Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Latren infuziya uchun eritma 0,5mg/ml 200ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пентоксифиллин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,5 мг/мл
Производитель
Юрия Фарм, ООО, Украина произведено: Shenyang Sunshine Pharmaceutical Co. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Trombotsitlar agregatsiyasining ingibitorlari bilan potentsial additiv samarasi
Preparatning savdo nomi
Latren
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) pentoksifillin
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,5 mg pentoksifillin;
yordamchi moddalar natriy xloridi, kaliy xloridi, kaltsiy xloridi, natriy laktati eritmasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Pereferik vazodilyatatorlar. Purin hosilalari.
ATX kodi S04AD03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Pentoksifillin metilksantinning hosilasi hisoblanadi. Pentoksifillinning ta'sir mexanizmi fosfodiesterazani susayishi va qon tomirlarning silliq mushak hujayralarida, shuningdek boshqa to‘qima va a'zolarda 3,5-AMF ni to‘planishi bilan bog‘laydilar. Pentoksifillin trombotsitlar va eritrotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi, ularning egiluvchanligini oshiradi, qon plazmasida oshgan fibrinogen kontsentratsiyasini kamaytiradi va fibrinolizni kuchaytiradi, bu qonning qovushqoqligini kamaytiradi va uning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Bundan tashqari, pentoksifillin miotrop tomirlarni kuchsiz kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, umumiy periferik tomirlar qarshiligini biroz kamaytiradi va ijobiy inotrop samara ko‘rsatadi. Pentoksifillinni qo‘llash oqibatida hammadan asosan qo‘l va oyoqlarda, markaziy nerv tizimida, kamroq – buyraklarda mikrotsirkulyatsiyani va to‘qimalarni, kislorod bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Pereparat koronar tomirlarni biroz kengaytiradi.
Farmakokinetikasi
Asosiy farmakologik faol metoboliti 1–(5–gidroksigeksil)-3,7–dimetil ksantin (metabolit I) –fon kontsentratsiyasida o‘zgarmagan moddaning kontsentratsiyasidan 2 marta oshadigan kontsentratsiyada aniqlanadi va qaytuvchan bioximik muvozanat holatida bo‘ladi. Shu tufayli pentoksifillin va uning metobolitini butun faol kabi ko‘rish lozim. Pentoksifillinni yarim chiqarilish davri 1,6 soatni tashkil qiladi.
Pentoksifillin to‘liq metabollanadi, 90% dan ko‘prog‘i kon'yugirlanmagan suvda eruvchi polyar metabolitlar holida buyraklar orqali chiqariladi. Yuborilgan dozaning kamida 4% ahlat bilan chiqariladi. Buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda metabolitlarning chiqarilishi sekinlashadi. Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda pentoksifillinning yarim chiqarilish davri uzayishi aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Aterosklerotik entsefalopatiya; ishemik serebral insult; distsirkulyator entsefalopatiya, ateroskleroz, qandli diabet (jumladan diabetik angiopatiya), yallig‘lanish; venalarni shikastlanishi yoki mikrotsirkulyatsiyani buzilishi yoki periferik qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarda trofik o‘zgarishlar (posttromboflebit sindromi, trofik yaralar, gangrena, sovuq urishi) obleteratsiyalovchi endarteriit; angioneyropatiyalar (Reyno kasalligi), ko‘zda qon aylanishini buzilishi (ko‘zning to‘r pardasida va tomirli pardasida qon aylanishini nim o‘tkir, o‘tkir, surunkali yetishmovchiligi), eshitishni pasayishi bilan kechuvchi ichki quloqning qon tomiridagi o‘zgarishlar oqibatida faoliyatini buzilishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga infuziyalari preparatni parenteral yuborishning eng samarali hisoblanadi va ular yaxshi o‘zlashtiriladi.
Dozalash tartibi
shifokor tomonidan aniqlanadi va qon aylanishi buzilishlarning og‘irlik darajasiga, tana vazniga va davolashni o‘zlashtiraolinishiga bog‘liqdir. Infuziyani faqat, agar eritma tiniq bo‘lgan holdagina o‘tkazish mumkin.
Kattalarga quyidagi davolash sxemasi tavsiya etiladi
1. Vena ichi infuziyasi 100–600 mg pentoksifillin sutkada 1-2 marta. Vena ichi tomchi infuziyasi davomiyligi 60–360 minutni tashkil qiladi, bunda 100 mg pentoksifilinni yuborish kamida 60 minutga davom etishi lozim.
