Memantal' tabletkalar 10mg №30
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Memantal' tabletkalar 10mg №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Memantal'Ta'sir etuvchi modda (XPN): memantin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarTarkibi
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: memantin gidroxloridi 10,0 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, tal'k, kolloid keremniy dioksidi, magniy stearati;
qobiq tarkibi — oq Opadray (laktoza monogidrati, gipromelloza, titan dioksidi, makrogol-4000).
Ta'rifi
dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida keng riskali va boshqa tomonida "M9MN" va “10” markirovkali tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
dementsiyani davolash uchun boshqa preparatlar.ATX kodi: NO6DX01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Adamantadin xosilasi. N-metil-D-aspartat-(NMDA)-retseptorlarning raqobatsiz antagonisti hisoblanadi, glutamatergik tizimiga modulyatsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ionlarning tashilishini boshqaradi, kal'tsiy kanallarini bloklaydi, membrana potentsialini normallashtiradi, nerv impul'sining o‘tkazilish jarayonini yaxshilaydi. Kognitiv jarayonlarni yaxshilaydi, kundalik faollikni oshiradi.Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin memantin me'da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi.Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 2-6 soat davomida erishiladi.
Buyrakning normal funktsiyasida memantinning kumulyatsiyasi aniqlanmagan.
Preparatning chiqarilishi ikki fazali. Yarim chiqarilish davri birinchi fazada o‘rtacha 4-9 soatni, ikkinchi fazada — 40-65 soatni tashkil qiladi. Memantinning taxminan 80% o‘zgarmagan holda chiqariladi. Metabolitlari o‘zining farmakologik faolligiga ega emas. Siydik bilan chiqariladi. Siydikning ishqoriy reaktsiyasida chiqarilishi sekinlashadi.
Qo‘llanilishi
O‘rtacha va og‘ir darajali al'tsgeymer turli dementsiyani davolashda qo‘llaniladi.Qo‘llash usuli va dozalari
Davolash Al'tsgeymer kasalligidagi dementsiyani diagnostikasi va davolash masalalarida tajribaga ega bo‘lgan shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Davolashni faqat, agar patsiyentni muntazam parvarish qilayotgan shaxs, patsiyent tomonidan dori preparatini qabul qilinishini kuzatgan holda boshlash kerak. Tashxis amaldagi tavsiyalarga muvofiq qo‘yilishi kerak.Preparatning o‘zlashtirilishi va dozasini davolash boshlanganidan keyin asosan uch oy davomida muntazam baholash kerak. So‘ngra dori preparatining klinik samaradorligini va amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq davolashning o‘zlashtirilishini muntazam baholash kerak. Terapevtik samara bo‘lganda va preparatni yaxshi o‘zlashtirilishida, tutib turuvchi davolashni belgilanmagan uzoq muddat davom ettirish mumkin. Agar terapevtik samara boshqa kuzatilmasa yoki agar patsiyent davolashni ko‘taraolmasa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Preparat ichga, kuniga bir marta, xamma vaqt bir vaqtda, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilinadi. Dozalash tartibi individual ravishda belgilanadi. Davolishni minimal samarali dozani buyurishdan boshlash tavsiya etiladi.
Davolashni 1-nchi xaftasi davomida (1-7 kunlari) preparat sutkada 5 mg dozada, 2-nchi xafta davomida (8-14 kunlari) – sutkada 10 mg dozada, 3-nchi xafta davomida (15-21 kunlari) — sutkada 15 mg dozada, 4-nchi xafta davomida (22-28 kunlari) – sutkada 20 mg dozada buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 20 mg.
65 yoshdan katta patsiyentlarda, shuningdek KK minutiga 50-80 ml bo‘lgan bemorlarda, dozani to‘g‘irlash talab etilmaydi. O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30-49 ml) bemorlar uchun sutkalik doza 10 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik, 7 xafta davomida preparatni yaxshi o‘zlashtirilishida, standart sxema bo‘yicha dozani 20 mg gacha oshirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalarning paydo bo‘lish tez-tezligi quyidagi tarzda tasniflanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha), juda kam hollarda (≤ 1/10000), tez-tezligi noma'lum (xozirgi vaqtda nojo‘ya reaktsdiyalarning tarqalganligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q).
Infektsion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas – zamburug‘li infektsiyalar.
Immun tizimi tomonidan: tez-tez – memantin yoki preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Ruxiyatni buzilishi: tez-tez emas — ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar (asosan, Al'tsgeymer kasalligining og‘ir shakli bo‘lgan patsiyentlarda); tez-tezligi noma'lum - ruhiy reaktsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez — bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, bosh aylanishi, muvozanatni buzilishi; tez-tez emas — yurishni buzilishi; juda kam hollarda – tirishishlar, tutqanoq xurujlari.
