Kameton Sprey 20ml
28 200 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Kameton Sprey 20ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
KametonTa'sir etuvchi moddalar (XPN): xlorbutanol gemigidrati, levomentol, ratsemik kamfora, evkalipt moyi
Dori shakli
orofaringeal/nazal sprey, emul'siyaTarkibi
100 g emul'siya quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 1,0 g xlorbutanol gemigidrati; 1,0 g levomentol; 1,0 g ratsemik kamfora; 1,0 g evkalipt moyi;
yordamchi moddalar: vazelin moyi, emul'gator T-2, tvin-80, tozalangan suv.
Ta'rifi
o‘ziga xos xidli tiniq, oq yoki sarg‘ish yoki ko‘kimtir tusli oq rangli emul'siya.Farmakoterapevtik guruhi
LOR kasalliklarini davolash uchun vositalar.ATX kodi: R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Majmuaviy preparat yallig‘lanishga qarshi, antiseptik va yengil mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.Farmakokinetikasi
Preparat ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan va asosan yallig‘lanish o‘chog‘ida terapevtik kontsentratsiyani hosil qiladi. Xlorbutanolgidrat va kamfora sekin va ahamiyatsiz miqdorda so‘riladi. Ikkala komponent plazma oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi va glyukoron metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.Qo‘llanilishi
LOR a'zolar yallig‘lanish kasalliklarida (rinit, faringit, laringit va boshq) qo‘llanadiQo‘llash usuli va dozalari
Kameton kattalarga va 5 yoshdan oshgan bolalarga mahalliy buyuriladi. Sprey Kameton nafas olganda burun va og‘iz bo‘shlig‘iga purkalanadi. Birinchi qo‘llashdan oldin dispers oqim paydo bo‘lganicha purgakichning klapaniga bir necha marta bosish lozim. preparatni qo‘llashdan oldin tiniq saqlovchi qalpoqchani yechiladi, purkagichning uchini 0,5 sm chuqurligiga burun bo‘shlig‘iga yoki og‘iz bo‘shligiga kiritiladi va klapanni ohirgacha bosiladi. Qo‘llash soni – kuniga 3-4 marta 2-3 purkash.Nojo‘ya ta'sirlari
MedDRA konventsiyasi bo‘yichcha uchrash tez-tezligi juda tez-tez (≥1/10),
tez-tez (≥1/100 va <1/10),
tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100),
immun tizimi buzilishi
tez-tez emas – teri toshmasi ko‘rinishida allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- agar bu dorining xar qanday komponetiga yoki preparatning komponentlariga sizda allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.- agar bolasingiz 5 yoshgacha bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kameton boshqa preparatlar bilan mutanosib; klinik ahamiyatli dorilar o‘zaro ta'sirlari qayd qilinmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Purkashdan oldin flakonni yaxshilab silkitish kerak. Bolalar davolashini shifokor nazoratida o‘tqazish kerak.Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va emizish davrida preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Preparat avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Dozaning oshirib yuborilish simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq.
Davolash: me'dani yuvish, tuzli surgi vositalarni qo‘llash, ho‘kna, ichak adsorbenlarni qo‘llash - faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Orofaringeal/nazal sprey, emulьsiya. 20 ml dan shisha flakonlarda tiniq qalpoqcha va purgagich klapan bilan moslama yordamida germetik berkitilgan.1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga individual karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
15-25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yoruqligdan va namlikdan himoya qilish uchun original o‘ramda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Birinchi foydalanishdan s'ong yaroqlilik muddati - 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
TK „Flumed-Farm” MChJ, Moldova Respublikasi, Chetatya Albe ko‘ch.,176 mun., Kishinev sh.,Tel. (+373 22) 52 28 69; Faks. (+373 22) 52 14 52
Ye-mayl: flumed-farm@hushmail.com
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.