2. Patsiyentning holati og‘ir bo‘lganida (asosan, gangrena yoki trofik yaralarda doimiy og‘riqlar) pentoksifillin infuziya ko‘rinishida yuborishni 24 soat davomida o‘tkazish mumkin. Quyidagi yuborish sxemasida dozani soatiga 0,6 mg/kg hisobidan aniqlanadi. Quyidagi shaklda hisoblanganida tana vazni 70 kg bo‘lgan patsiyent uchun sutkalik doza 1000 mg ni tashkil qiladi, tana vazni 80 kg bo‘lgan patsiyent uchun – 1150 mg. Patsiyentning tana vaznidan qat'iy nazar, maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil qiladi. Infuzion eritmaning xajmi yondosh kasalliklarni hisobga olgan xolda, patsiyentning holatiga qarab, shaxsiy ravishda hisoblanadi va sutkada o‘rtacha 1–1,5 l ni tashkil qiladi. Parenteral davolash kursining davomiyligi davolash o‘tkazayotgan shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida klinik tekshiruvlar natijasida va postmarketing davrda kuzatilgan nojo‘ya ta'sirlar keltirilgan. Yuzaga kelish chastotasi ma'lum emas.
A'zolar tizimi
Nojщya ta'sirlari
Laborator ko‘rsatkichlari
transaminazalar darajasini oshishi
Yurak faoliyatitomonidan
aritmiya, taxikardiya, stenokardiya, arterial bosimni tushib ketishi, arterial ыon bsimini oshib ketishi.
Qon yaratish va limfatik tizim faoliyatini buzilishi
trombotsitopeniya bilan kechuvchi trombotsitopenik purpura va aplastik anemiya (barcha qon hujayralarini hosil bo‘lishini qisman yoki to‘liq to‘xtashi, pantsitopeniya), bu o‘limga olib kelishi mumkin, leykopeniya/neytropeniya
Asab tizimi tomonidan
bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, aseptik meningit, tremor, paresteziyalar, tirishishlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Oshыozon-ichakdagi buzilishlar, oshqozonda bosim hissi, qorin dam bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, ich qotishi, gipersalivatsiya
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
qichishish, terini qizarishi va eshakemi, toksik epidermal nekroliz va Stivens–Djonson sindromi,
Qon tomir tizimi faoliyatini buzilishi
qizib ketish hissi (qon quyilishi), qon ketishi, periferik shish.
Immun tizimi tomonidan
anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm va anafilaktik shok.
Jigar va o‘t–chiqarish yo‘llari tomonidan
jigar ichi xolestazi.
Ruhiy buzilishlar
qo‘zg‘alish va uyquni buzilishi, gallyutsinatsiyalar
Ko‘rish a'zolari tomonidan
ko‘rishni buzilishi, kon'yunktivit, to‘r pardaga qon quyilishi, to‘r pardani ko‘chishi.
Boshqalar
gipoglikemiya, kuchli terlash, tana haroratini ko‘tarilishini, ro‘y berish hollari haqida xabar berilgan, et uvishishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Latrenni qo‘llash mumkin emas
Pentoksifillinga va preparatning boshqa komponentlariga yoki metilksantin hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
Massiv qon ketish bo‘lgan bemorlarga (qon ketish xavfini oshiradi);
Ko‘zning to‘r pardasiga, ko‘p qon quyilishi, miyaga qon quyilishi (qon ketishini kuchayishi xavfi). Agar pentoksifillin bilan davolash vaqtida ko‘z to‘r pardasiga qon quyilsa, dori vositasini qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatish zarur;
Miokard infarkti o‘tkir davri;
Me'da yarasi va/yoki ichak yaralari;
Gemorragik diatezli patsiyentlar;
Homiladorlik va laktatsiya davri.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Insulinga yoki diabetga qarshi peroral vositalar qand darajasini kamaytirish samarasini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun, qandli diabetda midikamentoz davo olayotgan patsiyentlar sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari lozim.
Pentoksifillin va K antivitaminlari bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlarda antikoagulyant faolligining oshishi haqida postmarketing davrida xabar berilgan. Pentoksifillin buyurilganida yoki dozalash o‘zgarganida ushbu guruh patsiyentlarida antikoagulyant faollikning nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi. Pentoksifillin gipertenziyaga qarshi vositalarni va arterial bosimni kamaytirishni chaqiruvchi boshqa preparatlarni gipotenziv ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Pentoksifillin va teofillinni bir vaqtda qo‘llanishi ayrim patsiyentlarda qonda teofillin darajasini o‘sishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli teofilinning nojo‘ya reaktsiyalarini tez – tezligini oshishi va kelib chiqishi kuchayishi mumkin.
Ba'zi patsiyentlarda siprofloksatsin bilan birga qo‘llanilganda qon zardobida pentoksifillin kontsentratsiyasini ko‘payshiga olib kelishi mumkin. Natijada preparatlarni birga qo‘llanilganda nojo‘ya ta'sirlarining oshib ketishi kuzatilishi mumkin.
