Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аtorfit plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 20 mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аторвастатин
Страна производитель
Индия
Производитель
Ajanta Pharma Limited
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Atorfit-10, Atorfit-20
Ta'sir etuvchi modda (XPN) atorvastatin kaltsiy
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda atorvastatin kaltsiy 10 mg / 20 mg atorvastatinga ekvivalent
yordamchi moddalar laktoza BF, mikrokristall selllyuloza BF, natriy kraxmal glikolyati BF. natriy laurilsulfati BF, gidroksipropiltsellyuloza BF, polisorbat 80 BF, natriy glikolat kraxmali BF, magniy stearati VS, oq vinkoat WT 2009 BF.
Ta'rifi oq, dumaloq, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gipolipidemik vosita.
ATX kodi S10AA05
Farmakologik xususiyatlari
Atorfit qonda lipidlar darajasini pasaytiruvchi dori preparatlari guruhiga mansub.
Farmakodinamika
si
Atorvastatin 3-gidroksi-3-metilglyutarilkoenzim A ni sterollarning, shu jumladan xolesterinning prekursori - mevalonatga aylanishiga mas'ul ferment - GMG-KoA reduktazaning selektiv raqobatli ingibitoridir. Jigarda triglitseridlar va xolesterin JPZLP lipoproteinlar (juda past zichlikdagi lipoproteinlar) tarkibiga kiradi va periferik to‘qimalarga tashilish maqsadida qon plazmasiga tushadi. Juda past zichlikdagi lipoproteinlardan hosil bo‘ladigan past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP), asosan past zichlikdagi lipoproteinlarning yuqori affin retseptorlari bilan o‘zaro ta'sir qilib katabolizmga uchraydi.
Atorvastatin jigarda GMG-KoA reduktaza faolligini va xolesterin sintezini ingibitsiya qilib, qon plazmasida xolesterin va lipoproteinlarning miqdorini kamaytiradi. Atorvastatin shuningdek gepatotsitlarning xujayra yuzasida PZLP retseptorlarining sonini oshiradi, bu PZLP larning qamrab olinishi va katabolizmini kuchayishiga olib keladi.
Atorvastatin PZLP hosil bo‘lishi va PZLP zarrachalarining sonini kamaytiradi. U PZLP retseptorlarining faolligini yaqqol va barqaror oshishini chaqiradi, shuningdek qonda aylanayotgan PZLP ning sifatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Atorvastatin, odatda boshqa gipolipidemik preparatlar bilan davolab bo‘lmaydigan oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda xolesterin/PZLP darajasini samarali pasaytiradi.
PZLP xolesterini va apolipoprotein V ning kontsentratsiyalarini bir vaqtda turli diapazonlarda oshishi bilan birga, atorvastatin umumiy xolesterin kontsentratsiyasini (30-46% ga), xolesterin/PZLP (41-61% ga), apolipoprotein V ni (34-50% ga) va triglitseridlarni (14-33% ga) pasaytiradi. Bu natijalar geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi, aralash giperlipidemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, shu jumladan qandli diabetning 2 tipi (insulinga bog‘liq bo‘lmagan) bo‘lgan patsiyentlarda olingan.
Umumiy xolesterin, PZLP-xolesterini va apolipoprotein V ning darajasini pasayishi yurak-qon tomir patologiyasi chaqirgan yurak-qon tomir tomonidan buzilishlari va o‘limlar sonini kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi Ichga qabul qilinganidan keyin atorvastatin tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) ga 1 soatdan 2 soatgacha vaqt davomida erishiladi. So‘rilish darajasi atorvastatinning dozasiga proportsional oshadi. Qobiq bilan qoplangan tabletka shaklidagi atorvastatinning biokiraolishligi eritma ko‘rinishida qabul qilingan atorvastatinning biokiraolishligi bilan solishtirilganida 95-99% ni tashkil qiladi. Atorvastatinning mutloq biokiraolishligi taxminan 12% ni, GMG-KoA reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligining tizimli biokiraolishligi esa - taxminan 30% ni tashkil qiladi. Dori preparatining past tizimli biokiraolishligi, u qon oqimiga tushgunicha me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatidagi tizim oldi klirensi va/yoki jigardagi tez metabolizmi (birinchi o‘tish samarasi) bilan tushuntiriladi.
Taqsimlanishi Atorvastatinning o‘rtacha taqsimlanish hajmi taxminan 361 l ni tashkil qiladi. Atorvastatin plazma oqsillari bilan - 98% dan ko‘proq bog‘lanadi.
