Projestin-KR gel 10mg/g 40g
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Projestin-KR gel 10mg/g 40g
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Projestin-KRTa'sir qiluvchi modda (XPN): progesteron
Dori shakli
gelTarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi:Faol modda: 10 mg progesteron (quruq moddaga qayta hisoblanganda);
Yordamchi moddalar: polietilenoksid, glitserin, 96% etanol, karbomer, trietanolamin, polietoksillangan, gidroksillangan kanakunjut moyi, tozalangan suv.
Ta'rifi
rangsiz yoki kuchsiz sarg‘ish tusli, o‘ziga xos hidli gel.Farmakoterapevtik guruhi
Jinsiy bezlarning gormonlari va jinsiy a'zolar patologiyasida qo‘llanadigan preparatlar. Progesteron.ATX kodi: G03DA04.
Farmakologik xususiyatlari
Progesteron sariq tananing gormoni hisoblanadi. Sut bezlari to‘qimalarida progesteron kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va biriktiruvchi to‘qimali stromaning siklik shishining jadalligini kamaytiradi, sut chiqarish yo‘llari epiteliysining proliferatsiyasi va mitotik faolligini oldini oladi.Farmakokinetikasi
Teriga surtilganda qo‘llanilgan dozaning taxminan 10% so‘riladi. Qon aylanish tizimiga tushmaydi, teri va sut bezlari to‘qimalarida metabolizmga uchraydi. Tizimli ta'siri yo‘q yoki ahamiyatsizdir.Qo‘llanilishi
Progesteron yetishmovchiligi fonidagi mastodiniyalar va xavfsiz mastopatiyalarni davolashda qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Aplikatorning bir dozasi (2,5 g gel) sutkada 1 marta har bir sut bezining yuzasiga surtiladi va to‘liq singunigacha ishqalanadi. Davolash kursining davomiyligi – kamida 3 oyni tashkil qiladi.Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ushbu qo‘llash usulida preparatning klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan doza oshirilmasin.Gelni tozalangan, quruq teriga surtish kerak. Hayz siklining kunidan qat'iy nazar qo‘llanadi. Preparat surtilgandan keyin to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlaridan saqlanish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning II-III uch oyligida yoki emizishda preparatni, faqat preparatni qo‘llashdan ona uchun kutilgan foydasi homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Bolalar. Bolalarda preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Davolanish davrida avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tizimli so‘rilishi pastligi sababli dozani oshirib yuborilishini ehtimoli kam.Chiqarilish shakli
40 g dan gel shpatel-dozator bilan tubada.Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi.
«Ximfarmzavod «Krasnaya zvezda» JAJ
61010, Ukraina, Xarkov sh., Gordiyenkovskaya ko‘ch., 1.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.