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat ko‘zga tomizilgandan so‘ng ko‘rish qobiliyatining aniqligi vaqtinchalik buzilgan patsiyentlarga, preparatni tomizish bilanoq mashina haydash yoki murakkab texnika, stanoklar bilan ishlash yoki aniq ko‘rish qobiliyatini talab qiluvchi qandaydir boshqa murakkab jihozlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tasodifan ichga qabul qilinganida dozani oshirib yuborish simptomlari aniqlanmagan. Preparatning ortiqchasini ko‘zdan iliq oqar suv yordamida yuvib tashlash mumkin.Chiqarilish shakli
15 ml plastik flakon – tomchilagichda.Flakon-tomchilagich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 15-250S haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Flakon ochilanganidan so‘ng tomchilarni 4 hafta davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.Ishlab chiqaruvchi
“K.O.Romfarm Kompani S.R.L.”, Ruminiya, Ilfov, 075100 Otopen sh., Yeroilor ko‘ch, №1A(“S.C. Rompharm Company S.R.L.”, Romania, Ilfov, 75100 Otopeni, Str.Eroilor, Nr. 1A).
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.