Panangin infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat 10ml №5
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Panangin infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat 10ml №5
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
PananginTa'sir etuvchi moddalar (XPN): kaliy asparaginati, magniy asparaginati.
Dori shakli
infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentratTarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 452 mg kaliy asparginati (103,23 mg kaliyga muvofiq keladi) va 400 mg magniy asparginati (33,7 mg magniyga muvofiq keladi). yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 10 ml gacha.
Ta'rifi
tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli eritma.Farmakoterapevtik guruhi
Mineral preparatlar.ATX kodi: A12SS55.
Farmakologik xususiyatlari
Kaliy va magniy ionlari muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator fermentlarning ishiga, makromolekulalarni subtsellyulyar elementlari bilan bog‘lanish jarayoniga va molekulyar darajadagi mushak qisqarishi mexanizmiga kirishadi. Kaliy, kaltsiy, natriy va magniy ionlarining xujayra ichidagi va tashqarisidagi kontsentratsiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatadi. Asparaginat endogen modda sifatida kaliy va magniy ionlarining tashuvchisidir; hujayralarga yuqori affinitetga ega, uning tuzlari ahamiyatsiz darajada dissotsiatsiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo‘shliqqa kompleks birikmalar ko‘rinishida kiradi. Kaliy va magniy asparaginati yurak mushaklari metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy va magniyni organizmga tushishini yetishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar tomirlarning sklerotik turi patologiyasini, yurak ritmini buzilishlarini, miokardning degeneratsiyasini rivojlanishiga yordam beradi.A'zo va to‘qimalarga bir tekis taqsimlanadi. Qon plazmasida kalьtsiy ionlashgan shaklda bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga o‘tadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Yetarli klinik tajribalar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (yurak yetishmovchiligida, infarktdan keyingi davrda), yurak ritmining buzilishlarida, eng avvalo ventrikulyar aritmiyalarda qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.Preparatni angishvonagul preparatlari bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Bu maqsadda 1-2 ampulaning ichidagisi 5% li glyukoza eritmasida suyultirib, vena ichiga sekin, tomchilab yuboriladi. Zarurati bo‘lganida doza 4-6 soatdan keyin takrorlanishi mumkin.Preparat majmuaviy davolash uchun yaroqli.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat tez yuborilganda giperkaliyemiya/gipermagniyemiyaning simptomlarini paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, Addison kasalligi, III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shokda (AB<90 mm. sim. ust.) qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kaliy tejovchi diuretiklar va/yoki AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish giperkaliyemiyani rivojlanish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tez yuborish yuzning giperemiyasini chaqirishi mumkin.Preparatni giperkaliyemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu toifa patsiyentlarda qonda ionlar darajasini muntazam tekshirish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya. Hozirgi vaqtgacha preparat bu toifa patsiyentlarda qo‘llanganida qanday bo‘lmasin xavf paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilmagan.
Preparatni transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Preparat transportni haydashga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish hollari ta'riflanmagan. Doza oshirib yuborilganda giperkaliyemiya/gipermagniyemiyaning simptomlarining paydo bo‘lishini xavfi oshadi.Giperkaliyemiyaning simptomlari: toliqish, miasteniya, paresteziyalar, ongni chalkashishi, yurak funktsiyasini buzilishlari (bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, aritmiyalar, yurakni to‘xtab qolishi).
Gipermagniyemiyaning simptomlari: nerv mushak qo‘zg‘aluvchanligini pasayishi, qusishga qistovlar, qusish, letargiya, AB ni pasayishi. Qonda magniy ionining kontsentratsiyasi keskin oshganida: chuqur paylar reflekslarini susayishi, nafasni falaji, koma.
Doza oshirib yuborilgan hollarda Papangin bilan davolashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish (vena ichiga kalьtsiy xloridini 100 mg/min dozada yuborish, zarurat bo‘lganida gemodializni buyurish) kerak.
Chiqarilish shakli
Infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat 10 ml.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsepti bo‘yicha.Ishlab chiqarilgan
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manziliGedeon Rixter, OAO, Vengriya
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.