Tanakan tab. 40mg №30
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Tanakan tab. 40mg №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Tanakan® EGb761Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: 40 mg 24% ginkgo glikozidlari va 6% ginkgolidlar-bilobalidlar saqlovchi standartlangan ginkgo biloba ekstrakti (EGb 761), yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy, tal'k, magniy stearati.
Qobiq tarkibi: makrogol 400, gipromeloza, makrogol 6000, titan dioksidi (E171), temir III oksidi (E172).
Ta'rifi
Ikki tomoni qavariq shaklli, dumaloq, qizg‘ish rangli qobiq bilan qoplangan, sindirilganda – to‘q sariq rangli tabletkalar. Hidi o‘ziga xos.Farmakoterapevtik guruhi
dementsiyalarni davolash uchun boshqa preparatlar.ATX kodi: N06DX02
Farmakologik xususiyatlari
Xujayralardagi moddalar almashinuvi jarayonlari, qonning reologik xususiyatlari va mikrotsirkulyatsiya, shuningdek qon tomirlarning vazomotor reaktsiyalariga ta'sir qiluvchi o‘simlik preparati.Preparat bosh miya qon aylanishini va bosh miyaning kislorod va glyukoza bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Barcha qon tomirlar tizimiga: arteriyalar, venalar, kapillyarlarga qon tomirlarni boshqaruvchi ta'sirga ega.
Qon oqimini yaxshilanishiga yordam beradi, eritrotsitlarning agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi (anti – sludge effect).
Trombotsitlarni faollashish omiliga (anti – PAF effect) tormozlovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Metabolik jarayonlarni normallashtiradi, to‘qimalarga antigipoksik ta'sir ko‘rsatadi.
Erkin radikallarning hosil bo‘lishiga va hujayra membranalari lipidlarining perekisli oksidlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Bosh miya darajasida ham, periferiyada ham yaqqol shishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Neyromediatorlarni (noradrenalin, dopamin, atsetilxolinni) ajralib chiqishiga, qayta qamrab olinishiga va katabolizmiga va ularning membrana retseptorlari bilan bog‘lanish qobiliyatiga ta'sir qiladi.
Qo‘llanilishi
- turli genezli kognitiv va neyrosensor tanqislik (Altsgeymer kasalligi va turli etiologiyali dementsiyalardan tashqari);- oyoqlarning surunkali obliterirlovchi arteriopatiyalaridagi o‘zgarib turuvchi cho‘loqlik (Fonteyn bo‘yicha 2 daraja);
- tomir genezli ko‘rishni buzilishlari, uning o‘tkirligini pasayishi;
- eshitishni buzilishi, quloqlarda jaranglash, asosan tomir genezli bosh aylanishi va koordinatsiyani buzilishi;
- Reyno kasalligi va sindromida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1 tabletkadan sutkada 3 marta ovqatlanish vaqtida, ½ stakan suv bilan birga buyuriladi.Davolashning davomiyligi 1 oydan 3 oygacha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda
- ovqat hazm bo‘lishini buzilishlari;
- teri allergik reaktsiyalari;
- bosh og‘riqlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;- homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Holatning yaxshilanishini birinchi belgilari davolash boshlanganidan keyin 1 oy o‘tgach namoyon bo‘ladi.Preparat laktoza saqlashi tufayli, tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktozaning mal'absorbtsiya sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda qo‘llash mumkin emas. Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir etish hususiyati
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari noma'lum.Chiqarilish shakli
15 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 yoki6 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
4 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
Bofur Ipsen Indastri, FransiyaBeaufour Ipsen Industrie –
28100 Dreux (France)
Qayd etish guvohnoma egasining nomi va mamlakati
Ipsen Pharma SAS, Frantsiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
100179, Toshkent sh., Olmazor tumani, Chimboy Mavzesi 5 A,
Tel.: +99871 229 27 09.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.