Oblepixovoye maslo-LIK 50ml
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Oblepixovoye maslo-LIK 50ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Oblepixovoye maslo-LIKDori shakli
Moyli eritmaTarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:Faol modda: chakanda moyi kontsentrati 250 g
Yordamchi moddalar: rafinadlangan kungaboqar moyi
Ta'rifi
To‘q sariq-qizil rangli, o‘ziga xos xid va ta'mga ega bo‘lgan moysimon eritma.Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vositaFarmakologik xususiyatlari
O‘simlikdan olinadigan vosita bo‘lib, A, Ye, K vitaminlarining manbaidir. Tarkibida tabiiy biologik faol moddalar bo‘lganligi tufayli, toksik moddalarni, perekislarni, boshqa agressiv omillarning shikastlovchi ta'sirlarini kamaytiradi va hujayra qobig‘ini, hujayra ichki strukturalarini himoya qiladi. Preparat teri qoplamalari va shilliq qavatlarining shikastlanishida bitish jarayonlarini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi, o‘rab oluvchi va safro haydovchi ta'sirlarni namoyon qiladi. Chakanda moyi hujayrani oziqlanish jarayonlariga, ovqat hazm qilish a'zolarining faoliyatiga yaxshi ta'sir qiladi.Preparatning so‘rilishining jadalligi qo‘llash usuliga bog‘liq. Chakanda moyi ichga qo‘llanganida almashinuv mahsulotlari ahlat va siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kuyishlarni, yotoq yaralarni, teri va shilliq qavatlarini nur bilan shikastlanishini, ginekologik kasalliklarni (kolьpitlar, endotservitsitlar, bachadon bo‘yni eroziyasi), proktologik patologiyani (to‘g‘ri ichakning eroziv-yarali, atrofik va boshqa patologiyalari, anus yorig‘i, gemorroy) davolashda sirtga qo‘llaniladi.Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi.Terining shikastlanishlarida moyli bog‘lovlar ko‘rinishida qo‘llanadi. Terining oldindan nekrotik to‘qimalardan tozalangan sohasiga chakanda moyi, so‘ngra paxta-dokali bog‘lam qo‘yiladi, u kunora almashtiriladi. Davolash granulyatsiyalar paydo bo‘lgunicha o‘tkaziladi.
Kolьpitlarni, endotservitsitlarni, bachadon bo‘yni eroziyasini, gemmorroyni, to‘g‘ri ichakning yoriqlarini davolashda, chakanda moyi ko‘p shimdirilgan tamponlar ko‘rinishida qo‘llanadi. Davolash kursi kolьpitlarda 10-15 muolaja, endotservitsitlarda, bachadon bo‘yni eroziyalarida 8-12 muolajani tashkil qiladi. To‘g‘ri ichak yoriqlari va gemorroyni davolashda davolash kursi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar: terini qichishishi, giperemiya, terini shishi, teri toshmalari, achishish hissi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Odam organizmiga chakanda moyini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri haqidagi patologik ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.Chiqarilish shakli
25, 40, 50, 90 va 100 ml dan buraladigan plastmass qopqoqli shisha flakonlarda.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ, Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy, tel.: (99895) 170 99 48.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.