Metabolizmi Atorvastatin sitoxrom R450 3A4 ishtirokida orto- va paragidroksil guruhini ajralish hosilalari va beta-oksidlanishning turli mahsulotlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. So‘ngra bu birikmalar glyukuron guruhini ajralish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitida GMG-KoA reduktazani orto- va paragidroksil guruhini ajralishi metabolitlar tomonidan susaytirilishi, atorvastatin tomonidan susaytirilishi bilan bir xildir. GMG-KoA reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligi 70% ga faol metabolitlari bilan bog‘liq.
Chiqarilishi Jigardagi va jigardan tashqari metabolik o‘zgarishlardan so‘ng atorvastatin asosan safro bilan chiqariladi. Biroq dori preparati ehtimol, ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga uchramaydi. Odam plazmasida atorvastatinning eliminatsiya fazasini o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 14 soatni tashkil qiladi. GMG-KoA reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faol qismining yarim chiqarilish davri 20-30 soatga teng, bu faol metabolitlarining ta'siri bilan tushuntiriladi.
Bolalar Bolalarga taalluqli farmakologik ma'lumotlar yetarli emas (o‘tkazilmagan).
Jinsi Ayollar va erkaklarda qon plazmasidagi atorvastatin va uning faol metabolitlarining kontsentratsiyasi farq qiladi (ayollarda Cmax erkaklarnikidan taxminan 20% ga yuqori, ayni paytda AUC erkaklarnikidan 10% ga past). Bu farqlar hech qanday klinik ahamiyatga ega emas, ayollar va erkaklarda qon lipidlariga ta'siridagi farq esa ahamiyatsizdir.
Qo‘llanilishi
• birlamchi giperxolesterinemiyasi, geterozigot oilaviy va oilaviy bo‘lmagan giperxolesterinemiyasi va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyasi (Fredrikson bo‘yicha IIa va IIb turlari) bo‘lgan patsiyentlarda tavsiya etilgan parhez bilan birga umumiy xolesterin, PZLP-xolesterini, apolipoprotein V vatriglitseridlarning oshgan darajasini pasaytirish va YuZLP-xolesterining darajasini oshirish maqsadida;
• triglitseridlarning oshgan zardob darajasi (Fredrikson bo‘yicha IV tur) bo‘lgan bemorlarni va parxez terapiya adekvat samara bermaganda disbetalipoproteinemiyasi (Fredrikson bo‘yichaIII tur) bo‘lgan bemorlarni davolashda parhez bilan birga;
• oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyada parxez terapiya va davolashning boshqa nofarmakologik usullari yetarli samara bermaganida umumiy xolesterin va xolesterin /PZLPdarajasini pasaytirishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Atorvastatinni buyurishdanoldin patsiyentga standart gipolipidemik parhezni va unga butun davolash davri davomida rioya qilishni tavsiya etish lozim.
Dastlabki doza sutkada o‘rtacha 10 mg ni tashkil qiladi. Doza sutkada 10 mg dan 80 mg gacha o‘zgartirilishi mumkin.
Preparatni kunning har qanday vaqtida ovqat bilan yoki ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. Doza xolesterin /PZLP ning darajasini dastlabki ko‘rsatkichlari, davolash maqsadlari va shaxsiy samara asosida tanlanadi. Davolash boshida va/yoki Atorvastatinning dozasini oshirish vaqtida har 24 haftada qon plazmasida lipidlar darajasini nazorat qilish va mos ravishda dozaga tuzatish kiritish.
Birlamchi giperxolesterinemiya va aralash giperlipidemiya, shuningdek Fredrikson bo‘yicha III va IV turlari.
Ko‘p hollarda Atorvastatin kaltsiy preparatining sutkada 10 mg dozasini buyurish yetarlidir. Odatda mavjud terapevtik samara 2 haftadan keyin kuzatiladi va maksimal terapevtik samaraesa 4 hafta o‘tgach namoyon bo‘ladi. Davomli davolashda bu samara saqlanib qoladi.
Oilaviy giperxolesterinemiyaning gomozigot shakli
Sutkada 1 marta 80 mg (20 mg dan 4 tabletka) doza buyuriladi.
Preparatni buyrak yetishmovchiligi va buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash qon plazmasida Atorvastatinning miqdoriga yoki xolesterin /PZLP miqdorining pasayish darajasiga ta'sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun preparatning dozasini o‘zgartirish talab qilinmaydi.
Jigar yetishmovchiligida dozani kamaytirish kerak («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Keksa yoshdagi patsiyentlarda qo‘llanganida havfsizligi, samaradorligi yoki gipolipidemik davolash maqsadlariga erishishi bo‘yicha umumiy populyatsiya bilan solishtirilganda farqlar kuzatilmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nerv tizimi va sezgi a'zolari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, gipesteziya, paresteziya, uyquni buzilishi, depressiya, uyqusizlik, daxshatli tushlar, xotira yo‘qolishi yoki pasayishi, periferik neyropatiya, ta'mni buzilishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘rishni buzilishi, quloqlarda shovqin, eshitishni yo‘qotilishi.
