Entoban sirop 90ml
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Entoban sirop 90ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
EntobanDori shakli
SiropTarkibi
Har 10 ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi: 50 mg Momiq xloraxena, 200 mg Oddiy mirt, 200 mg Serqiltiq zirk, 100 mg Bengal behisi, 50 mg Bo‘yovchi dub, 20 mg ko‘rkam Buteya.Ta'rifi
jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli va shirin ta'mli sirop.Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi vosita.ATX kodi: A07AX03.
Farmakologik xususiyatlari
Bu nodir preparat uzoq yillar davomida ichak infektsiyalarini va gijja invaziyalarini davolash uchun ishlatiladigan sara o‘tlar aralashmasidan tayyorlangan.Entoban bugungi kundagi gijja invaziyalarini oldini olish uchun va ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun eng yaxshi preparat bo‘lib qolmoqda. Bu preparat ovqat hazm qilish yo‘llarini shilliq pardasini himoya qiladi va sog‘lomlantiradi, yuqori kislotalikni kamaytiradi va peristaltikani boshqaradi. Diareya holatida preparatning tinchlantiruvchi va bakteritsid ta'siri patsiyentlarga tez yengillik keltiradi.
Dorivor o‘tlarning sinergetik ta'siri, yordamchi o‘simliklar bilan birgalikda Entoban preparatining batsillyar dizenteriyani, ichak amebiazini, aralash va nospetsifik etiologiyali dizenteriyani, ovqat bilan zaharlanishdagi gastroenteritni davolashda tanlov preparati qiladi. Entobanning mikroblarga qarshi ta'siri turli etiologiyali diareyalarda davolovchi samara ko‘rsatadi. Tez ta'sir qiluvchi antiprotozoy ta'sirga ega, bu preparatni amebiazda buyurish imkoniyatini beradi.
Entoban tez ta'sir qiluvchi spazmolitik samaraga ega.
Qo‘llanilishi
• O‘tkir va surunkali amebiaz• Gepatik amebiaz va E.hystolytica mavjudligidagi boshqa kasalliklar
• Batsillyar dizenteriya
• Bakterial va nospetsifik diareya
• Gastroenterit
• Ovqat bilan zaharlanishni davolashda yordamchi vosita sifatida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga: 3-4 choy qoshiqdan har 4 soatda.Bolalarga: 1-2 choy qoshiqdan har 4 soatda.
Chaqaloqlarga (6 oylikdan katta): yarim choy qoshiqdan har 4 soatda yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Davolash kursining davomiyligi:
Diareya bilan kasallangan ko‘pchilik patsiyentlar Entoban bilan davolanganda 24-48 soatda yengillik sezadilar, biroq infektsiyani to‘liq nazorat qilish uchun yaxshisi davolashni 2-5 kungacha davom ettirish kerak. Amyobiaz holida davolashni taxminan 10 kun davom ettirish kerak, klinik ko‘rinishlaridan qat'iy nazar, ular ancha oldin yo‘qolishlari mumkin.
Ayrim terapevtlar adekvat regidratatsion davolashga (peroral regidratatsion eritmalar) qo‘shimcha sifatida isfakolni (Ispaghol Husk) tavsiya qiladilar, bu ko‘rsatgichlar bo‘yicha ishlatilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Allergik kasalliklar.Preparat komponentlariga bo‘lgan shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sirop saxaroza saqlaydi, buni qandli diabet bilan kasallangan, shuningdek past kaloriyali parxezga amal qiluvchi patsiyentlar e'tiborga olishlari kerak.Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lum emas, ehtimoli kam.Chiqarilish shakli
Sirop flakonlarda 90, 120 va 150 ml dan.Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.Ishlab chiqaruvchi
Xerbion Pakistan Prayvet Limited Karachi, PokistonDiqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.