Omega 3 LIK kaps. №50
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Omega 3 LIK kaps. №50
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Omega-3-LIKTa'sir qiluvchi modda (XPN): Eykozapentayen kislotasi
Dori shakli
KapsulalarTarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydiFaol modda: Eykozapentayen kislotasi kamida 12% (54 mg), kungaboqar moyi – 450 mg.
Jelatin kapsula qobig‘i tarkibi: jelatin, glitserin, nipagin, nipazol, tozalangan suv.
Ta'rifi
Och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, tiniq, oval yoki cho‘zinchoq shaklli, yumshoq jelatin kapsulalar.Kapsulalarning ichidagisi - och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha yoki och-sariqdan jigarrang tusli to‘q sariq rangligacha bo‘lgan, kuchsiz spetsifik, taxir bo‘lmagan hidli tiniq, gomogen yog‘simon suyuqlik. Saqlash jarayonida yengil tovlanish yoki cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Gipolipedemik preparatlar. Gipoxolesterinemik va gipotriglitseridemik preparatlar. Boshqa gipolipidemik preparatlar.ATX kodi: S10AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Dori vositasining farmakologik xususiyatlari biologik faol moddalar: “Omega-3” oilasiga kiruvchi to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining (eykozapentayen, dokozageksayen va boshq.) yig‘indisi, retinol (A vitamini) va ergokaltsiferolning (D vitamini) muvozanatlangan majmuasining borligi bilan belgilanadi.Asosiy biologik faol moddalarning miqdori:
To‘yingan yog‘ kislotalari (TYOK) 30%
Monoto‘yinmagan yog‘ kislotalari (MTYOK) 42%
Ko‘pto‘yinmagan yog‘ kislotalari (KTYOK) 28%
Retinol (A vitamini) 1 g da 100-250 XB
Ergokaltsiferol (D vitamini) 1 g da 20-100 XB
”Omega-6”: “Omega-3” da KTYoK miqdori optimalga yaqin va 1,0:8,0 ga teng.
Gipolipidemik, antiaterosklerotik, antiagregant, kardioprotektor, gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi.
Gipolipidemik ta'sirining asosida PZLP (past zichlikdagi lipoproteidlar) va JPZLP (juda past zichlikdagi lipoproteidlar) ning tuzilishi va miqdorini normallashishi yotadi.
“Omega-3-LIK” hujayra membranalarining suyuqlik xususiyatlarini o‘zgarishiga va membrana retseptorlarining funktsional falligini oshishiga yordam beradi, bu lipoproteidlarning fermentlar bilan lipid - hujayra o‘zaro ta'sirini va lipoproteidlarning metabolizmini yaxshilaydi. Jigarda triglitseridlarning sintezini (yog‘ kislotalarining eterifikatsiyasini ingibitsiya qilish hisobiga) tutib qoladi. Triglitseridlarning darajasini kamayishiga shuningdek yog‘ kislotalarining beta-oksidlanishini oshishi ham (triglitseridlarning sintezi uchun tasarrufda mavjud bo‘lgan erkin yog‘ kislotalarining miqdorini kamayishi) yordam beradi. Natijada giperlipidemiyani pasayishi va demak aterosklerotik jarayon faolligini kuchsizlanishi ro‘y beradi.
YuZLP ning oshishi juda ahamiyatsiz va doimiy emas. Ular fibratlar qabul qilinganidan keyingiga qaraganda ancha kam.
Preparatning antiagregant ta'siri, uning ta'siri ostida hujayra membranalarining, shu jumladan eritrotsitlarning membranalarini lipidli tarkibini o‘zgarishi, ularda araxidon kislotasining miqdorini kamayishi va eykozapentayen kislotasining darajasini oshishi bilan bog‘liq. Buning natijasida tromboksan A2 va trombotsitlar agregatsiyasini va eykozopantayen kislotasidan tromboksan A3 va proagregant ta'sirga ega bo‘lmagan boshqa uch to‘yinmagan eykozanoidlarning sintezini oshishini kuchaytiruvchi boshqa ikki to‘yinmagan eykozanoidlarning (araxidon kislotasining derivatlarining) sintezini pasayishi ro‘y beradi. Qonning ivishini boshqa omillarining yaqqol o‘zgarishlari kuzatilmaydi.
Preparatga ayniqsa o‘tkir miokard infarktida yaqqol ifodalangan kardiotrop ta'sir xos. U KTYoK ning antiaritmik ta'siri bilan bog‘liq bo‘lib, kardiomiotsitlarning membranalarini lipidli biqavatida ularning miqdorini oshishi, kation nasoslarining yanada samarali faoliyatiga yordam beradi, qorinchalar taxikardiyasi va yurak fibrillyatsiyalari holatlari sonini keskin kamaytiradi va infarktdan keyingi kardiosklerozda yurakning elektrik barqarorligining buzilishini oldini oladi.
