Bondjigar kaps. №20
39 200 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Пакистан
Yoʻriqnoma: Bondjigar kaps. №20
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
BondjigarDori shakli
kapsulalarTarkibi
Bir kapsula quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:Dog‘li Rastoropsha
200 mg
Oq verbezina
250 mg
Pikroriza kurroa
100 mg
Qora ituzum
50 mg
Oddiy sachratqi
175 mg
Yalang‘och chuchukmiya
200 mg
Tojli tamariks
100 mg
Dala turupi
50 mg
Serqiltiq zirk
150 mg
Hind sferantusi
50 mg
Sershox Berxaviya
100 mg
Ta'rifi
shokolad-jigarrang rangli, №0 o‘lchamdagi kapsulalar. Kapsulalar gigroskopik jigarrang kukun yoki gigroskopik oq kiritmali jigarrang kukun saqlaydi. Kapsulaning korpusi va qalpoqchasida BONJIGAR yozuvi tushirilgan.Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektorFarmakologik xususiyatlari
Bondjigar jigarni zararsizlantirish qibiliyatini kuchaytiradi, uchkarbon kislotalari siklini tezlashtiradi va shunday qilib oqsillar almashinuvi oqibatida to‘plangan mahsulotlarini (ammiak) mochevina shaklida chiqarishga yordam beradi. Jigarni himoyalovchi va zaharli moddalarni chiqarib yuboruvchi vosita sifatida ta'sir qiladi. O‘zining lipotrop ta'siri orqali Bondjigar yog‘larning (asosan triglitseridlarni) to‘planishini oldini oladi va jigardan yog‘larning yo‘qotilishi tezligini oshiradi. O‘zining safro haydovchi ta'siri yordamida jigardan safroni chiqishini rag‘batlantiradi va bu bilan jigarning tozalovchi faoliyatini yaxshilaydi va organizmdan zaharli metabolitlarni yo‘qotadi. U shuningdek jigarning kattalashgan o‘lchamlarini qisqartiradi va gistologik tuzilishini saqlaydi.Shunday qilib, Bondjigar zaharli ta'sirdan jigarni himoya qiladi va uning metabolik, zaharlarni chiqaruvchi va immunitetni boshqaruvchi faoliyatini faollashtirib, uning faoliyatini kuchaytiradi. Buning natijasida jigarning turli buzilishlaridagi qon zardobidagi oshgan bilirubin, itshqoriy fosfotazalar, tranaminazalar miqdori normallashadi.
Tarkibi
Oq verbizinaJigarning kattalashgan og‘irligini normallashishiga yordam beradi. Qon zardobdagi ishqoriy fosfataza darajasini normallashtiradi. Jigar mikrosomal fermentlarni boshqaradi.
Pikroriza kurroa
Jigarning o‘tkir va surunkali alkogolli zaharlanishini zararsizlantiradi.
Oddiy sachratqi
Safro oqib chiqishini ko‘paytiradi. Jigarda yog‘lar to‘planishini oldingi oladi va ularni jigardan yo‘qolishini tezlashtiradi. Jigarda kimyoviy zaharlarni zararsizlantiradi.
Dala turupi
Antioksidant. Jigarning tozalovchi faoliyatini yaxshilaydi, organizmda yig‘ilgan azotli chiqindilarni yo‘q qiladi.
Serqiltiq zirk
Jigarning metabolik faoliyatini normallashtiradi
Tojli tamariks
CCI4 va D-Galoktozamin zaharliligini zararsizlantiradi
Sershox Berxaviya
Antigepatotoksik vosita. Surgi vositasi
Dog‘li Rastoropsha
Alkogol va boshqa tur zaharlarni qabul qilish chaqirgan shikastlanishlardan jigarni himoya qiladi. Jigarning regeneratsiyasiga yordam beradi.
Hind chuchukmiya
Tonusni oshiradi, ovqat hazm bo‘lishini rag‘batlantiradi.
Yalang‘och chuchukmiya
Ushbu komponent immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Gepatit kabi virusli yallig‘lanish holatlarida foydali. Me'da yarasini oldini olish va davolash uchun ishlatiladi.
Qo‘llanilishi
• Jigarning o‘tkir va surunkali buzilishlari ;• O‘tkir va surinkali gepatit;
• Infektsion gepatit;
• Yog‘li degeneratsiyasi, jigarning yog‘li infiltratsiyasi;
• Gepatotsellyulyar sariqlik va yashirin jigar kasalliklari;
• Bo‘shashgan jigar;
• Gepatotoksik medikametlar, sanoat kiyoviy moddalari va infektsiyalar chaqirgan jigar faoliyatining buzilishlari;
• Surunkali toshsiz xoletsistitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1-2 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin buyuriladi.Nojo‘ya ta'sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Allergik kasalliklarda. Preparatning komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.Homiladorlikning birinchi uch oyligida Bondjigarni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lum emas.Chiqarilish shakli
20 va 60 kapsula plastmassa buraladigan qalpoqchali plastmassa flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonlardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Xerbion Pakistan (Pvt) Ltd.Karachi, Pokiston.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.