Rohto namlantiruvchi ko‘z tomchilari 0.6% 13ml
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi
:
Yoʻriqnoma: Rohto namlantiruvchi ko‘z tomchilari 0.6% 13ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
ROHTO®Dori shakli
ko‘z tomchilariTarkibi
faol moddalar:Pantenol (0,100%),
V6 Vitamin (0,050%),
Kaliy L-asparatati (1,000%),
Dikaliy glitsirrizinati (0,100%),
Xlorfeniraminamaleat (0,010%),
Natriy xondroitin sulfati (0,100%),
Tetragidrozolin gidroxloridi (0,010%).
yordamchi moddalar: ε-aminokapron kislotasi, l-Mentol, d-Kamfora, Evkalipt moyi, Xushbo‘ylashtiruvchi yalpiz No.71212, d-Borneol, Geraniol, Kontsentratsiyalangan eritma, benzalkoniy xloridi 50, Xlorobutanol, Di-natriy edetati gidrati, Natriy xloridi, Polisorbat 80, Etanol, Tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
asosan oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita.ATX kodi: S01GA52
Preparatning farmakologik xususiyatlari
Yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, antigistamin va vitamin vositasi.
ROHTO® ko‘z uchun tomchilari quyidagi simptomlarda samarali:
ko‘z qizarishi/ ta'sirlanishi / qichishishi / qurishi / toliqishi. Ushbu simptomlar allergiya, chang, jismoniy toliqishdan, kompyuter, smartfondan foydalanish, o‘qishdan, televizor ko‘rish, havoning quruqligidan, shuningdek shamol, quyosh va boshqa omillar sababli kelib chiqishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Kon'yunktival giperemiya, ko‘zdagi qichishish, ko‘rishni zo‘riqishi (ko‘zlarni toliqishi), ko‘zlarni namlanishi, suzishdan keyingi kasalliklarni bartaraf qilish yoki ko‘zga chang yoki ter tushishi.Ultrabinafsha va boshqa nurlanish (masalan oppoq qordan ko‘zlarni qamashishi) natijasida oftalmiya, ko‘rishni noaniqligi(ko‘zdan xar hil ajralmalar va boshqalar tufayli), blefarit (qovoqlarini yallig‘lanishi), qattiq linzalardan foydalanish oqibatidagi diskomfortda qo‘llanadi.
MULTI-AKTIV FORMULA 7 FAOL INGREDIENTLARNI MUVOZANATLANGAN MAJMUASIGA SOSLANGAN
Faolingrediyentlari Ta'siri
Pantenol / V6 Vitamin Ko‘z xujayralari metabolizmini oshiradi Ko‘zlarni oziqlantiradi, ko‘zdagi zo‘riqishini oldini oladi va yengillashtiradi.
Kaliy L-aspartat Ko‘z hujayralarini nafas olishini yaxshilaydi va faollashtiradi
Tetragidrozolin gidroxloridi Konyunktival giperemiyani bartaraf qiladi Aniq va ravshan ko‘rishga yordam beradi.
Xlorfeniraminmaleat Antigistamin samarasi Ko‘z qichishini tinchlantiradi.
Dikaliy glitsirrizinati Kuchli yallig‘lanishga qarshi samara Ko‘z kasalliklarini samarali bartaraf qiladi.
Natriy xondroitin sulfati Ko‘zlarni namlantiradi
QO‘LLANMA
1. Qo‘lingizni yuving.
2. Boshingizni tepaga ko‘tarib, ko‘z qovog‘ini tushuring.
3. Ko‘zingizga tomchilarni tomizing.
*konteyner uchini kipriklaringiz va ko‘z qovog‘iga tekkizmang.
4. Ko‘zingizni taxminan bir minutga yuming.
Yengil harakatlar bilan ko‘zingizning ichki burchaklarini bosing. * kuniga 5-6 marta 2-3 tomchidan tomizing.
EHTIYoTKORLIK ChORALARI
1. Quyidagi holatlarda preparatdan foydalanishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing:
Ko‘zdagi kuchli og‘riq/avval ko‘z tomchilari natijasida kelib chiqqan allergik simptomlarni paydo bo‘lish hollarida / glaukoma/ uzluksiz tibbiy davolash.
2. Foydalanishdan oldin quyidagi ehtiyotkorlik choralarigarioya qiling:
• Ko‘rsatilgan doza va dozalashga qat'iy amal qilish kerak
• Bolalar bu preparatdan kattalar nazorati ostida foydalanishlari kerak
• Bu preparatni yumshoq linzalar taqqanda qo‘llamaslik kerak
• Bu preparat faqat tomizish uchun ishlatilishi kerak.
3. Preparatdan foydalanish va foydalangandan keyin quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish zarur:
• Agar bu preparatdan foydalanganda ko‘zlarning shishi, qichishish, qizarishi yoki boshqa simptomlar kuzatilsa, foydalanishni darhol to‘xtating va shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
• Agar preparatdan foydalanilgandan so‘ng ko‘rish qobiliyati yaxshilanmasa, foydalanishni to‘xtatib shifokorga murojaat qiling
4. Preparatni saqlash va muolaja qilishda quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish zarur:
• Bu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang
• Idish qopqog‘ini qattiq berkiting
• Noto‘g‘ri foydalanish va sifatini buzilishini oldini olish maqsadida boshqa idishga quymang
• Zararlanishning oldini olish maqsadida, bu preparatni boshqa odamlar bilan birgaliqda ishlatmang
• Saqlash muddati o‘tganidan so‘ng foydalanmang (qadoqning tashqi qismida qo‘rsatilgan)
• Saqlash oqibatida ba'zi bir moddalar flakon uchida yig‘ilib qolishi mumkin, ularni toza mato bilan artib tozalang.
5. Yaroqlilik muddati:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. Ochilganidan so‘ng darhol foydalaning.
6. Saqlash:
Salqin, bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.
Ishlab chiqaruvchi
Rohto-Mentholatum (Vietnam) Co., Ltd., VSIP Thuan An Town, Binh Duong Province, VietnamRohto Pharmaceutical Co., Ltd., Osaka, Japan
buyurtmasi bo‘yicha.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.