Nafas tizimi halqum va traxeya sohasida og‘riq, nazofaringit, burundan qon ketishi, o‘pkalarning interstitsial kasalliklari.
Ovqat hazm qilish tizimi meteorizm, qabziyat, dispepsiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qorinning yuqori va quyi qismlarida og‘riq, kekirish, tana vaznini oshishi, anoreksiya, pankreatit, gepatit, xolestaz, jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti to‘qimasi eshakemi, qichishish, teri toshmasi, alopetsiya, bullyoz dermatit, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz.
Skeletmushak va biriktiruvchi to‘qima artralgiya, mialgiya, qo‘loyoqlarda og‘riq, bo‘g‘imlarda shish, mushak spazmi, belda og‘riq, bo‘yinda og‘riq, miopatiya, mushak holsizligi, miozit, tendopatiya, paylar uzilishi, rabdomioliz, immunitet sababli nekrotik miopatiya.
Laborator va instrumental ma'lumotlar jigar transaminazalarining faolligini oshishi,kreatinfosfokinazaning faolligini oshishi, trombotsitopeniya, leykotsituriya, glikolizga uchragan gemoglobin kontsentratsiyasini oshishi, giperglikemiya, gipoglikemiya.
Boshqalar allergik reaktsiyalar, anafilaksiya, lohaslik, ko‘krak qafasida og‘riq, asteniya, periferik shishlar, isitma, yuqori holsizlik, jinsiy disfunktsiya, ginekomastiya, qandli diabet.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
faol bosqichdagi jigar kasalliklari (shuningdek, faol surunkali gepatit, surunkali alkogolli gepatit);
jigar fermentlarining faolligini noma'lum genez sababli oshishi (VGN ga nisbatan 3 marta ortiqroq);
jigar yetishmovchiligi (ChayldPyu shkalasi bo‘yicha A va V sinflari);
homiladorlik;
laktatsiya davri;
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan);
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni surunkali alkogolizmda, anamnezida jigar kasalliklari borligida, og‘ir elektrolit muvozanatini buzilishida, endokrin va metabolik buzilishlarda, arterial gipotenziyada, og‘ir o‘tkir infektsiyalarda (sepsis), nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoqda, katta jarroxlik aralashuvlarda, shikastlanishlarda, skelet mushaklarning kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Atorvastatinni siklosporin, antibiotiklar (eritromitsin, klaritromitsin, kvinupristin/dalfopristin), OITV virusi proteazasi ingibitorlari (indinavir, ritonavir), zamburug‘larga qarshi vositalar (flukonazol, itrakonazol, ketokonazol) yoki nefazadon bilan bir vaqtda qo‘llash qon zardobida atorvastatinning miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa rabdomioliz va buyrak yetishmovchiligi bilan miopatiya yuzaga kelishi xavfini oshiradi. Bunday o‘zaro ta'sir preparatni fibrat kislotasi hosilalari va niatsin bilan birgalikda qo‘llaganda ham yuzaga kelishi mumkin.
Atorvastatinni fenitoin bilan qabul qilish atorvastatinning samarasini kamayishiga olib kelishi mumkin. Antatsidlar (magniy va alyumin gidroksidi suspenziyasi) birgalikda qabul qilganda qon plazmasida atorvastatinning miqdorini pasaytiradi.Atorvastatinni kolestipol bilan bir vaqtda qabul qilganda plazmadaatorvastatinning miqdori 25% ga pasayadi, lekin atorvastatinning bir o‘ziga nisbatan majmuada terapevtik samara yuqoriroq.
Bir vaqtda 80 mg atorvastatin va digoksinni qabul qilayotgan bemorlarda plazmada digoksinning miqdori taxminan 20% ga oshadi. Atorvastatinni digoksin bilan birga qabul qilayotgan bemorlarni nazorat qilish kerak. Atorvastatin va peroral kontratseptivlarni (noretindron va etinilestradiol majmuasi) birga qabul qilganda kontratseptivlarning so‘rilishi kuchayishi va qon plazmasida ularning kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Atorvastatinni qabul qilayotgan ayollar uchun kontratseptivlarni tanlashni nazorat qilish kerak.
Atorvastatin va varfarinni bir vaqtda qo‘llash qabul qilishni birinchi kunlarida qon ivishi ko‘rsatkichlarida varfarinning ta'sirini kuchaytirishi (protrombin vaqtini kamayishi) mumkin. Bunday samara ko‘rsatilgan preparatlarni birgalikda qabul qilganda 15 kundan keyin yo‘qoladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin va davolash davomida gipoxolesterinemik parxezni tutib turish muhim.
