Aerolet sirop 100ml flakon №1
53 200 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi
:
Yoʻriqnoma: Aerolet sirop 100ml flakon №1
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
AeroletDori shakli
SiropTarkibi
100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:faol modda: pechak barglari ekstrakti (5:1) – 0,7 g;
yordamchi moddalar: kaliy sorbati, suvsiz limon kislotasi, sorbitol, ksantan mumi, «Gilos» aromatizatori, sariq sanset, tozalangan suv.
Ta'rifi
och-jigarrang rangli gilos hidli sirop.Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar.ATX kodi: R05CA
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Aerolet – o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi preparat bo‘lib, tarkibidagi saponinlar hisobiga balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va spazmolitik ta'sirga ega. Balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi va uni ajralib chiqishiga yordam beradi.Farmakokinetikasi
Farmakokinetik ma'lumotlarni taqdim etish imkoni yo‘q.Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining, yo‘tal va qovushqoq hamda qiyin ajraladigan balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi, ayniqsa bronxlarni obstruktsiya sindromi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali bronxit kabi o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Aerolet siropi ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Qabul qilishdan oldin siropni chayqatish kerak. Kattalar va o‘smirlarga preparatni suyultirmagan holda qabul qilish tavsiya etiladi, ko‘krak yoshidagi, kichik yoshdagi bolalarga siropni ko‘p bo‘lmagan suv bilan suyultirib berish tavsiya etiladi.Agar shifokor preparatni boshqa dozada buyurgan bo‘lmasa, Aerolet preparatini quyidagi tarzda qabul qilish kerak:
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml sirop kuniga 1 marta buyuriladi.
1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan kuniga 3 marta buyuriladi.
4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan kuniga 4 marta buyuriladi.
Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarga – 5 ml dan kuniga 3 marta buyuriladi.
Preparatni qo‘llash davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq, ammo kamida 7 kunni tashkil etishi kerak. Kasallikning simptomlari yo‘qolganidan keyin preparat bilan davolashni 2-3 kun davomida davom ettirish kerak. Patsiyentning ahvolini yaxshilanishi kuzatilmasa va/yoki qabul qilish davomiyligi 2 haftadan ortiq bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Siropni dozalash uchun o‘ramida mavjud bo‘lgan o‘lchov stakani ishlatiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam hollarda allergik reaktsiyalar (toshma, eshakemi, Kvinke shishi); me'da-ichak funktsiyasini buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) kuzatilishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biror bir kamponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni kodein va dekstrometorfan kabi yo‘tal markazi faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu balg‘amni ajralib chiqishini qiyinlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Siropni saqlash vaqtida u biroz xiralashishi va ta'mi biroz o‘zgarishi mumkin, bu preparatning terapevtik samarasiga ta'sir qilmaydi.Fruktozani tug‘ma o‘zlashtirolmasligi bo‘lgan patsiyentlar uchun havf bor. Bunday holatda Aerolet preparatini faqat shifokorning nazorati ostida qo‘llash mumkin.
Homiladorlikda va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu patsiyentlar toifasida preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aerolet avtotransportni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan kunduzgi dozadan ancha yuqori dozalar (3 martadan ortiq doza) ni qabul qilish ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani chaqirishi mumkin. Bunday holatda patsiyent shifokorga murojaat qilishi kerak.Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 100 ml dan buraladigan himoya qopqoqli sariq rangli flakonda.1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga dori yo‘riqnomasi va o‘lchov stakani bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.Yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.