Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Doktor Mom malinali ta'mli pastilkalar №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Экстракты: тулси, васака, куланджана, яштимадху, пиппали, сунтхи, ментола
Страна производитель
Индия
Производитель
Johnson & Johnson LLC
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Пастилки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Doktor Mom® yo‘talga qarshi o‘simlik pastilkalari
Dori shakli
pastilkalar (apelsinli, limonli, malinali, qulupnayli, ananasli).
Tarkibi
1 pastilka quyidagilarni saqlaydi
faol modda
quyidagilardan ajratib olingan quruq ekstraktlar
15,0 mg………….qizilmiya ildizlari (glycyrrhiza glabra)
10,0 mg………….dorivor imbir izdizpoyalari (zengiber officinale)
10,0 mg………….dorivor emblika mevalari (embelica officinale)
5,0 mg…………...levomentol
yordamchi moddalar
- apelsinli pastilkalar uchun 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza, 1,5 mg glitserol, 20,0 mg limon kislotasi monogidrati, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 4,07 mg apelsin aromatizatori, 0,012 mg yalpiz aromatizatori (yalpiz essentsiyasi), 0,125 mg quyosh shafag‘i sarig‘i bo‘yovchisi;
- limonli pastilkalar uchun 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza,1,5 mg glitserol, 25,0 mg limon kislotasi monogidrati, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 3,75 mg limon moyi, 0,012 mg yalpiz aromatizatori (yalpiz essentsiyasi), 0,1mg xinolin sarig‘i bo‘yovchisi;
- malinali pastilkalar uchun 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza,1,5 mg glitserol, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 6,25 mg malina aromatizatori, 0,1mg azorubin bo‘yovchisi;
- qulupnayli pastilkalar uchun 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza, 1,5 mg glitserol, 18,0 mg limon kislotasi monogidrati, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 7,5 mg qulupnay aromatizatori, 1,25 mg puntsoviy (Ponso 4R) bo‘yovchisi;
- ananasli pastilkalar uchun 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza, 1,5 mg glitserol, 2,0 mg limon kislotasi monogidrati, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 0,1 mg yalpiz aromatizatori (yalpiz essentsiyasi), 6,25 mg ananas aromatizatori, 0,0625 mg BQ Supra bo‘yovchisi (brilliant ko‘ki va xinolin sarig‘i bo‘yovchilarining aralashmasi).
Ta'rifi
- apelsinli pastilkalar dumaloq, ikki tomonlama qavariq to‘q sariq rangli pastilkalar. Pastilkalarda havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi;
- limonli pastilkalar dumaloq ikki tomonlama qavariq ko‘kimtir-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan pastilkalar. Pastilkalarda havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi;
- malinali pastilkalar dumaloq ikki tomonlama qavariq qizildan to‘q-qizil rangligacha bo‘lgan pastilkalar. Pastilkalarda havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi;
- qulupnayli pastilkalar dumaloq ikki tomonlama qavariq qizildan olcha-qizil rangligacha bo‘lgan pastilkalar. Pastilkalarda havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi;
- ananasli pastilkalar dumaloq ikki tomonlama qavariq yashil rangli tabletkalar. Pastilkalarda xavo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi R05CA10
Farmakologik xususiyatlari
Yallig‘lanishga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega o‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining xususiyatlariga bog‘liq. Qizilmiya ildizlarining ekstrakti yallig‘lanishga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, spazmolitik ta'sirga ega; dorivor imbir izdizpoyalarining ekstrakti yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta'sir; dorivor emblika ekstrakti – yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning tarkibiga kiruvchi mentol spazmolitik, antiseptik ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
“Quruq” yo‘tal bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarini (faringit, laringit, shu jumladan “ma'ruzachi” laringiti, traxeit, bronxit) simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga og‘iz bo‘shlig‘ida 1 pastilkadan har 2 soatda sekin shimiladi.
Maksimal sutkalik doza – 10 pastilka. Davolash kursi – 2-3 hafta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalarda (18 yoshgacha) (klinik ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni hosil bo‘lishini kamaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu suyulgan balg‘amni ajralib chiqishini qiyinlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qand saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar, shuningdek past kaloriyali parhezda bo‘lgan shaxslar hisobga olishlari kerak.
Agar dori vositasi yaroqsiz holga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va ahlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi!
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi (klinik ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar tushmagan.
Chiqarilish shakli
Pastilkalar (apelsinli, limonli, malinali, qulupnayli, ananasli).
- 4 pastilkadan alyumin stripda; 5 alyumin striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
- 8 pastilkadan al/pvx blisterda; 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
- 8 pastilkadan al/pvx blisterda; 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
- 8 pastilkadan al/pvx blisterda; 2 blister ko‘pqavatli laminirlangan paketda. 1 paket qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
- 8 pastilkadan al/pvx blisterda; 3 blister ko‘pqavatli laminirlangan paketda. 1 paket qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Yunik Farmasyutikal Laboratoriz»
(«Dj. B. Kemikals end Farmasyutikals
Ltd.» firmasining bo‘limi),
Vorli, Mumbay – 400 030, Hindiston/
Unique Pharmaceuticals Laboratories
(A Division of J.B. Cemicals & Pharmaceuticals Ltd),
Worli, Mumbai 400 030, India
E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«Djonson & Djonson» MChJ, Rossiya
121614, Moskva sh., Krilatskaya ko‘ch. 17, 2 qur.;
tel (495) 726-55-55
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.