Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Geksoral Tabs Klassik limon ta'mli №16
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
2,4-дихлорбензиловый спирт, амилметакрезол
Страна производитель
Россия
Производитель
Джонсон & Джонсон, OOO, Россия произведено: Unique Pharmaceutical Laboratories
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки жевательные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Geksoral® Tabs Klassik
Ta'sir etuvchi modda (XPN) amilmetakrezol+dixlorbenzil spirti.
Dori shakli
shimish uchun tabletkalar (apelsinli, limonli, asal-limonli, qoraqarag‘atli).
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar amilmetakrezol - 0,6 mg; 2,4-dixlorbenzil spirti - 1,2 mg;
yordamchi moddalar saxaroza 1618,0 mg, suyuq glyukoza 1038,0 mg, limon kislotasi monogidrati 21,0 mg, arpabodiyon urug‘ining moyi 2,53 mg, dala yalpizi bargining moyi 1,32 mg, apelsin moyi 7,515 mg, riboflavin fosfat natriy bo‘yovchisi 0,06 mg, puntsa (Ponso 4R) bo‘yovchisi 0,05 mg, (apelsinli tabletkalar uchun);
saxaroza 1618,0 mg, suyuq glyukoza 1038,0 mg, limon kislotasi monogidrati 21,0 mg, arpabodiyon urug‘ining moyi 2,53 mg, dala yalpizi bargining moyi 1,32 mg, limon moyi kontsentrati 7,70 mg, riboflavin fosfat natriy bo‘yovchisi 0,05 mg (limonli tabletkalar uchun);
saxaroza 1618,0 mg, suyuq glyukoza 1038,0 mg, dala yalpizi bargining moyi 1,25 mg, limon moyi 1,25 mg, riboflavin fosfat natriy bo‘yovchisi 0,025 mg, kraxmal bo‘yovchisi 0,625 mg, puntsa (Ponso 4R) bo‘yovchisi 0,015 mg, asal aromatizatori 7,50 mg (asal-limonli tabletkalar uchun);
saxaroza 1618,0 mg, suyuq glyukoza 1038,0 mg, limon kislotasi monogidrati 15,0 mg, dala yalpizi bargining moyi 1,25 mg, qora (PN) va puntsa (Ponso 4R) bo‘yovchilarining aralashmasi (10,7 nisbatida) 0,085 mg, qoraqarag‘at aromatizatiori xushbo‘yi 6,25 mg (qoraqarag‘atli tabletkalar uchun).
Ta'rifi
-apelsinli dumaloq, ikki tomoni qabariq, to‘q sariq rangli, g‘adir-budir yuzali tabletkalar. Bo‘yalishining bir xil bo‘lmasligiga, chetlarining biroz notekisligiga havo pufakchalarining bo‘lishi mumkin.
-limonli dumaloq, ikki tomoni qabariq, sariq rangli, g‘adir-budir yuzali tabletkalar. Bo‘yalishining bir xil bo‘lmasligiga, chetlarining biroz notekisligiga havo pufakchalarining bo‘lishi mumkin.
-asal-limonli dumaloq, ikki tomoni qabariq, jigarrangsimon-sariqdan jigarrang rangligacha bo‘lgan, g‘adir-budir yuzali tabletkalar. Bo‘yalishining bir xil bo‘lmasligiga, chetlarining biroz notekisligiga havo pufakchalarining bo‘lishi mumkin.
-qoraqarag‘atli dumaloq, ikki tomoni qabariq, binafsha rangli, g‘adir-budir yuzali tabletkalar. Bo‘yalishining bir xil bo‘lmasligiga, chetlarining biroz notekisligiga havo pufakchalarining bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruxi antiseptik vosita.
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Preparat antiseptik ta'sir ko‘rsatadi, in vitro grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol, antimikotik ta'sirga ega.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar 1 tabletkadan xar 2-3 soatda shimilsin. Maksimal sutkalik doza – 8 tabletka. Tabletkalarni to‘liq erigunicha asta-sekin shimish kerak. Davolash kursining davomiyligi 5-7 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin (og‘iz bo‘shlig‘ida achishish xissi)
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ta'riflanmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganda, preparatni keyinchalik qo‘llashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozaning kam so‘rilishi;
-bolalar yoshi (6 yoshgacha).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin.
Preparatning tarkibiga kiruvchi xar qanday komponentiga individual yuqori sezuvchanlik bo‘lganida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Agar kasallik simptomlari saqlanib qolsa, og‘irlashsa yoki yangilari paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatiladi va shifokor bilan maslaxatlashiladi.
Preparat saxaroza saqlaydi, qandli diabeti bilan azob chekayetgan patsiyentlarda, shuningdek gipokaloriyali parxezda bo‘lgan shaxslarda buni inobatga olish zarur. Preparat qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida, 1 tabletka 0,20 XB saqlashini hisobga olish kerak.
Bola preparatni bilmasdan yutib yuborsa, darxol tibbiy yordam ko‘rsatish uchun murojaat qilish zarur.
Agarda dori vositasi yaroqsiz xolga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va axlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof muxitni himoyalashga yordam beradi!
Xomiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va emizish davrida preparatni, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda, homila bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan xolatdagina, shifokorning nazorati ostida qo‘llash mumkin.
Avtomobilni boshqarish va murakkab mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobilyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘illanish qobilyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun tabletkalar (apelsinli, limonli, asal-limonli, qoraqarag‘atli).
4 tabletka alyumin stripda; 2, 3 yoki 4 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
8 tabletkadan AL/PVX blisterda; 2 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalarpdan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Yunik Farmasyutikal Laboratoriz» («Dj. B. Kemikals end Farmasyutikals Ltd.» firmasining bo‘limi), Vorli, Mumbay – 400 030, Xindiston
Unique Pharmaceuticals Laboratories (A Division of J.B. Cemicals Pharmaceuticals Ltd), Worli, Mumbai 400 030, India
E'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
“Djonson&Djonson” MChJ, Rossiya
121614, Moskva sh., Krilatskaya ko‘ch., 17 uy, 2 korpus,
Tel. (495) 726-55-55
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston, 100031, Toshkent shahar, Afrosiyob ko‘chasi, 4, «S» korpusi.
Tel. (99871) 252-24-41
Faks (99871) 252-24-41
pharmacovigilance@drreddys.co
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.