Yurak tomonidan: tez-tez – yurak yetishmovchiligi, yurak nuqsonlari.
Qon-tomirlar tomonidan: tez-tez – arterial bosimni oshishi, venoz tromboz va/yoki tromboemboliya.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan: tez-tez — xansirash.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez — qabziyat; kam — ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tezligi noma'lum – pankereatit.
Jigar va o‘t-safro chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez — jigarning funktsional sinamalarini buzilishi.
Boshqalar: tez-tez emas – charchoqlik, umumiy holsizlik kuzatilishi mumkin.
Al'tsgeymer kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda postmarketing tekshirishlarda depressiya, suitsidal fikrlar va suitsid hollari qayd etilgan.
Postmarketing davrda quyidagi noxush reaktsiyalar xaqida xabar berilgan: agranulotsitoz, leykopeniya (jumladan neytropeniya), pantsitopeniya, trombotsitopeniya, trombotsitopenik purpura, gepatit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, Stivens-Djonson sindromi kuzatilishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Levodopa preparatlari, dofamin retseptorlarining antagonistlari, m-xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, oxirgilarning ta'siri kuchayishi mumkin.
Barbituratlar va neyroleptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, oxirgilarning ta'siri kamayishi mumkin.
Birga qo‘llanganda dantrolen yoki baklofenning ta'sirini o‘zgartirishi (kuchaytirishi yoki susaytirishi) mumkin, shuning uchun preparatlarning dozalarini shaxsiy tanlash kerak.
Amantadin, ketamin, fenitoin va dekstrometorfan bilan, psixoz rivojlanishi xavfini oshishi tufayli, bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Memantin bilan birga qabul qilganda qon plazmasida simetidin, ranitidin, prokainamid, xinidin, xinin va nikotikning kontsentratsiyalari oshishi mumkin.
Memantin bilan birga qo‘llanganda gidroxlortiazidning darajasi pasayishi mumkin.
Memantin gidroxlortiazidning chiqarilishini oshirish qobilyatiga ega.
Peroral antikoagulyantlarni (varfarin) qabul qilayotgan patsiyentlarda, XNN (xalqaro normallashtirilgan nisbat) oshishi mumkin.
Antidepressantlar, serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlarini va monoaminooksidaza ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash, patsiyentlarni sinchiklab kuzatishni talab qiladi.
Memantin in vitro sharoitlarda SUR1A2, 2A6, 2S9, 2D6, 2E1, 3A izofermentlarni, flavin saqlovchi monooksidazani, epoksidgidrolazani yoki sulьfatlanishni ingibitsiya qilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan tireotoksikozi, tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarga, tirishishlar rivojlanishiga moyillik, MMRA-retseptorlarining antagonistlarini (amantadin, ketamin, dekstrometorfan) bir vaqtda qo‘llash, siydikning rN ni oshiruvchi omillarning bo‘lishi (parxezni keskin o‘zgartirish, ishqoriy me'da buferlarini ko‘p qabul qilish), buyrak naychalar atsidozi, siydik chiqarish yo‘llarining og‘ir infektsiyalari, anamnezdagi miokard infarkti, III-IV funktsional sinfi yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha), nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, buyrak va jigar yetishmovchiligida buyuriladi.Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda memantinni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Memantinni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llash kerak.
Memantinni ko‘krak sutiga o‘tishi xaqida ma'lumotlar yo‘q. Preparatning faol moddasining lipofilB strukturasini e'tiborga olib, memantinni ko‘krak sutiga o‘tishi mumkinligini taxmin qilish mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.
Transport vositalari va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri
Memantin reaktsiya tezligini o‘zgarishini chaqirishi mumkin, shuning uchun diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: bosh aylanishi, tremor, ajitatsiya, uyquchanlik, ongni chalkashishi, qo‘zg‘alish, stupor, psixoz, jizzakilik, gallyutsinatsiyalar, qusish, chayqalib yurish, diareya.Davolash: ma'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.
Maxsus antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg.10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va al'yumin fol'gali kontur-uyali o‘ramda.
3, 6 yoki 9 kontur-uyali o‘ramlar tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton kutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.Ishlab chiqaruvchi
Sinton Ispaniya S.L., K/Kastelьo, №1, Sant Boy de Lьobregat, 08830, Barselona —"FarmFirma "Soteks" YoAJ, Rossiya, 141345, Moskva viloyati, Sergiyev Posad, pos. Belikovo, uy 11.
Ro‘xatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
"FarmFirma "Soteks" YoAJ, Rossiya.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.