Klomed-G krem 15 gr
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
15 г
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Индия
Yoʻriqnoma: Klomed-G krem 15 gr
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
KLOMED®-GTa'sir etuvchi moddalar (XPN): klobetazol propionati, gentamitsin sulfati
Dori shakli
mahalliy qo‘llash uchun kremTarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 0,5 mg klobetazol propionati, 1 mg gentamitsin;
yordamchi moddalar: setostearil spirti, qattiq parafin, och rangli suyuq parafin, setomakrogol 1000, glitserin, natriy metilparaben, natriy propilparaben, propilen glikol, tozalangan suv.
Ta'rifi
oq rangli, hidsiz yumshoq krem.Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy ta'sirga ega yallig‘lanishga qashi vosita.ATX kodi: D07XC.
Farmakologik xususiyatlari
Klobetazol propionati bu mahalliy qo‘llash uchun yuqori darajadagi faol glyukokortikosteroiddir. Hujayra membranasi orqali o‘tib, glyukokortiksteroid retseptorlar bilan bog‘lanadi. Limfoid va biriktiruvchi to‘qimada, mushak, yog‘ to‘qimasida, terida katabolik ta'sir ko‘rsatadi. Klobetazol yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va immunosupressiv ta'sir ko‘rsatadi. Fosfolipaza A2 faolligi susayadi, prostaglandinlar va leykotriyenlar hosil bo‘lishi kamayadi. Mahalliy qo‘llanilganda shish, giperemiya, qichishish kamayadi.Gentamitsin – aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antibiotikdir. Bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi va terining birlamchi va ikkilamchi bakterial infektsiyalarini yuqori samarali mahalliy davolanishini ta'minlaydi. Grammanfiy bakteriyalar: Pseudomonas aeruginosa, Aerobacter aerogenes, Escherichia coli, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumonia; va grammusbat bakteriyalar: Streptococcus spp. (A guruhi ß- va α-gemolitik streptokokklarining sezgir shtammlari), Staphylococcus aureus (koagulaza-musbat, koagulaza-manfiy shtammlari va penitsillinaza ishlab chiqaruvchi ayrim shtammlar) ga nisbatan faol.
Anaeroblar, zamburug‘lar va viruslarga nisbatan faol emas.
Farmakokinetikasi
Klobetazol mahalliy qo‘llanilgandan keyin shikastlanmagan teri orqali so‘riladi (yuborilgan dozaning 5% gacha) va preparatning so‘rilgan miqdori yallig‘lanish tipiga, ishlatilayotgan tashilish vositasiga, qo‘llanilayotgan dori vositasining miqdoriga va epidermal to‘siqqa (terining xususiyatiga) bog‘liq. Gentamitsin odatda shikastlanmagan teri orqali so‘rilmaydi. Terining shikastlangan sohasi yoki keratin qavatini yo‘qotilgan teri (ya'ni jarohat, yara, kuyish) orqali yengil so‘riladi.Qo‘llanilishi
Dermatozlar, ikkilamchi infektsiyani qo‘shilishi yoki uni rivojlanishi ehtimoli bilan kechuvchi terining allergik va yallig‘lanish kasalliklari: ekzema, atopik dermatit, neyrodermit, kontakt dermatit (shu jumladan kasbga doir), allergik dermatit, psoriaz, qizil yassi temiratki, flebodermiya.Hasharotlarni chaqishi, qichima, tirnalishlar, shilinishlar, terining termik shikastlanishlari va bichilishlar oqibatida rivojlangan infektsiyalangan dermatitlar. Turli lokalizatsiyali piodermiyalar (strepto-stafilodermiyalar, impetigo, sikoz, ektima) da qo‘llanadi. Klomed® –G krem asosan terining yallig‘lanish kasalliklarining o‘tkir va nimo‘tkir bosqichlarini, shu jumladan ekssudatsiya bilan kechuvchi kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.Klomed®–G sirtga qo‘llash uchun kremi shikastlangan sohaga yupqa qavat qilib kuniga ikki marta yengil ishqalash bilan surtiladi. Qalinroq teri sohalari (masalan tirsak, qo‘l kafti va oyoq panjasi), shuningdek preparat oson ketkaziladigan sohalarga preparatni ko‘proq, lekin sutkada 4 martadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda surtish mumkin. Uzluksiz davolash kursi davomiyligi odatda 4 xaftagachani tashkil qiladi. Surunkali kasalliklarni davolaganda qaytalanishlarni oldini olish uchun davolashni barcha simptomlar bartaraf etilgandan keyin ham bir muncha vaqt davom ettirish kerak. Bir yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni terapevtik dozalarda qo‘llaganda, nojo‘ya ko‘rinishlar odatda kuzatilmaydi.
Kam hollarda: terini qichishishi, achishishi, qizarishi, ta'sirlanishi, qurishi, aknesimon o‘zgarishlar, gipopigmentatsiya, teri atrofiyasi, faollikulit, gipertrixoz, teleangiektaziyalar. Davomli nazoratsiz qo‘llaganda va katta sohaga surtilganda GKS uchun xarakterli bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlik yoki nojo‘ya ko‘rinishlar yuzaga kelganda davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik; terining virusli kasalliklari, postvaktsinal teri reaktsiyalari, ochiq jarohatlar, trofik yaralar, vulgar husnbuzar, rozatsea, suvchechak, sifilisning teri ko‘rinishlari, teri tuberkulyozida qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Klomed®–G preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Klomed®–G preparatini yuz terisida uzoq vaqt (4 xaftadan ortiq) sirtga qo‘llash mumkin emas. Preparatni shilliq qavatlarga tushishi ehtimoli tufayli, ko‘z sohasida qo‘llash mumkin emas. O‘ziga xos tabiiy okklyuziya mavjud bo‘lgan qo‘ltiq osti, chov burmalari kabi tananing ayrim sohalari striyalar yuzaga kelishining yuqori xavfiga duchor, shuning uchun sirtga qo‘llash uchun kremni terining bu sohalarida uzluksiz qo‘llash qisqa muddatli (4 xaftagacha) bo‘lishi kerak. Terida zamburug‘li mikroflora rivojlangan hollarda zamburug‘larga qarshi vositalarni qo‘shimcha qo‘llash zarur.Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda va emizikli onalarda Klomed® –G sirtga qo‘llash uchun krem preparatini davolovchi shifokor nazorati ostida mahalliy qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Bunday hollarda preparatni qo‘llash qisqa muddatli va imkoni boricha teri qoplamlarining katta bo‘lmagan sohalari bilan cheklanishi kerak. Preparatni emizishdan oldin sut bezlari terisiga surtish mumkin emas.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Dori preparati transport vositalarini boshqarish va uskunalar va mashinalar bilan ishlash qobiliyatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni, ayniqsa bolalarda, terining katta sohalarida uzoq vaqt uzluksiz qo‘llaganda, butunligi buzilgan teriga surtilganda yoki okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llaganda klobetazol yoki gentamitsinni so‘rilishini oshishi bilan bog‘liq nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin.Simptomlari: GKS tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi.
Davolash: preparatni bekor qilish va zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
15 g dan tubada, №1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.Saqlash sharoiti
Bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muztatishga yo‘l qo‘yilmasin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«Mediwin Pharmaceuticals»., HindistonManzili
128/A, Phase I & II,G.I.D.C., Naroda
Ahmedabad – 382 330. (India)
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“British Pharma” MChJ
O‘zbekiston, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, I.Akilov ko‘ch. 55
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.