Loperamid 2 mg №20 MR
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Loperamid 2 mg №20 MR
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
MR LoperamidTa'sir etuvchi modda (XPN): loperamid gidroxloridi
Dori shakli
tabletkalarTarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: loperamid gidroxloridi – 2 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati yoki magniy stearati.
Ta'rifi
oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, dumaloq yassi yuzali, faskali tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
Diareyaga qarshi vositalar.ATX kodi: A07DA03
Farmakologik xususiyatlari
Ichakning silliq mushaklarining tonusi va harakatlanishini pasaytiradi. Ichakning opiat retseptorlari bilan bog‘lanishi va atsetilxolin va prostaglandinlarning ajralib chiqishini susaytirishi hisobiga, peristaltikani sekinlashtiradi ichakning axlat massalarining tutib turilishiga yordam berib va ich kelishiga qistovlarni kamaytirib, anal sfinkterining tonusini oshiradi.Farmakokinetikasi
Ichakdan oson so‘riladi. So‘rilish kattaligi – 40%. Maksimal kontsentratsiyaga (Smax) erishish vaqti – 5-8,5 soat. Ta'siri tez boshlanadi va 4-6 soat davom etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 97%. Jigarda kon'yugatsiya yo‘li bilan deyarli to‘liq metabolizmga uchraydii.Yarim chiqarilish davri (T1/2) 9-11 soatni tashkil qiladi. Asosan ahlat bilan chiqariladi. Preparat gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi.
Qo‘llanilishi
Turli genezli (allergik, emotsional, dori, nurlanish; ovqatlanish tartibi va ovqatning sifat tarkibini o‘zgarishi, metabolizm va so‘rilishni buzilishida; infektsion genezli diareyada yordamchi vosita sifatida) o‘tkir va surunkali diareyani simptomatik davolash. Ileostomali bemorlarda ich kelishini (ahlatning miqdori va hajmini kamaytirish, hamda unga qattiqroq konsistentsiya berish) boshqarishda qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, tabletkalar chaynamasdan 100 ml suv bilan birga yutiladi. Kattalarga o‘tkir va surunkali diareyada dastlab 4 mg buyuriladi, so‘ngra har bir ichni suyuq kelishidan keyin 2 mg dan; maksimal sutkalik doza - 16 mg. Surunkali diareyada sutkada 4 mg boshlang‘ich dozada buyuriladi, so‘ngra doza ich kelishining sonini sutkada 1-2 martagacha kamaytirish uchun shaxsiy ravishda tanlanadi (odatda kuniga 2 mg dan 12 mg gacha). 6 yoshdan katta bolalarga o‘tkir diareyada dastlab 2 mg buyuriladi; so‘ngra har bir suyuq ich kelishidan keyin 2 mg dan; surunkali diareyada – sutkada 2 mg dan, so‘ngra doza sutkada 4-6 mg gacha oshirilishi mumkin. Bolalar uchun maksimal sutkalik doza - 5 mg. Ich kelishi me'yorlanganida, 12 soatdan ortiq ich kelmaganida yoki qorin dam bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlari, odatda preparat uzoq muddat qabul qilinganida kuzatiladi. Bosh og‘rig‘i, epigastriy sohasida og‘riqlar va diskomfort, og‘izni qurishi, allergik reaktsiyalar (teri toshmalari) bo‘lishi mumkin. Kam hollarda - uyquchanlik yoki uyqusizlik, bosh aylanishi, ichak spazmlari, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, meteorizm, juda kam hollarda - ichak tutilishi kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ichak tutilishi; o‘tkir dizenteriya; keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklarni qabul qilish oqibatida paydo bo‘lgan o‘tkir yarali kolit va soxtamembranoz kolit; homiladorlik, laktatsiya, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Loperamidning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Loperamidni atropin va boshqa xolinomimetik vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi (samaralarni o‘zaro kuchayishidan saqlanish maqsadida).
Maxsus ko‘rsatmalar. Preparat 2 sutka davomida qo‘llanganidan keyin samarasi bo‘lmasa, tashxisni aniqlash va infektsion genezli diareyani istisno qilish kerak.
Jigar faoliyatini buziishi bo‘lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Agar davolashda qabziyat yoki qorinni dam bo‘lishi rivojlansa, preparatni bekor qilish kerak. Jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda markaziy nerv tizimining toksik shikastlanishining belgilarini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Davolash davrida yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarni to‘ldirish kerak. Uyquchanlik yoki bosh aylanishi paydo bo‘lgan holda transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: stupor holati, harakat koordinatsiyasini buzilishi, uyquchanlik, mioz, mushaklar tonusini oshishi, ileus.Davolash: antidot sifatida nalokson qo‘llanadi. Bemor kamida 48 soat davomida shifokorning nazorati ostida bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramlarda.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
4 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“MERRYMED FARM” MChJ,O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi, 1 uy. Tel: (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.