Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gliyaton in'ektsiya uchun eritma 250mg/ml 4ml №5 amp
Nomi | Narx | |||||
Глиятон р/р д.ин.250мг/мл 4 мл№5 амп (121222##1744) |
UZS 114 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Холина альфосцерат
Страна производитель
Украина
Дозировка
250мг/мл 4 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gliyaton
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Xolin alfostserati
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% moddaga qayta hisoblanganda 250 mg xolin alfostserati;
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Nerv tizimiga ta'sir etuvchi vositalar. Parasimpatomimetiklar. Xolin alfostserati.
ATX kodi N07AX02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Xolin alfostserati asosan markaziy nerv tizimi (MNT) ta'sir qiluvchi markaziy xolinomimetiklar guruhiga mansub vositadir. Xolin alfostserati xolinni tashuvchi va fosfoditilxolinning o‘tmishdosh moddasi sifatida psixoorganik involyutsion sindromining patogen omillari ichida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, biokimyoviy shikastlanishlarni bartaraf etish va tuzatish potentsial qobiliyatiga ega, ya'ni pasaygan xolinergik tonusni va nerv hujayralari qobiqlarining o‘zgargan fosfolipid tarkibiga ta'sir qilishi mumkin. Preparatning tarkibiga 40,5% metabolik himoyalangan xolin kiradi. Metabolik himoya xolinni bosh miyadan ajralib chiqishini ta'minlaydi. Xolin alfostserati xotira funktsiyasi va miyaning bilish, anglash xususiyatlariga, shuningdek miyaning involyutsio patologiyasini rivojlanishi oqibatidagi yomonlashgan emotsional holat va hulq-atvor ko‘rsatkichlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Ta'sir mexanizmi xolin alfostseratini organizmga tushganida, fermentlar ishtirokida xolinga va glitserofosfatga parchalanishiga asoslangan xolin - nerv qo‘zg‘alishining asosiy mediatorlaridan biri bo‘lgan atsetilxolinni biosintezida ishtirok etadi; glitserofosfat neyron membranasidagi fosfolipidlar (fosfoditilxolinning) o‘tmishdoshi hisoblanadi. Shunday qilib, xolin alfostserati xolinergik neyronlarda nerv impulslarini o‘tkazilishini yaxshilaydi; neyronal membranalarni plastikligiga va retseptorlarning faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Xolin alfostserati serebral qon oqimini yaxshilaydi, bosh miyada metabolik jarayonlarni tezlashtiradi, bosh miya retikulyar formatsiyasini strukturasini faollashtiradi va bosh miya jarohatlanganida ongni tiklaydi.
Farmakokinetikasi
Xolin alfostserati yuborilganda, yuborilgan dozaning o‘rtacha 88% so‘riladi. Preparat asosan miyada (preparatning qondagi kontsentratsiyasining 45%), o‘pkada va jigarda to‘planadi. Preparatni eliminatsiyasi asosan o‘pkalar orqali, uglerod ikki oksidi (SO2) ko‘rinishida ro‘y beradi. Preparatning faqat 15% siydik va safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Asosan o‘zak darajasidagi shikastlanishi bilan kechuvchi bosh miyaning og‘ir jarohatini o‘tkir davri (ongni buzilishi, koma holati, o‘choqli yarimshar simptomatikasi, miya o‘zagini shikastlanish simptomlari).
Degenerativ-involyutsion miyani psixoorganik sindromlari yoki ikkilamchi serebrovaskulyar yetishmovchiligi oqibatlari, ya'ni keksa yoshdagi odamlarda xotirani buzilishi, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, motivatsiyani va tashabbus ko‘rsatishni pasayishi, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi bilan xarakterlanuvchi aqliy faoliyatni birlamchi va ikkilamchi buzilishlari, emotsional va hulqiy sohada o‘zgarishlar emotsional beqarorlik, jizzakilik, atrof-muhitga loqaydlik; keksa yoshdagi odamlarda soxtamelanxoliyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Gliyatonni o‘tkir holatlarda mushak ichiga yoki vena ichiga 15-20 kun davomida sutkada 1 g (1 ampula) dan sekin yuboriladi. Bemorning holati barqarorlashganidan keyin xolin alfotseratini peroral shakllarini qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda, hatto uzoq qo‘llanganda ham yaxshi o‘zlashtiriladi.
Ko‘ngil aynishi (ular asosan ikkilamchi dopaminergik faollikni natijasi hisoblanadi), juda kam hollarda abdominal og‘riq va qisqa muddatli ongni chalkashishi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatning dozasini kamaytirish keark.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga ma'lum bo‘lgan o‘ta yuqori sszuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Bolalar. Gliyatonnnibolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir etish xususiyati. Preparat avtotransportni boshqarishga va boshqa mexanizmlar bilan ishlashga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘ngil aynishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan, Gliyatonning dozasini oshirib yuborilganida preparatning dozasinikamaytirish lozim. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
4 ml dan ampulada. 5 ampuladan blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalanagan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
“Farmak” JAJ
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.