Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sitikolin Romfarm in'ektsiya uchun eritma 500mg/4ml 4ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цитиколин
Страна производитель
Румыния
Дозировка
500мг/4мл
Производитель
Rompharm Company SRL, Румыния
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sitikolin Romfarm
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sitikolin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ampula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mgyoki 1000 mg sitikolin (natriy tuzi shaklida);
yordamchi moddalar natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, kontsentratsiyalangan kislota, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki sariq rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop preparat.
ATX kodi N06B X06.
Farmakologik xususiyatlari
Sitikolin xujayra membranasining asosiy ultrastruktur komponentlarining (asosan fosfolipidlar) o‘tmishdoshi hisoblanib, keng ta'sir doirasiga ega shikastlangan xujayra membranalarini tiklanishiga yordam beradi, erkin radikallarni ortiqcha hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilib, fosfolipazalar ta'sirini ingibitsiya qiladi, shuningdek apoptoz mexanizmlariga ta'sir qilib, xujayralarning nobud bo‘lishini oldini oladi.
Sitikolin insultning o‘tkir davrida bosh miya to‘qimasining shikastlangan hajmini kichraytiradi, xolinergik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi.
Bosh miya jarohatida posttravmatik koma davomiyligi va nevrologik simptomlarning yaqqolligini kamaytiradi, bundan tashqari sitikolin tiklanish davrining davomiyligini qisqarishiga yordam beradi.
Bosh miyaning surunkali gipoksiyasida sitikolin xotirani yomonlashishi, g‘ayratsizlik, odatdagi harakatlarni bajarishda va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishda qiynalish kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samaradordir. Diqqat va ong darajasini oshiradi, shuningdek amneziya ko‘rinishlarini kamaytiradi.
Sitikolin degenerativ va qon tomir etiologiyali sezuvchanlik va harakat nevrologik buzilishlarida samaralidir.
Farmakokinetikasi
Sitikolin vena ichiga va mushak ichiga yuborilganida yaxshi so‘riladi. Xolin va sitidin hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Parenteral yuborilgandan keyin qon plazmasida xolin kontsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi. Sitikolin xolin fraktsiyasini struktur fosfolipidlar va sitidin fraktsiyasini – sitidin nukleotidlar va nuklein kislotalariga tez kirib, ahamiyatli darajada bosh miya strukturalarida taqsimlanadi.
Sitikolinning yuborilgan dozasining faqatgina 15% odam organizmidan chiqariladi 3% dan kamrog‘i – buyrak va taxminan 12% - nafasdagi SO2 bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-Ishemik insultning o‘tkir davri;
-Ishemik va gemorragik insultning tiklanish davri;
-Bosh miya jarohati, o‘tkir va tiklanish davri;
-Bosh miyaning degenerativ va qon tomir kasalliklarida kognitiv buzilishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga preparat sekin in'ektsiya (buyurilgan dozaga qarab 3-5 minut davomida) ko‘rinishida yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuboriladi. Mushak ichiga yuborilganga qaraganda vena ichiga yuborgan afzal. Mushak ichiga yuborilganda Sitikolin Romfarm preparatini bir joyga takroran yuborishdan saqlanish kerak.
Ishemik insult va bosh-miya jarohatining o‘tkir davri tavsiya etilgan doza diagnoz aniqlangandan keyin birinchi sutkadan har 12 soatda 1000 mg ni tashkil etadi; davolash davomiyligi – kamida 6 xaftani tashkil etadi. Ishemik va gemorragik insultning tiklanish davri, bosh-miya jarohatida tiklanish davri, bosh miyaning degenerativ va qon tomir kasalliklaridagi kognitiv va hulq-atvor buzilishlari tavsiya etilgan doza sutkada 500-2000 mg (5-10 ml sutkada 1-2 marta) ni tashkil etadi. Doza va davolash davomiyligi kasallik simptomlarining og‘irligiga bog‘liq.
Keksa yoshdagi patsiyentlarga vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilganda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Ampuladagi vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ampula ochilganidan keyin eritmani darhol ishlatish lozim. Sitikolin Romfarm preparati vena ichiga yuboriladigan barcha izotonik eritmalar va dekstroza eritmalari bilan mutanosib.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralar juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan ayrim hollarda kuzatiladi.
Allergik reaktsiyalar toshma, teri qichishishi, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, gallyutsinatsiyalar, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, falajlangan qo‘l-oyoqlarda uvishish, parasimpatik tizimga rag‘batlantiruvchi ta'sir.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ishtahani pasayishi, jigar fermentlarining faolligini o‘zgarishi.
Boshqalar issiqlik hissi, arterial bosimni qisqa muddatli o‘zgarishi, shishlar, hansirash.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
-vagotoniya (vegetativ nerv tizimi parasimpatik qismining tonusi ustunligi) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sitikolin levodopaning samaralarini kuchaytiradi.
Sitikolin Romfarm preparatini meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Sitikolin Romfarmni qon to‘xtatuvchi vositalar, bosh miya ichki antigipertenziv vositalar va odatdagi perfuzion suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bosh miya jaroxatlarida bosh miya ichki bosimini pasaytirish uchun mannitol va kortikosteroidlar vositalari kabi dori vositalarini buyurish mumkin.
Bosh miya ichiga qon quyilishida bir marta qo‘llashda sitikolin dozasini 500 mg ga oshirish mumkin emas, ushbu xolda dozani bo‘lish mumkin (sutkada 100-200 mg 2-3 marta)
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikda qo‘llash bo‘yicha klinik ma'lumotlar yetarli emas. Garchi hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda salbiy ta'siri aniqlanmagan bo‘lsada, preparatni homiladorlikda faqatgina ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Sitikolin Romfarm preparatini laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini xal etish lozim, chunki sitikolinni ko‘krak suti bilan ajralishi xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatni qo‘llashdagi samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida alohida diqqat va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi (shu jumladan, avtomobilni va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishlari) potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishda patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sitikolinning toksikligi past bo‘lganligi tufayli dozani oshirib yuborilishi xolatlari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
4 ml dan rangsiz shisha ampulalarda in'ektsiya uchun eritma.
5 ampula kontur uyali o‘ramda.
1 kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, saqlansin. Original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
K.O. Romfarm Kompani S.R.L.
Yeroilor ko‘ch № 1A, Otopen, Ruminiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.