Lizobakt tabletkalar № 30
66 800 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Lizobakt tabletkalar № 30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
LizobaktTa'sir etuvchi moddalar (XPN): lizotsim gidroxloridi-piridoksin gidroxloridi
Dori shakli
shimish uchun tabletkalarTarkibi
Shimish uchun bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
20,00 mg lizotsim gidroxloridi;
10,00 mg piridoksin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 155,40 mg, tragakant kamedi – 10,00 mg, magniy stearati – 4,00 mg. natriy saxarinati – 0,50 mg, vanilin — 0,10 mg.
Ta'rifi
dumaloq, ok yoki sarg‘ish oq rangli, taxminan 8 mm diametrli, bir tomonida ajratuvchi riskasi va ikkala tomonida faskasi bo‘lgan tabletkalar. Qora nuqta ko‘rinishidagi kiritmalar bo‘lishi mumkin.Farmakoterapevtik guruhi
tomoq kasalliklarini davolash uchun preparatlar. antiseptik vosita.ATX kodi: RO2AA20
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat bo‘lib, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlariga bog‘liq.Lizotsim oqsil tabiatli ferment hisoblanadi, antiseptik sifatida qo‘llanadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarni, hamda zamburug‘larni hujayra devorida lizis chaqiradi. Virusga qarshi faollikka ega. Mahalliy nospetsifik immunitetni boshqarishda ishtirok etadi. Organizmning tabiiy himoya omillariga tegishli.
Piridoksin — og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga himoyalovchi (aftozga qarshi samara ko‘rsatadi) ta'sir ko‘rsatadi. Lizotsimning farmakodinamik hususiyatlariga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini, milklarni va hiqildoqni infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini: gingivit, stomatit, yuqori nafas yo‘llarining ko‘plab va aniqlanmagan lokalizatsiyali o‘tkir infektsiyalari (o‘tkir laringofaringit, yuqori nafas yo‘llarining ko‘p lokalizatsiyali boshqa o‘tkir infektsiyalari, yuqori nafas yo‘llarining aniqlanmagan o‘tkir infektsiyalari), aftozli yaralanish, gerpesli shikastlanishlar (kompleks davo tarkibida), og‘ir bo‘shlig‘i shilliq qavatining har qanday etiologiyali eroziyalarini davolashda qo‘llaniladi.Izoh: bakterial infektsiyaning umumiy belgilari bo‘lganida tizimli antibakterial davolashni ko‘rib chiqish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat mahalliy qo‘llanadi. Tabletkalarni chaynamasdan, tabletkani erigan massasini og‘iz bo‘shlig‘ida uzoqroq to‘liq erib ketgunicha ushlab turgan holda sekin shimish lozim.3-7 yoshdagi bolalarga odatda 1 tabletkadan sutkada 3 marta, 7-12 yoshdagi bolalarga —
1 tabletkadan sutkada 4 marta buyuriladi. Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga —
2 tabletkadan sutkada 3-4 marta buyuriladi.
Davolash kursi 8 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar: angionevrotik shish (Kvinke shishi), eshakemi, bronxospazm, kam hollarda – ko‘p shaklli ekssudativ eritema kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- o‘ta yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar- laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktozani tanqisligi yoki glyukozo-galaktozani mal'babsorbtsiyasi. Tovuq oqsiliga allergiya kuzatilganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Lizotsim antibiotiklarni, shu jumladan penitsillinlarni, xloramfenikolni, nitrofurantoinni ta'sirini kuchaytiradi.
- Estrogen, estrogen saqlovchi kontratseptivlar — piridoksinga ehtiyojni oshishi.
- Levodopa — parkinsokizmga qarshi faollikni susayishi, piridoksin levodopani dekarboksillanishini tezlashtiradi (levodopa+karbidopa majmuasi samarasini pasaytirmaydi).
- Diuretiklar – piridoksin bilan majmuaviy qo‘llanganda diuretiklarni ta'siri kuchayadi.
- Izoniazid – piridoksin izoniazid va boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlarni qo‘llanganda kuzatiladigan toksik ko‘rinishlarni, shu jumladan jigarni shikastlanishi, oldini oladi yoki kamaytiradi.
- Penitsillamin, pirazinamid, immunosupressorlar piridoksin bilan bir vaqtda qo‘llanganda oxirgini samarasi kamayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Lizobakt homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanishi mumkin.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘ziga xosligi
Avtotransportlarni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Lizobakt preparati bilan o‘tkir dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan. Piridoksinni terapevtikdan ahamiyatli darajada oshadigan yuqori dozalarini (sutkada ˃200 mg) uzoq vaqt davomida qo‘llanganda (bir necha oy yoki yil), karaxtlanish hissi, sanchiqni sezish, hamda oyoq-qo‘llarda sezuvchanlikni yo‘qotish bilan xarakterlanadigan sensor neyropatik simptomlarini chaqirish mumkin. Bu simptomlar qaytuvchan va davolash to‘xtagandan keyin o‘tib ketadi.Davolash: preparatni bekor qilish, ko‘p suyuqlik ichish (kuchaytirilgan diurez).
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan PVX/alyuminiy fol'gali blisterda.1 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C gacha yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
5 yil.Uramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi/Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi.
Bosnalek AJ, Bosniya va Gertsegovina
Yukicheva ko‘ch. 53,71000 Sarayevo.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.