Urosept-Herbapol qobiq bilan qoplangan tab. №60
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Urosept-Herbapol qobiq bilan qoplangan tab. №60
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
UROSEPT-HERBAPOLPreparatning savdo nomi
Urosept-HerbapolTa'sir etuvchi moddalar (MNN):
Extractum spissum compositum ex: Betulae folio, Petroselini radice, Phaseoli pericarpio
Chamomillae herbae extractum siccum
Vitis idaeae folii extractum siccum
Phaseoli pericarpium
Kalii citras
Natrii citras
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkaTarkibi
Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
- oq qayin barglarining quyuq, murakkab ekstrakti, petrushka ildizi, loviya mevasining old qismi (Extractum spissum compositum (4-7:1) ex: Betulae folio 4,40 q., Petroselini radice 2,66 q., Phaseoli pericarpio 1,00 q., ekstragent – 90% metanol [v/v]) 86,2 mg
- moychechak o‘tlarining quruq ekstrakti (Chamomillae herbae extractum siccum (7-9:1), ekstragent: suv)............................................................................ 8 mg
- brusnika barglarining quruq ekstrakti (Vitis idaeae folii extractum siccum (3-6:1), ekstragent: suv)........................................................................... 26 mg
- loviya mevasining old qismi, kukun (Phaseoli pericarpium).... 78 mg
- kaliy sitrati (Kalii citras)....................................................... 19 mg
- natriy sitrati (Natrii citras).................................................... 16 mg yordamchi moddalar:
yadro: limon kislota monogidrati, saxaroza, laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati, talk. qobig‘i: saxaroza, talk, purkash bilan quritilgan arabiston kamedi, indigotin Ye 132, Capol® 1295 (asalarining oq mumi Ye 901 va karnaub mumi Ye 903 aralashmasi).
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik va diuretik vositaFarmakologik hususiyatlari
O‘simliklardan olingan majmuaviy preparat bo‘lib, o‘rtacha siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, antiseptik va diuretik ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Urosept-HERBAPOL preparatining farmakokinetik tadqiqotlari o‘tkazilmagan, preparatning har bir faol moddalari yuzasidan quyidagi yozma hisobotlar olingan:Vitis idaeae folium – ekstraktda gallon kislotasini mavjudligi arbutinni fermentativ gidrolizi, uni me'da-ichak yo‘llarida so‘rilishini oldini olish mumkinligi, bu siydikda ajralib chiqqan gidroxinonning miqdorini oshishi aniqlangan. Organizmda arbutinni so‘rilishi tez amalga oshadi va shu sababli metabolitlari siydikda aniqlanishi mumkin. Organizmda aylanib yurish jarayonida glikozid shaklidagi arbutindan faol modda hisoblangan gidroxinon ajralib chiqadi. Arbutin metabolizmi mahsulotlarining maksimal kontsentratsiyasi nastoyka qabul qilingandan keyin 4 soat o‘tgach aniqlangan, 24 soatdan keyin esa 70-75% gacha kamaygan. Boshqa tadqiqotlarga ko‘ra, arbutin metabolizmining asosiy mahsuloti bo‘lib gidroxinon glyukuronidi hisoblanadi va dori vositasi qabul qilingandan keyin 2 soat o‘tgach u siydikda aniqlanadi.
Chamomillae anthodium – moychechak yuzasidan esa, radiofaol uglerod [14C] bilan nishonlangan (-)-alfa-bisabololni qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotda sichqonlarga teri orqali yuborilganda siydikda radiofaollikning 82% darajasi aniqlangan. In vivo sharoitdagi tadqiqotlarda 9 nafar sog‘lom ayollarda o‘tkazilgan apigenin va lyuteolinning suv-etanolli eritmalarini teri orqali kirishi barqaror oqimda 10,31 ng/min.sm2 va 6,11 ng/min.sm2 ni tashkil qilgan. Kalamushlarga glikozid-7- apigenin peroral yuborilgandan keyin erkin apigenin siydikda aniqlangan. 225,52 mg% glikozid-7-apigenin; 22,51 mg% apigenin va 15,14 mg% gemiarin saqlovchi 40 ml moychechak gullarining suv-etanolli ekstrakti qabul qilgan shaxslarga peroral yuborilgan. 24 soat davomida flavonlar plazma yoki siydikda aniqlanmagan, ayni vaqtda gemarin plazmada 35 mg/ml va siydikda 0,324 mg miqdorda aniqlangan. Steril sharoitda saqlanayotgan kalamushlarda glikozidli flavonlar hosilalarining gidrolizi kuzatilmagan.
Qo‘llanilishi
Urosept-HERBAPOL yengil siydik haydovchi ta'sirga ega an'anaviy qo‘llanadigan dori preparati hisoblanadi. Siydik chiqarish tizimining infektsiyalarida va siydik tosh kasalligida yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.Keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha preparatning samaradorligi faqat uzoq muddat qo‘llash va tajriba bilan tasdiqlanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qobiq bilan qoplangan 2 tabletkadan kuniga 3 marta bir stakan suv bilan ichga qabul qilinadi yoki shifokorning individual tavsiyalari bo‘yicha qabul qilinadi.Preparatni shifokor nazorati ostida uzoq vaqt davomida, shuningdek boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday preparat kabi, Urosept-HERBAPOL ham nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin. Hozirgi vaqtgacha preparatning nojo‘ya ta'sirlari aniqlanmagan.
Preparatning tarkibida potentsial fotosensibilizatsiyalovchi ta'sirga ega petrushka ildizining ekstrakti borligi sababli, terisining rangi och bo‘lgan shaxslar uzoq vaqt quyosh nurida bo‘lganlarida terida o‘zgarishlarning paydo bo‘lishini biroz ehtimoli bor.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Urosept-HERBAPOL preparatini murakkabgullilar oilasiga kiruvchi (Asteraceae, ilgari Compositae) o‘simliklarga yoki preparatning biron-bir komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.Yurak va buyrak yetishmovchiligi chaqirgan shishlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
So‘nggi vaqtlarda qabul qilinayotgan va hatto retseptsiz beriladigan barcha dori preparatlari haqida shifokorga xabar berish lozim.
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ayrim guruh patsiyentlarida preparatni qo‘llashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish.Qo‘llashning havfsizligini tasdiqlovchi ma'lumotlarning yo‘qligi sababli preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Boshqalar
Agar simptomlar kuchaysa yoki o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Homiladorlik
Qo‘llashning xavfsizligini tasdiqlovchi ma'lumotlarning yo‘qligi sababli, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Emizish davri
Qo‘llashning xavfsizligini tasdiqlovchi ma'lumotlarning yo‘qligi sababli, preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish va mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish
Dori preparatini qo‘llash avtotransportni boshqarish va mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari no ma'lum emas.Preparatni buyurilgan dozaga nisbatan yuqori dozada qabul qilganda va bezovta qiluvchi simptomlar paydo bo‘lganda, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish lozim.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletka15 tabletkadan 2 yoki 4 blister karton qutida.
Saqlash sharoiti
Saqlaganda qobig‘i to‘q rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning terapevtik hususiyatlariga ta'sir qilmaydi.25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparatni bolalar sezmaydigan va ololmaydigan joyda saqlash lozim.
Urosept-HERBAPOL preparatini o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llash mumkin emas.
Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili
“Gerbapol” A.J. Poznan dorivor o‘simliklar zavodi
Polsha, Poznan 61-896, Tovarov ko‘chasi, 47-51 telefon: +48 61 886 18 00, faks: +48 61 853 60 58.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.