Antral tab 0,2gr №30
77 600 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Antral tab 0,2gr №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
AntralTa'sir etuvchi modda (XPN): Antral
Dori shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalarTarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: quruq moddaga qayta hisoblaganda 100 mg (0,1 g) yoki 200 mg (0,2 g) antral;
yordamchi moddalar: og‘ir magniy karbonati, kartoshka kraxmali, krospovidon, mikrokristall sellyuloza, povidon, polisorbat, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati, Opadry II 85 G18490 white, Opadry II 85 G25557 red.
Ta'rifi
dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, to‘q qizil rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor preparatlarATX kodi: A05VA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Antral gepatoprotektor preparatlar guruhiga kiradi. Turli genezli o‘tkir va surunkali gepatitlar, jigar sirrozini davolashda samarali, astenovegetativ buzilishlarni kamayishiga yordam beradi, ishtaha, uyquni yaxshilaydi, dispepsik ko‘rinishlarni kamaytiradi. Kursli qo‘llanganida preparat qonda bilirubin, γ-globulinlar, xolesterin, protrombin indeksi, transaminazalar faolligini (AlAT i AsAT) va ishqoriy fosfatazalarning miqdorini normallashtiradi. Antral o‘ziga xos uzoq muddatli yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi ta'sirga ega. Klinika oldi tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, Antral jigarni o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali shikastlanishi sharoitlarida turli ksenobiotiklar va ularning majmualari tomonidan gepatotoksinlar ta'siri oqibatlarini susayishiga, gepatotsitlarda reparativ jarayonlarni faollashishiga va jigarning struktur-funktsional holati ko‘rsatkichlarini normallashiga yordam beradi. Preparat qonda va to‘qimalarda lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonlarini ingibitsiya qiladi, organizmning antioksidant tizimlarining faolligini bir maromda tutib turadi, jigar strukturasi va gepatotsitlar membranalarining barqarorligini ta'minlaydi. Antral nisbatan zararsiz farmakologik vosita bo‘lib, organizmni a'zo va tizimlarining faoliyatini buzmaydi, unda to‘planish xususiyatlari, immunotoksik, mahalliy ta'sirlantiruvchi, allergen, ultserogen, embriotoksik, teratogen ta'sirlar yo‘q.Farmakokinetikasi
Qonda preparatni maksimal to‘planishi 3-4 soatdan keyin aniqlanadi, yarim chiqarilish davri – 4-5 soat. Preparat siydik va ahlat bilan chiqariladi.Qo‘llanilishi
Antral kattalar va bolalarda quyidagi kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladi: turli etiologiyali (virusli, alkogolli, medikamentozli, toksik) o‘tkir va surunkali gepatitlar; jigarning yog‘li distrofiyasi va sirrozi; o‘t pufagi, taloq, me'da osti bezining yallig‘lanishli kasalliklari; postxoletsistektomik sindrom (o‘t pufagi olib tashlanganidan keyin).Turli etiologiyali toksinlar: alimentar toksinlar, dori vositalari, kimyoterapiya, nur bilan davolashning salbiy ta'sirlari natijasida kelib chiqqan jigar kasalliklarini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Antral ovqatdan keyin, sutkada 3 marta ichga qabul qilish uchun buyuriladi:– kattalar va 10 yoshdan katta bolalarga – bir qabulga 200 mg; jigar sirrozida: davolashning birinchi haftasida – bir qabulga 400 mg dan, so‘ngra 2-3 haftada – bir qabulga 200 mg dan;
– 4-10 yoshdagi bolalar (shu jumladan jigar sirrozida) – bir qabulga 100 mg dan.
Davolashning davomiyligi kasallikning xarakteri va og‘irlik darajasiga bog‘liq. O‘rtacha davolash kursi 3-4 haftani tashkil qiladi. 3-4 haftadan keyin davolash kursini takrorlash kerak.
Bolalar.
Preparat 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat umuman bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Antral qo‘llanganida yakka hollarda holsizlik, bosh aylanishi, dispepsik ko‘rinishlar, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, diareya bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadi.
Allergik reaktsiyalar, shu jumladan teri toshmalari, eshakemi, angionevrotik shish, terini qizarishi va qichishish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. Buyraklarning chiqarish funktsiyasini buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antral antibakterial, detoksitsiyalovchi, safro haydovchi, vitamin preparatlari bilan yaxshi mutanosib, bu uni davolash majmualariga qo‘shish imkonini beradi. Jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda Antral bir vaqtda qo‘llanganida steroid va sitostatik preparatlarning faolligiga ta'sir ko‘rsatmaydi; davolashning samaradorligini keyinchalik kamayishisiz steroidlarning avvalgi dozasini kamaytirishiga (50-70% gacha) yo‘l qo‘yiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Antralni ovqatdan 20-30 minutdan keyin, yetarli miqdordagi suv yoki sut bilan qabul qilish tavsiya qilinadi.Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni qo‘llash tajribasi cheklanganligi sababli homiladorlik yoki emizish davrida buyurish tavsiya qilinmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'sir qilishiga doir ma'lumotlar yo‘q, ammo haydovchilar va murakkab mexanizmlarning operatorlari bosh aylanishini rivojlanish ehtimolini hisobga olishlari kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishida nojo‘ya reaktsiyalari paydo bo‘lishi va kuchayishi mumkin.Preparatning yuqori dozalari tasodifan qabul qilinganida me'dani yuvish va (zarurati bo‘lgan hollarda) simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkalardan blisterda. 3 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida..Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.