Trombotsitlar agregatsiyasining ingibitorlari bilan potentsial additiv samarasi
Trombotsitlar agregatsiyasining ingibitorlari (masalan, klopidogrel, eptifibatid, tirofiban, epoprestenol, iloprost, abtsiksimaba, anagrelid, YaQNV, SOG-2 selektiv ingibitorlaridan tashqari, atsetilsalitsilatlar [ASK/LAS], tiklopidin, dipiridamol)bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon ketishi xavfini oshishi sababli ularni pentoksifillin bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Simitidin bilan bir vaqtda qo‘llashpentoksifillinniva uningI metabolitini qon plazmasida oshishiga olib kelishi mumkin.
Nomutanosibligi. Preparatni bitta hajmda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalarni rivojlanishini ilk belgilarida preparat bilan davolashni darhol to‘xtatish va yordam olish uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat qo‘llagan hollarda avval qon aylanishini kompensatsiya bosqichiga erishish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan va insulin yoki peroral diabetga qarshi vositalar bilan davolanayotgan bemorlarda, preparatning yuqori dozalari qo‘llanganda, ushbu preparatlarning qondagi qand darajasiga ta'siri kuchayishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qaralsin). Bunday hollarda insulinni yoki peroral diabetga qarshi vositalarini dozasini kamaytirish lozim va ayniqsa patsiyentni yaxshilab parvarish qilish kerak. Tizimli qizil yugurigi (TQYu) bo‘lgan yoki biriktiruvchi to‘qimaning boshqa kasalliklari bo‘lgan bemorlarga pentoksifillinni faqat xavf va foydani sinchkov taxlil qilgandan so‘ng buyurish mumkin. Chunki pentoksifillin bilan davolash vaqtida aplastik anemiyani rivojlanish xavfi mavjud, qonning umumiy taxlilini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish zarur.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi minutiga 30 ml/dan kam bo‘lgan) yoki jigarning og‘ir disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda pentoksifillinni chiqarilishi sekinlashishi mumkin. Sinchkov monitoring o‘tkazish lozim.
Ayniqsa quyidagilarda diqqat bilan kuzatuv o‘tkazish lozim
og‘ir yurak aritmiyalari bo‘lgan patsiyentlar;
arterial gipotenziyasi bo‘lgan patsiyentlar;
miya va koronar tomirlarning yaqqol aterosklerozi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa arterial gipertenziyasi va yurak ritmini buzilishlari birga kechayotganida. Bunday patsiyentlarda preparatni qabul qilganda stenokardiya xurujlari, aritmiyalar va arterial gipertenziya bo‘lishi mumkin.
buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam);
og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda;
antikoagulyantlar bilan davolanish yoki qon ivishini buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan, qon ketishlarga yuqori moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda. Qon ketishlari yuzasidan – “
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qaralsin;
yaqin orada jarrohlik amaliyotini kechirgan patsiyentlar (qon ketish xavfini oshishi, shuning uchun gemoglobin va gematokritko‘rsatkichlarini nazorat qilib turish zarur);
arterial bosimni pasayishi yuqori xavfni tug‘diruvchi patsiyentlar (masalan, og‘ir yurak ishemik kasalligi yoki miyaga qon yetkazib beruvchi tomirlar stenozi bo‘lgan patsiyentlarda).
pentoksifillin va K antivitaminlari bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlar (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qaralsin).
pentoksifillin va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlar (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qaralsin).
pentoksifillin va siprofloksatsin bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlar (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qaralsin).
pentoksifillin va teofillin bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlar (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qaralsin).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homilador ayollarda qo‘llash tajribasi yetarli emas. Shuning uchun homiladorlik davrida Latrenni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Emizish davrida
Pentoksifillin ko‘krak sutiga kam miqdorda o‘tadi. Latren bilan davolanish tavsiya etilsa, emizishni to‘xtatish zarur.
Bolalar.
Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat statsionar sharoitda qo‘llanganligi sababli, bunday ta'sirlar xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Pentoksifillinni dozasini o‘tkir oshirib yuborishning boshlang‘ich belgilari bo‘lib, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi yoki arterial bosimni pasayishi hisoblanadi. Undan tashqari isitma, qo‘zg‘alish, issiqlik hissi (issiqlik quyilishi) taxikardiya,hushdan ketish, gipertermiya, arefleksiya, aritmiya, tonik-klonik tirishishlar, me'da – ichakdan qon ketishi belgisi bo‘lgan “qon quyqasi” dek qayt qilish, Davolash Dozani o‘tkir oshirib yuborishni davolash va asoratlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida umumiy va maxsus intensiv tibbiy kuzatuv va davolash chora tadbirlarini o‘tkazish zarur.
Chiqarilish shakli
200 ml dan eritma shisha butilkalarda.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Yuriya–Farm” MChJ
Ukraina, 18030, Cherkassы shahri, Verbovetskogo ko‘ch, 108.
Tel./faks (0472) 43-63-16, 43-23-75
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.