Jigar faoliyatini buzilishi. Qonda lipidlar darajasini pasayirish uchun GMG-KoA reduktazaning ingibitorlarini qo‘llash jigar faoliyatida aks etuvchi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Atorvastatinni qabul qilgan patsiyentlarda klinik tadqiqotlar o‘tkazilganida zardobda transaminazalarning darajasini turg‘un oshishi (normaning yuqori chegaradagi darajasidan 3 martadan ko‘proq ortiqligi 2 yoki undan ko‘p holatlarda kuzatilgan) 0,7% ni tashkil qilgan. Bu buzilishlarning teztezligi 10, 20, 40 va 80 mg dozalarda 0,2; 0,2; 0,6 va 2,3% bo‘lgan. Bir patsiyentda sariqlik rivojlangan. Jigar faoliyatini davolash boshlanishidan oldin, preparatni qabul qilishni boshlagandan so‘ng 6 haftadan, 12 haftadan keyin va dozani har oshirilishidan keyin, hamdavaqti-vaqti bilan, masalan, har 6 oy nazorat qilish kerak. Jigar fermentlarining faolligini o‘zgarishi odatda terapiya boshlanganidan keyin dastlab 3 oy davomida kuzatiladi. Transaminazalarning yuqori darajasi kuzatilgan patsiyentlar fermentlar darajasi normaga qaytmaguncha nazorat ostida bo‘lishlari kerak. AlAT yoki AsAT ning ko‘rsatkichi yuqori mumkin bo‘lgan chegaraga nisbatan kamida 3 marta oshgan hollarda dozani kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Mushaklarga ta'siri. Bir necha hollarda atorvastatin bilan davolash fonida patsiyentlarda mialgiya kuzatilgan, u asoratlarga olib kelmagan. Diffuz mialgiyasi, mushaklar sustligi va holsizligi bo‘lgan va/yoki kreatinfosfokinazasi ahamiyatli oshgan patsiyentlar miopatiya (kreatinkinazaning darajasini normaning yuqori chegarasidan 10 martadan ortiq oshishi bilan birgalikdagi mushaklarda og‘riq bilan ifodalanuvchi) rivojlanishiga nisbatan alohida havf guruhini tashkil qiladi. Miopatiya rivojlanishida (yoki mavjudligi taxmin qilinganda) kreatinfosfokinazaning faolligini aniqlash muhim; agar uning darajasini ahamiyatli oshishi saqlansa, dozani kamaytirish yoki atorvastatinni bekor qilish tavsiya qilinadi.
Atorvastatin va siklosporin, fibrat kislotasi hosilalari, eritromitsin, klaritromitsin, immunodepressantlar va azol strukturali zamburug‘larga qarshi preparatlar, shuningdek lipidlar darajasini pasayishini chaqiruvchi nikotin kislotasi bilan birgalikdagi davolashda potentsial foyda va havf darajasini solishtirish va mushak og‘riqlari, sustlik yoki holsizlik simptomlari yoki belgilari paydo bo‘lgan patsiyentlarni, ayniqsa davolashning dastlabki oylarida va keltirilgan preparatlarning har qaysisini dozasi oshirilganida, nazorat qilish kerak.
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi havfi alomatlari paydo bo‘lishida va omillari mavjudligida rabdomioliz (masalan, o‘tkir og‘ir infektsiyalar, arterial gipotenziya, katta ko‘lamdagi xirurgik aralashuvlar, shikastlanishlar, og‘ir metabolik va endokrin buzilishlar, shuningdek elektrolit muvozanatini buzilishi) sababli preparat darhol bekor qilinishi kerak.
Tushunarsiz og‘riqlar yoki mushak holsizligi paydo bo‘lsa, ayniqsa agarda bunga umumiy holsizlik va isitma yondosh bo‘lib kelsa, darhol shifokorga xabar berish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Atorvastatin kaltsiyni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Atorvastatin kaltsiy ko‘krak sutiga o‘tishi ma'lum emas. Emizikli bolalarda nohush ta'sir bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Tug‘ruq yoshidagi ayollar davolanish vaqtida kontratseptsiyaning adekvat usullaridan foydalanishlari kerak. Atorvastatin kaltsiyni tug‘ruq yoshidagi ayollarga faqat homiladorlik ehtimoli juda past bo‘lganda, patsiyent ayol esa davolanishning homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfi haqida ogohlantirilganidan keyingina buyurish mumkin.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Atorvastatin kaltsiyni dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash va tutib turuvchi terapiya zarur; jigar transaminazalari va kreatinfosfokinaza faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish zarur; doza oshirib yuborilganida spetsifik davolash mavjud emas; spetsifik antidot yo‘q; preparatni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori bo‘lganligi sababli gemodializ va peritoneal dializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Caqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanasidan boshlab 24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Adjanta Farma Limited»
Adjanta Xauz, Charkop,
Kandivli (V), Mumbay 400 067, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.