Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Relaksa in'ektsiya uchun eritma 4mg/2ml №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Турция
Дозировка
4 мг/2 мл 2 мл
Производитель
Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S. Турция
Форма выпуска
Раствор для внутривенных инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Relaksa
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tiokolxikozid
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
faol modda tiokolxikozid 4 mg;
yordamchi moddalar natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Markaziy ta'sirga ega miorelaksantlar.
ATX kodi M03VX05
Farmakologik xususiyatlari
Preparat tarkibida faol modda sifatida tiokolxikozidni tutadi. U tabiiy glikozid kolxikoziddan olinadigan yarim sintetik miorelaksant hisoblanadi. Gamma-aminomoy kislota (GAMK) va glitsin retseptorlariga nisbatan selektiv affinlikni namoyon qiladi, bu esa preparatni asab tizimining turli darajalarida ta'sir qilishini asoslaydi, ya'ni u ham mahalliy, ham markaziy kelib chiqishga ega spazmlarda ta'sir qiladi.
Tiokolxikozid kuraresimon ta'sir ko‘rsatmaydi, falajlikka olib kelmaydi, yurak-tomir va nafas tizimlariga ta'sir ko‘rsatmadi.
Farmakokinetikasi
Tiokolxikozid mushak orasiga yuborilgandan so‘ng tez so‘riladi va qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 15-45 minutdan keyin erishiladi. Tiokolxikozidning 4 mg dozada bir marotabali mushak orasiga yuboriladigan in'ektsiyasidan so‘ng qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 61 ng/ml ni tashkil etadi.
Qon plazmasi oqsillari (asosan albumin) bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil etadi. U organizm mushaklari va to‘qimalar suyuqliklarida tez tarqaladi. Mushak ichiga 4 mg tiokolxikozid yuborilganidan so‘ng tarqalish hajmi 76 l ni tashkil etadi.
Qon plazmasidan yarim chiqarilish vaqti 2,5 soatdan 5 soatgacha yetadi. Qabul qilingan dozaning 20 foizi siydik bilan o‘zgarmagan metabolitlar ko‘rinishida, 75-81% esa safro ajratuvchi tizim tomonidan najas orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Og‘riqli mushak spazmlarini simptomatik davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Shifokor tomonidan boshqa yo‘l-yo‘riq belgilanmagan bo‘lsa, tiokolxikozidning mushak ichiga yuboriladigan odatiy dozasi 4 mg (1 ta ampula) dan kuniga 2 mahalni tashkil qiladi. Preparatning in'ektsion shakli bilan davolanishning tavsiya etilgan muddati – 3-5 kun. Davolashni davom ettirish zarurati bo‘lganda tiokolxikozidning og‘iz orqali qabul qilinadigan shaklini sutkalik miqdori 16 mg ga teng ravishda 5-7 kunga tavsiya etish mumkin. Fizioterapevtik muolajalarga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida mushaklarning bo‘shashish davri mushaklar ichiga yuborilgan in'ektsiyadan so‘ng 30-40 daqiqani tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mushaklar ichiga kiritilgandan so‘ng quyidagi nojo‘ya ta'sirlar vujudga kelishi mumkin
Uchrash sonini ta'riflash uchun guruhlar nomlanishi rasmiy tildagi standart atamalarga mos kelishi kerak va quyidagi shartli atamalar qo‘llaniladi juda ko‘p (≥1/10); ko‘p (≥1/100 dan <1/10 gacha); ko‘p emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha); kam (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha); juda kam (<1/10,000) noma'lum (ma'lumotlar mavjud emasligi sababli baholashning imkoniyati yo‘q).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar kam qichish, eshakemi, anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan, angionevrotik shish; juda kam anafilaktik shok.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar kam uyquchanlik, ong xiralashuvidan qo‘zg‘alishgacha o‘tish.
Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar kam gipotenziya.
Me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlar kam ich ketishi, gastrodiniya, qusish.
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar kam teri allergik reaktsiyalari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- tiokolxikozid yoki kolxitsinlarga nisbatan o‘ta sezuvchanlik;
- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- mushaklar gipotoniyasi va bo‘shashgan falajlik;
- bemorning qon quyilishiga moyilligi yoki antikoagulyant vositalar qabul qilinishi;
- homiladorlik va emizikli davr.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri to‘g‘risida ma'lumot mavjud emas. Ammo boshqa miorelaksantlar bilan bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Markaziy asab tizimiga ezuvchi ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa vositalar bilan bir vaqtda qabul qilganda, shu jumladan, spirtli ichimliklar, antigipertenziv vositalar, kuraresimon preparatlar bilan qabul qilganda miorelaksatsiya va markaziy asab tizimining ezilishi kuchayishi mumkin, gipotoniya rivojlanishi mumkin.
Tiokolxikozid nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, fenilbutazon, analgetiklar va nevritni davolash uchun preparatlar, anabolik steroidlar, sedativ vositalar, barbituratlar va suktsinilxolin bilan birga samarali va xavfsiz qabul qilinishi mumkin.
Tiokolxikozidni antikoagulyant vositalar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki qon quyilishi xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tiokolxikozidni bolalarda qo‘llanishi man etiladi.
Tiokolxikozid epilepsiya bilan kasal yoki epilepsiya xuruji xavfi bor bemorlarda epilepsiya xurujini qo‘zg‘atishi mumkin.
Mazkur dori vositasida natriyning mavjudligi bitta dozaga 1 mmol (23 mg) dan kam, shuning uchun uni “natriysiz” deb atash mumkin.
Jigar vazifasi buzilgan taqdirda dozani o‘zgartirish talab etilmaydi, chunki preparat jigarda metabolizmga uchramaydi. Buyraklar vazifalari buzilgan taqdirda preparat past dozada tavsiya etilishi kerak.
Homiladorlik va emizikli davr
Homiladorlik davrida tiokolxikozid qo‘llanilishini baholash uchun ma'lumotlar mavjud emas, shuning uchun homiladorlik davrida relaksa qo‘llanilishi man etiladi.
Tiokolxikozid ko‘krak sutiga ajraladi, shuning uchun emizikli davrida uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositasini boshqarish va turli mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositasini boshqarish va turli mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas. Klinik tadqiqotlar natijalari tiokolxikozidni psixomotor ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmasligini ko‘rsatdi. Shunga qaramasdan, kamdan kam vaziyatlarda u uyquchanlikni qo‘zg‘atishi mumkin. Transport vositasini boshqarish va turli mexanizmlardan foydalanish vaqtida ehtiyot bo‘lish kerak. Mehnati tez psixologik va jismoniy reaktsiyani talab etadigan shaxslarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Tiokolxikozidni qo‘llagan bemorlarda dozani oshirib yuborish bilan bog‘liq aniq belgilar kuzatilmagan.
Davolash dozani oshirib yuborish holatlarida bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishva simptomatik davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
«Relaksa», 4 mg/2 ml, mushak ichiga in'ektsiya uchun eritma, №6, ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Idol İlaç Dolum Sanayii Ve Ticaret A.Ş.", Turkiya
Qadoqdangan
MChJ "NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch, 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.