Preparatning gipotenziv ta'sirini eng tabiiy mexanizmi, uni qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlar, shuningdek qon-tomirlarning tonusini boshqarilishi bilan bog‘liq boshqa vazofaol substantsiyalarning sinteziga ta'siri (depressor adenozinni ajralib chiqarilishi, plazmadagi noradrenalinni kamayishi, xujayra ichidagi kaltsiyning tashilishini bostirilishi) bilan bog‘liq. Natijada tonusi aterial bosimni shakllanishida bosh rolni o‘ynaydigan rezistiv arteriyalarning xususiyatlari o‘zgaradi. Bunda qon tomirlarning devorlari kamroq rigid bo‘lib qoladi, oson cho‘ziladi va kuchaygan oqim vaqtida ularda bosim past bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
“Omega-3” oilasiga kiruvchi yog‘ kislotalarini so‘rilish vaqtida va undan so‘ng, metabolizmi uch yo‘l bo‘ylab boradi:- yog‘ kislotalari avval jigarga olib kelinadi, u yerda lipoproteidlarning turli toifalarining tarkibiga kiritiladi va lipidlaring periferik zahiralariga yo‘llanadi;
- hujayra membranalarining fosfolipidlari lipoproteidlarning fosfolipidlari bilan almashtiriladi, shundan keyin yog‘ kislotalari turli eykozanoidlarning o‘tmishdoshi sifatida chiqishi mumkin;
- ko‘pchilik yog‘ kislotalari energetik ehtiyojlarni ta'minlash maqsadida oksidlanadi.
Qon plazmasi fosfolipidlaridagi “Omega-3” sinfiga kiruvchi yog‘ kislotalarining kontsentratsiyasi xujayra membranalarining tarkibiga kiruvchi bu yog‘ kislotalarining kontsentratsiyasiga mos keladi.
Qo‘llanilishi
Preparatni qo‘llanishi uchun asosiy ko‘rsatmalar quyidagilar:- infarktdan keyingi holat, shuningdek miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasi (statinlar, antitrombotik vositalar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari bilan majmuaviy davolash tarkibida);
- endogen gipertriglitseridemiya (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IV tur) parhezga qo‘shimcha sifatida uning samarasi yetarli bo‘lmaganida monoterapiya sifatida;
- aralash giperlipidemiya (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IIb va III tur) statinlar bilan majmuada;
- YuIK majmuaviy davolash va oldini olish, YuIK, gipertoniya kasalligi bo‘lgan bemorlarda behosdan o‘lim xavfini pasaytirish;
- trombozlarni oldini olish (majmuaviy davolash tarkibida) da qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
“Omega-3- LIK” kapsulalari ichga, kunning birinchi yarmida bir marta yoki 2-3 qabulga bo‘lib, ovqatdan 30 minutdan keyin, suv yoki sharbatlar (tomatli) bilan birga qabul qilinadi.Davolash maqsadida sutkada 8-12 kapsuladan, 2-3 qabulga bo‘lib buyuriladi. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.
Profilaktika maqsadida bir oy davomida sutkada 2-6 kapsuladan qabul qilish tavsiya qilinadi. Kurs yiliga ikki marta kuzgi-qishki va ayniqsa bahorgi mavsumda takrorlanadi.
Tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas.
Buyrak faoliyatining buzilishi bo‘lgani patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan reaktsiyalar: reflyuks yoki baliq hidi bilan kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya yoki qabziyat. Gipertriglitseridemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda – jigar transaminazalarining faolligini o‘rtacha oshishi.
Dermatologik reaktsiyalar: kam hollarda – ekzema, akne.
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- ekzogen gipertriglitseridemiya (giperxilomikronemiya) (Fredrikson bo‘yicha I tur);- surunkali xoletsistit, pankreatit, gepatobiliar tizim kasalliklarining zo‘rayishi;
- o‘t-tosh kasalligi;
- gemorragik sindrom;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dori vositasi peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketish vaqtining oshishini xavfi oshadi.
Preparatni varfarin bilan birga buyurilishi hech qanday gemorragik asoratlarga olib kelmaydi. Biroq qabul qilish davrida va u tugaganidan keyin protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.
Gipertriglitseridemiyani davolashda fibratlar bilan birga qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Antikoagulyant davolashda bo‘lgan patsiyentlar Omega-3-LIK ni qabul qilish davrida doimiy shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, zarurati tug‘ilganida antikoagulyantning dozasiga muvofiq tuzatish kiritish kerak.Jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda jigar faoliyatini muntazam monitoringi (AST va ALT faolligini aniqlash) kerak.
Endogen gipertriglitseridemiyada preparat davolovchi oziqlanishga qo‘shimcha sifatida, faqat agar parhez chora-tadbirlari muvofiq reaktsiya uchun yetarli bo‘lmaganida qabul qilinadi. Ikkilamchi endogen gipertriglitseridemiyada (ayniqsa nazorat qilib bo‘lmaydigan diabetda) dori vositasini qo‘llash tajribasi cheklangan.
Jarohatlarda va jarrohlik operatsiyalarida (qon ketishi vaqtini oshishi xavfi tufayli), keksa yoshdagi patsiyentlarga (70 yoshdan oshgan), shuningdek 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Polivitamin majmualar va A va D vitaminlarini saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Dori vositasini qabul qilish davrida sutkalik ratsionda o‘simlik moyining miqdorini 10-20 g gacha kamaytirish tavsiya qilinadi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya ta'sirlarning ko‘rinishlari yoki ularning yaqqolligini kuchayishi.Davolash: simptomatik, preparatni bekor qilish.
Chiqarilish shakli
Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur-uyali o‘ramda (blisterda), 5 blisterdan qutida.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ,O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy. tel.: (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.