Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Eufillin in'ektsiya uchun eritma 2.4% 5ml, №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминофиллин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
24 мг/мл
Производитель
Radiks,НПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутривенных инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Eufillin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) aminofillin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda aminofillin – 24,0 mg;
yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv – 1,0 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Spazmolitik (tomirlarni kengaytiruvchi) bronxlarni kengaytiruvchi vosita.
ATX kodiR03DA05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Eufillinning ta'siri eng avvalo uning tarkibida teofillinni mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, spazmolitik faolligini oshiradi va preparatni suvda erishiga yordam beradi, bu uni parenteral yuborish imkonini beradi.
Preparat tarkibida mavjud bo‘lgan fosfodiesterazani ingibirlovchi teofillin mavjudligi bilan ahamiyatli darajada bog‘liq bo‘lgan spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Etilendiamin uning ta'sirini kuchaytiradi va preparatni erishiga yordam beradi. Eufillin trombotsitlar agregatsiyasini kuchli tormozlaydi. Tomirlarni kengaytiruvchi, bronxlarni kengaytiruvchi va diuretik ta'sirga ega. Bronx mushaklarini bo‘shashtiradi, qon tomirlar qarshiligini kamaytiradi, yurakning toj tomirlarini kengaytiradi, o‘pka arteriyasi tizimida bosimni kamaytiradi, buyrakda qon aylanishini oshiradi, asosan buyrak naychalarida reabsorbtsiyani kamaytirish bilan bog‘liq diuretik ta'sir ko‘rsatadi; siydik bilan suv va elektrolitlar, asosan natriy va xlor ionini chiqarilishini oshishini chaqiradi. Eufillin yurak qisqarishlarini rag‘batlantiradi, yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmi va minutlik hajmni oshiradi, lekin miokardda kislorodga bo‘lgan ehtiyojni oshirib, miokardda moddalar almashinuviga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Preparatning biokiraolishligi – 90-100%. 0,3 g vena ichiga yuborilganda maksimal kontsentratsiyasiga erishish uchun zarur bo‘lgan vaqt – 15 minut, maksimal kontsentratsiyasining ko‘rsatkichi – 7 mkg/ml. Taqsimlanish hajmi 0,3-0,7 l/kg (“ideal” tana vaznining 30-70%) diapazonida bo‘ladi, o‘rtacha 0,45 l/kg ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan aminofillinning 60% (sog‘lom kattalarda) va 36% (yangi tug‘ilgan bolalarda) bog‘lanadi va qon, hujayradan tashqari suyuqlik va mushak to‘qimasida taqsimlanadi. Aminofillin yo‘ldosh va gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi, yog‘ to‘qimasida to‘planmaydi. Preparatning 90% jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlari buyrak orqali chiqariladi, preparatning 7-13% o‘zgarmagan shaklda chiqariladi. Chekmaydigan kattalarda yarim chiqarilish davri 5 dan 10 soatgacha, 10 oydan oshgan bolalarda 2,5 dan 5 soatgachani tashkil qiladi. Chekish va alkogol preparatning metabolizmi va chiqarilishiga ahamiyatli darajada ta'sir qiladi, xususan chekuvchilarda ushbu davr ahamiyatli darajada qisqaradi va 4 dan 5 soatgachani tashkil qiladi. Nafas yetishmovchiligi, buyrak va yurak yetishmovchiligi, virusli infektsiyalar va gipertermiyasi bo‘lgan bemorlarda preparatni chiqarilishi uzayadi.
Qo‘llanilishi
Asosan kichik qon aylanishi doirasidagi dimlanish belgilari bo‘lgan bronxial astma, shuningdek yurak astmasi, ayniqsa xurujlar bronxospazm va Cheyn-Stoks turidagi nafas buzilishlari bilan kechganda qo‘llanadi. Bosh miyada qon aylanishini yaxshilash, bosh miya ichki bosimi va insultlarda bosh miya shishini kamaytirish uchun aterosklerotik serebral tomir xurujlarini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga, vena ichiga yoki mikroho‘qnalar shaklida buyuriladi. Eufillinni teri ostiga yuborilmaydi, chunki u to‘qimalar ta'sirlanishini chaqiradi. Yuborish usuli holatning xususiyatlariga bog‘liq yurak yoki bronxial astmaning o‘tkir xurujlari, insult va shunga o‘xshash holatlarda vena ichiga, boshqa holatlarda ichga buyuriladi yoki boshqa yuborish usullari qo‘llanadi.
