Kamistad gel 10g
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Kamistad gel 10g
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
KamistadXPN yoki guruhlash nomi: Lidokain + Moychechak gullarining ekstrakti.
Dori shakli
Mahalliy qo‘llash uchun gelTarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydiTa'sir etuvchi moddalar: lidokain gidroxloridi monogidrati – 20,0 mg, moychechak gullarining ekstrakti (1:4-5) (ekstragent – 50% (hajm) 1,37% li trometamol bilan) – 185,0 mg.
Yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi 50% li eritma – 2,0 mg, dolchin moyi – 1,0 mg, natriy saxarinati – 1,0 mg, karbomer – 15,0 mg, trometamol – 28,1 g, chumoli kislotasi 98% - 0,4 mg, etanol 96% - 8,2 mg, suv – 739,3 mg.
Ta'rifi
Sariq-jigarrang rangli gel.Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptik vosita + mahalliy anestetik.ATX kodi: A01AD11.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Lidokain gidroxloridi – mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, og‘iz va milkning shilliq qavatining yallig‘lanishlarida og‘riqni tez va davomli kamayishiga yordam beradi. Moychechak gullarining ekstrakti yallig‘lanishga qarshi, antiseptik va regeneratsiyani tezlashtiruvchi xususiyatlarga ega.Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va lablarning shilliq qavatining yallig‘lanishlaridagi og‘riqli sindrom (stomatitda, xeylitda, lablarning gletcherli eritemasida), gingivitda (milklarning yallig‘lanishi), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tish protezlari va briketlar ta'sirida ta'sirlanishi, sut tishlari va aql tishlarining chiqishida, ortodontik muolajalarda qo‘llanadi.Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi (12 yoshgacha).Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy. Preparatning 0,5 sm uzunlikdagi tasmachasi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining og‘riqli yoki yallig‘langan sohalariga kuniga uch marta qo‘yiladi va yengil uqalovchi harakatlar bilan ishqalanadi.Tish protezlariga o‘rganish davrida bosilgan joylarga 0,5 sm uzunlikdagi gel tasmasi surkaladi.
Davolash kursi kasallikning og‘irligiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Agarda Kamistad®ni qo‘llash vaqtida allergiya belgilari paydo bo‘lsa, preparatni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining hollari haqida xabar berilmagan.Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yoki nomutanosibligi hollari ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Gelni qo‘llash oldidan va keyin qo‘llarni yuvish tavsiya qilinadi.Kamistad qand o‘rnini bosuvchi natriy saxarinati saqlaydi.
Chiqarilish shakli
Mahalliy qo‘llash uchun gel. 10 g dan polietilen buraluvchi qopqoqchali alyuminiy tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.Tuba ochilganidan keyin gel 12 oy davomida ishlatilsin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.