Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| КАМЕТОН Спрей 20мл (260325##2748) |
UZS 31 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
| КАМЕТОН Спрей 20мл (140825##2755) |
UZS 28 200
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Камфора, Хлоробутанол, Левоментол, Эвкалипта прутовид листьев масло
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Moldova
Dozasi
20 мл
Производитель
Флумед-Фарм
Chiqarillish shakli
Sprey
Kameton Sprey 20ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kameton
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) xlorbutanol gemigidrati, levomentol, ratsemik kamfora, evkalipt moyi
Dori shakli
orofaringeal/nazal sprey, emul'siya
Tarkibi
100 g emul'siya quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 1,0 g xlorbutanol gemigidrati; 1,0 g levomentol; 1,0 g ratsemik kamfora; 1,0 g evkalipt moyi;
yordamchi moddalar vazelin moyi, emul'gator T-2, tvin-80, tozalangan suv.
Ta'rifi o‘ziga xos xidli tiniq, oq yoki sarg‘ish yoki ko‘kimtir tusli oq rangli emul'siya.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR kasalliklarini davolash uchun vositalar.
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Majmuaviy preparat yallig‘lanishga qarshi, antiseptik va yengil mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Preparat ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan va asosan yallig‘lanish o‘chog‘ida terapevtik kontsentratsiyani hosil qiladi. Xlorbutanolgidrat va kamfora sekin va ahamiyatsiz miqdorda so‘riladi. Ikkala komponent plazma oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi va glyukoron metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
LOR a'zolar yallig‘lanish kasalliklarida (rinit, faringit, laringit va boshq) qo‘llanadi
Qo‘llash usuli va dozalari
Kameton kattalarga va 5 yoshdan oshgan bolalarga mahalliy buyuriladi. Sprey Kameton nafas olganda burun va og‘iz bo‘shlig‘iga purkalanadi. Birinchi qo‘llashdan oldin dispers oqim paydo bo‘lganicha purgakichning klapaniga bir necha marta bosish lozim. preparatni qo‘llashdan oldin tiniq saqlovchi qalpoqchani yechiladi, purkagichning uchini 0,5 sm chuqurligiga burun bo‘shlig‘iga yoki og‘iz bo‘shligiga kiritiladi va klapanni ohirgacha bosiladi. Qo‘llash soni – kuniga 3-4 marta 2-3 purkash.
Nojo‘ya ta'sirlari
MedDRA konventsiyasi bo‘yichcha uchrash tez-tezligi
juda tez-tez (≥1/10),
tez-tez (≥1/100 va <1/10),
tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100),
immun tizimi buzilishi
tez-tez emas – teri toshmasi ko‘rinishida allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- agar bu dorining xar qanday komponetiga yoki preparatning komponentlariga sizda allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.
- agar bolasingiz 5 yoshgacha bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kameton boshqa preparatlar bilan mutanosib; klinik ahamiyatli dorilar o‘zaro ta'sirlari qayd qilinmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Purkashdan oldin flakonni yaxshilab silkitish kerak. Bolalar davolashini shifokor nazoratida o‘tqazish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikdava emizish davrida preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Preparat avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Dozaning oshirib yuborilish simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq.
Davolash me'dani yuvish, tuzli surgi vositalarni qo‘llash, ho‘kna, ichak adsorbenlarni qo‘llash - faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Orofaringeal/nazal sprey, emulьsiya. 20 ml dan shisha flakonlarda tiniq qalpoqcha va purgagich klapan bilan moslama yordamida germetik berkitilgan.
1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga individual karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
15-25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yoruqligdan va namlikdan himoya qilish uchun original o‘ramda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Birinchi foydalanishdan s'ong yaroqlilik muddati - 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
TK „Flumed-Farm” MChJ, Moldova Respublikasi, Chetatya Albe ko‘ch.,176 mun., Kishinev sh.,
Tel. (+373 22) 52 28 69; Faks. (+373 22) 52 14 52
Ye-mayl flumed-farm@hushmail.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.