Ichga 0,1-0,15 g dan kuniga ovqatdan keyin 2-3 marta qabul qilinadi.
Vena ichiga 5-10 ml 2,4% li eufillin eritmasini yuborishda 10-20 ml natriy xloridining izotonik eritmasida suyultiriladi, sekin (4-6 minut davomida) yuboriladi. Shuningdek tomchilab yuborish mumkin (0,24-0,48 g eufillin 100-150 ml natriy xloridining izotonik eritmasida suyultiriladi va minutiga 30-50 tomchi tezlikda yuboriladi). Bolalarga preparatning dozasini yoshga muvofiq kamaytirib, mushak ichiga va rektal yuboriladi. Bolalarga (14 yoshgacha) vena ichiga (arterial bosimni pasayishi mumkinligi va boshqa nojo‘ya ko‘rinishlar sababli) yuborilmaydi.
Kattalar uchun eufillinning yuqori dozasi mushak ichiga va rektal bir martalik doza 0,5 g, sutkalik doza 1,5 g; vena ichiga bir martalik 0,25 g, sutkalik 0,5 gni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Eufillinni ichga qabul qilinganda preparatning ta'sirlovchi ta'siri bilan bog‘liq dispeptik ko‘rinishlar (ayniqsa och qoringa qabul qilinganda) bo‘lishi mumkin; vena ichiga tez yuborishda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, yurak urishi, ko‘ngil aynishi, qusish, tirishishlar, arterial bosimni kuchli pasayishi mumkin. Mushak ichiga yuborishda – yuborish joyida og‘riq; rektal yuborish to‘g‘ri ichak shilliq qavatini yallig‘lanishini chaqirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Arterial bosimi keskin pasayganida, paroksizmal taxikardiya va ekstrasistoliyalarda eufillinni qo‘llash, ayniqsa vena ichiga yuborish mumkin emas. Preparatni shuningdek yurak yetishmovchiligida, ayniqsa koronar yetishmovchilik va yurak ritmini buzilishi bilan kechuvchi miokard infarkti bilan bog‘liq bo‘lgan yurak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan. Antikoagulyantlar va teofillin yoki purinning boshqa hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Simpatomimetiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda o‘zaro ta'sirni kuchayishi kuzatiladi, beta-blokatorlar va litiy preparatlari bilan o‘zaro ta'sir kamayadi. Fenobarbital, rifampitsin, ioniazid, karbamazepin, sulfinpirazon, fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, shuningdek chekuvchi patsiyentlarda aminofillinning ta'sir jadalligi kamayishi mumkin (uning klirensini oshishi natijasida). Makrolid guruhi antibiotiklari, linkomitsin, xinolonlar, allopurinol, beta-adrenoblokatorlar, simetidin, disulfiram, fluvoksamin, ichga qabul qilish uchun gormonal kontratseptivlar, izoprenalin, viloksazin va grippga qarshi vaktsinalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda aminofillinning ta'sir jadalligi oshishi mumkin (uning klirensini kamayishi natijasida).
Ksantin hosilalari β2-adrenoretseptorlarni rag‘batlantiruvchilar, kortikosteroidlar va diuretiklar ta'siri bilan bog‘liq gipokaliyemiyani potentsiyalashi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 20 mg/l dan oshganida dozani oshirib yuborish belgilari paydo bo‘ladi. Ular davomli qusishni, qo‘zg‘alishni o‘z ichiga oladi, tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Agar preparatning plazmadagi kontsentratsiyasi 40 mg/ml dan oshsa, unda koma rivojlanishi mumkin. O‘tkaziladigan davolash tadbirlari belgilarining yaqqolligiga bog‘liq va faollashtirilgan ko‘mirni qayta buyurishni, gemodinamikaning ko‘rsatkichlarini nazoratini va zarurati bo‘lganida ularni to‘g‘rilashni, kislorod berishni va USV sini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Tirishish sindromida diazepamni v/i yoki m/i yuborish kursatilgan (barbituratlarni buyurish mumkin emas). Agar preparatning plazmadagi kontsentratsiyasi 50 mg/l dan oshsa va preparatni sekin chiqarilishi uchun zamin bor bo‘lsa, unda gemodializ zarur.
Chiqarilish shakli
2,4% in'ektsiya uchun eritma 5 ml va 10 ml dan ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqarilgan
«MERRYMED FARM» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi 1 uy, Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.