Grammidin Neo tab №18
76 700 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Россия
Yoʻriqnoma: Grammidin Neo tab №18
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Grammidin® neoTa'sir etuvchi moddalar (XPN): gramitsidin S+tsetilpiridiniy xloridi
Dori shakli
shimish uchun tabletkalarTarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
gramitsidin S digidroxloridi (gramitsidin S ga qayta hisoblaganda) – 0,003 g setilpiridin xlorid monogidrati (tsetilpiridiniy xloridiga qayta hisoblaganda) - 0,001 g yordamchi moddalar:
kolloid kremniy dioksidi (Aerosil® 200) – 0,005 g, talk – 0,060 g, atsesulfam kaliy – 0,015 g, yalpiz aromatizatori – 0,025 g, sorbitol (Neosorb®) – 1,066 g, magniy stearati – 0,025 g.
Ta'rifi
oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, bir tomonida GR yozuvi bo‘lgan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
antibiotik+antiseptik vositaATX kodi: R02A
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun majmuaviy preparat. Preparatning tarkibiga mikroblarga qarshi vosita gramitsidin S, va antiseptik vosita - setilpiridiniy xloridi kiradi.Gramitsidin S ning ta'sir mexanizmi mikrob hujayrasining sitoplazmatik membranasini yuqori o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq, bu uning chidamliligini buzadi va hujayrani nobud bo‘lishini chaqiradi.
Gramitsidin S og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalarga kiradi. Og‘iz bo‘shlig‘ida infektsion kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilarini o‘sishi va ko‘payishini susaytiradi.
Preparat yallig‘lanishni kamaytiradi, mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, tomoqdagi yoqimsiz hisni yumshatadi, ketishni yengillashtiradi, shimilganda gipersalivatsiyani chaqiradi, u og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni mikroorganizmlardan mexanik tozalanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparat mahalliy ta'sirga ega va deyarli me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, bu amalda tizimli samaralarini butunlay yo‘qligini belgilaydi.Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: angina, faringit, tonzillit, paradontoz, gingivit, stomatit.Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqatdan keyin chaynamasdan og‘izda shimish yo‘li bilan qo‘llanadi.Preparatni bevosita qo‘llagandan keyin 1-2 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish lozim.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta.
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta.
Preparat 7 kun davomida qabul qilinganida terapevtik samara bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Alohida hollarda preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik;- 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- homiladorlik (I uch oylik);
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri
Grammidin® neo boshqa mahalliy va tizimli ta'sirga ega mikroblarga qarshi vositalarning samaralarini kuchaytiradi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun tabletkalar.9 tabletkadan polivinilxloridli va bosma laklangan alyuminiy folga kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Xaridorlardan e'tirozlarni ishlab chiqaruvchi korxona qabul qiladi:
«Valenta Farmatsevtika» OAJ,
141101, Rossiya, Sh’elkovo sh., Moskva viloyati, Fabrichnaya ko‘ch., 2.
Tel. (495) 933-48-62, faks (495) 933-48-63.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.