Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Алоэ
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Armaniston
Dozasi
1 мл
Производитель
ОАО ЕРЕВАНСКАЯ ХФФ
Chiqarillish shakli
Inyeksiya uchun eritma
Aloe suyuq aloe ekstrakti аmp. 1 ml №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Aloe ekstrakt jidkiy
Ta'sir etuvchi modda (XPN) suyuq aloe ekstrakti (Extractum Aloes Fluidum)
Dori shakli
teri ostiga yuborish uchun in'ektsiya
Tarkibi
Nilufar – Liliasea sinfiga mansub daraxtsimon aloe – Aloe arborescens Mill ning yangi barglarini akad.V.P.Filatov usuli bo‘yicha qorong‘ulikda sovuqda konservatsiya usulida olingan yoki, xuddi shu usul bilan aloening quruq ekstraktini 1 l ga 8,5 g natriy xloridi qo‘shib olingan aloening suyuq ekstrakti.
Ta'rifi och sarg‘ish rangdan jigar rang-qizg‘ish ranggacha bo‘lgan, kuchsiz meva hidga egasuyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
biogen stimulyator.
ATX kodi D03AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat biogen stimulyator hisoblanadi. Adaptogen, umumiy tonusini oshiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. To‘qimalarda asosan, to‘qimalarning o‘tkazuvchanligini oshishi hisobiga moddalar almashinuvini faollashtiradi; to‘qimalarda regeneratsiya jarayonlarni rag‘batlantiradi. Granulotsitlarning himoya funktsiyalarini rag‘batlantiradi, ishtahani qo‘zg‘atadi.
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Oftalmologiyada blefarit, kon'yuktivit, keratit; shishasimon tanani xiralashishi, miopik xorioretinit, irit, pigmentli retinit, ko‘z tomirlarining yallig‘lanish jarayonlari, ko‘ruv nervining atrofiyasi, rivojlanib boruvchi uzoqni ko‘raolmaslik, traxomalar.
Gastroenteraolgiyada gastrit, gastroduodent, enterokolit, zo‘rayish bosqichida bo‘lmagan me'da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi xoletsistit.
Shuningdek, bronxial astma, sil, pnevmoniyada; nevralgiyalar va nevritda; to‘qimalarning chandiqli o‘zgarishlarida, trofik yarada; ayollardagi bepushtlikda va erkaklardagi impotentsiyada ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Teri ostiga in'ektsiya qilinadi. Ampulada cho‘kma bo‘lganida ochishdan oldin bir xil suspenziya hosil bo‘lgunicha chayqatiladi.
Kattalarga 1 ml dan xar kuni (maksimal sutkalik doza - 3-4 ml) yuboriladi. Davolash kursi – 30-50 in'ektsiya. Takroriy davolash kurslari 2-3 oylik tanaffusdan so‘ng o‘tkaziladi. 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,5 ml har kuni. Davolash kursi –30 in'ektsiyagacha.
O‘pkalar silida preparatni yuborish 0,2 ml dan boshlanadi va doza astma-sekin oshirib boriladi (preparat yaxshi o‘zlashtirilganida – xar bir in'ektsiyaga – 3-4 ml). Davolash kursi – 30-50 sutka.
Bronxial astmada 1,0-1,5 ml dan xar kuni, 10-15 kun davomida, keyinchalik 2 kunda 1 marta; davolash kursi 30-35 in'ektsiya.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar. Arterial bosimni oshishi. Gipertermiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Buyrak yetishmovchiligi. Arterial gipertenziya. Metrorragiya. Gemorroy. Sistit. Me'da-ichak yo‘llari a'zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari. Qon tupurish.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Gemopoezni rag‘batlantiruvchi vositalari va temir preparatlarining ta'sirini kuchaytiradi.
Nomutanosiblik
Ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Og‘riqni oldini olish uchun, in'ektsiya joyiga oldindan 0,5 ml 2% novokain yuborish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolash davrida avtotransportni boshqarish va yuqori diqatni talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
1 ml dan ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Biofarm" AJ, Farmatsevtik kompaniyasi, Gruziya, Tbilisi, 0160, Gotua ko‘ch., №3.
E-mail biopharm@caucasus.net
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.