Lyugs 20 ml
16 300 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Lyugs 20 ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
LyugsTa'sir etuvchi modda (XPN): yod
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun eritma.Tarkibi
100 mg preparat quyidagilarni saqlaydi:faol modda: yod - 1 g;
yordamchi moddalar: kaliy yodidi, evkalipt nastoykasi (etanol saqlaydi), glitserin, tozalangan suv.
Ta'rifi
qizil-qo‘ng‘ir rangli, yod va evkalipt hidli suyuqlik.Farmakoterapevtik guruhi
Tomoq kasalliklarida qo‘llanadigan preparat. Antiseptiklar.ATX kodi: R02AA20.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, shu jumladan steptokokklar, stafilokokklar, ichak tayoqchasiga antimikrob ta'sir ko‘rsatadigan yod saqlaydi. Mikroblarga qarshi ta'sir mexanizmi oqsil molekulalarining N-guruhlari bilan o‘zaro ta'sir qilishi oqibatida oqsilni denaturatsiyaga uchrashida namoyon bo‘ladi.Farmakokinetikasi
Yod organizmdan asosan buyrak orqali, qisman – me'da-ichak yo‘llari, ter va sut bezlari orqali chiqariladi.Qo‘llanilishi
Tomoq va halqumning yallig‘lanish kasalliklarini (tonzillit, faringit, anginalar, glossit, aftoz stomatit) majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Purkagich yuqoriga qaratib o‘rnatiladi, eritma purkagichga kelib tushishi va bosilgandan so‘ng sepilishi uchun qalpoqchasi 1-2 marta bosiladi. So‘ngra purkagich og‘iz bo‘shlig‘iga 2-3 sm kiritiladi, og‘iz berkitiladi, xavo tutib turiladi va qalpoqchasi 2 marta shunday bosiladiki, birinchisi o‘ng tomonga, boshqasi chap tomonga sepiladi. Preparat ovqat qabul qilgandan so‘ng sutkada 1-2 marta qo‘llanadi (kamida 6 soat tanaffus bilan). Qo‘llashning davomiyligi kasallikni kechish og‘irligiga, shuningdek yondosh davolashning xarakteriga bog‘liq.Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni uzoq vaqt qo‘llanishi yodizm (tumov, eshakemi, Kvinke shishi, ko‘z yoshini oqishi, so‘lak ajralishi, terida toshma, mushak kuchsizligi, tormozlanish) ga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yod va preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Qalqonsimon bezning giperfunktsiyasi, dekompensatsiyalangan yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi, radioaktiv yod bilan tekshirish va davolash (tekshirish yoki davolashdan 2 hafta oldingi va keyingi davrda).Ehtiyotkorlik choralari
Preparat ichga qabul qilish uchun mo‘ljallanmagan. Preparatni yutishdan va/yoki nafas bilan olish mumkin emas. Laringitda laringospazm bo‘lishi mumkinligi sababli, tuberkulezda, gemorragik diatezlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Ko‘zlarga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vodorod peroksidi eritmasi va boshqa antiseptik vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilmasin.
Bolalar.
8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanilmasin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyatlari.
Noma'lum.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Yodizm (tumov, eshakemi, Kvinke shishi, ko‘z yoshni oqishi, so‘lak ajralishi, terida toshma, mushak kuchsizligi, tormozlanish) rivojlanishi mumkin.Davolash. Preparatni qo‘llashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
20 ml dan konteynerda yoki mexanik purkagichi bo‘lgan flakonda, №1 o‘ramda.Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili.
«DKP «Farmatsevticheskaya fabrika» MChJ.
Ukraina, 12430, Jitomir viloyati, Jitomir tumani, Stanishovka, Korolyov ko‘ch., 5 uy.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.