Rohto ko‘z tomchilari vitamin, 13 ml
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi
:
Yoʻriqnoma: Rohto ko‘z tomchilari vitamin, 13 ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
ROHTO VitaminDori shakli
ko‘z tomchilariTarkibi
faol moddalar:Kaliy L-aspartati 130 mg,
Piridoksin gidroxloridi 13,0 mg,
Natriy xondroitin sulьfati 13,0 mg,
d-α-tokoferol atsetati 6,5 mg,
Xlorfeniraminamaleat 3,9 mg.
yordamchi moddalar: borat kislotasi, polioksietilen gidrogenlangan kanakunjut moyi 60, natriy borati, l-mentol, d-borneol, dinatriy edetati, evkalipt moyi, tozalangan suv.
Ta'rifi
tiniq, rangsiz eritma.Farmakoterapevtik guruhi
boshka oftalьmologik vosita.ATX kodi: S01XA
Farmakologik xususiyatlari
d-α-tokoferol atsetati (tabiiy Ye vitamini): qon aylanishini yaxshilaydi, pasaygan ko‘rish o‘tkirligini yaxshilashga yordam beradi.Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini): ko‘zlarda xujayraviy metabolizmni yaxshilaydi, ko‘rishni xiralashishini yengillashtiradi va ko‘rishni zo‘riqishini tez bartaraf etadi.
Natriy xondroitin sulьfati: ko‘z elementlarini to‘ldiradi, ko‘zning shox pardasini himoya qiladi, quruq ko‘zlar sindromini samarali bartaraf etadi.
Kaliy L-aspartati: ko‘zlarda xujayraviy nafasni faollashtiradi, ko‘rishni zo‘riqishini oldini olishga va davolashga yordam beradi.
Xlorfeniramin maleati: antigistamin samara, ko‘zlarni qizarishi va qichishishida diskomfortni yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Ma'lumotlar yo‘q.Qo‘llanilishi
− Ko‘rish o‘tkirligini pasayishi− Ko‘zlarda xiralashish (sekret tufayli)
− Ko‘rishni zo‘riqishi
− Suzgandan keyin yoki ko‘zlarga chang yoki ter suyuqligi tushishidan keyin kasalliklarni oldini olish
− Kon'yuktival giperemiya
− Ko‘zlarda qichishish
− Blefarit
− UB yoki boshqa nurlanish (masalan qorlik ko‘rlik) tufayli ko‘zlarni yallig‘lanishi
− Qattiq kontakt linzalardan foydalanish tufayli diskomfortda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Shikastlangan ko‘zga 2-3 tomchidan, kuniga 5-6 marta tomizing.Nojo‘ya ta'sirlari
Qichishish va kon'yuktival giperemiya kabi allergik simptomlar chaqirishi mumkin. Agar bu kuzatilsa, shifokoringizga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Glaukoma yoki biron-bir ingrediyentga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar boshqasi shifokor tomonidan buyurilmagan bo‘lsa, boshqa ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llamang.
Maxsus ko‘rsatmalar
• Bolalar ushbu preparatni kattalar kuzatuvi ostida qo‘llashlari kerak.• Eritmani sekret yoki turli bakteriyalar bilan ifloslanishi yoki xiralashishi xavfini oldini olish uchun, flakon uchi bilan qovoqlar yoki kipriklarga tegmang.
• Ushbu preparat faqat tomizish uchun qo‘llanishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollarda, shuningdek homilada nojo‘ya samaralari haqida xabarlar mavjud emas.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Mavjud emas.
Qo‘llash vaqtida va qo‘llagandan keyin ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak:
Agar quyidagi simptomlar paydo bo‘lsa, qo‘llashni to‘xtating va shifokor yoki farmatsevt bilan bog‘laning:
• Agar qo‘llagandan keyin quyidagi simptomlar paydo bo‘lsa:
Soha Simptom
Teri Toshma, qizarish, qichishish
Ko‘zlar Qizarish, qichishish, shish, og‘riq
• Agar ko‘rishni noaniqligi yaxshilanmasa.
• Agar 2 xaftadan keyin simptomlar kamaymasa.
Saqlaganda va ishlov berilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:
• Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang
• Noto‘g‘ri qo‘llash va sifatini o‘zgarishi mumkinligidan saqlanish uchun eritmani boshqa idishga quymang.
• Kuzatilishi mumkin bo‘lgan zararlanishdan saqlanish uchun ushbu preparatni boshqa odamlar bilan birga qo‘llamang.
• Yaroqlilik muddati (tashqi o‘ramda ko‘rsatilgan) o‘tgach preparatni ishlatmang.
• Saqlash sharoiti tufayli, ayrim ingrediyentlar konteyner uchida kristallizatsiyaga uchrashi mumkin. Qo‘llashdan oldin ularni toza doka bilan arting.
• Flakon ochilgandan keyin darhol ishlating, flakon ichidagisi qo‘llash vaqtida ifloslaniga moyil.
• Preparat flakonida boshqa suyuqliklarni saqlamang.
Dozani oshirib yuborilishi
Buyurilgan dozaga rioya eting, chunki dozani oshirib yuborilishi kon'yuktival giperemiya chaqirishi mumkin. Agar bu kuzatilsa, qo‘llashni to‘xtating va shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.Chiqarilish shakli
Eritma flakonda. Bitta flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
Salqin, bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan joyda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Rohto-Mentholatum (Vietnam) Co., Ltd.,VSIP Thuan An Town, Binh Duong, Vietnam
Ro‘yhatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
Rohto Pharmaceutical Co., Ltd., Yaponiya
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tiroz (taklif) larni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“MARI PHARM” MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bayroqtol ko‘ch., 15.
Tel.: +998 78 150 86 68
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.