Gelisal sirop 27.78mg/5ml 100ml dan
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Gelisal sirop 27.78mg/5ml 100ml dan
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
GelisalTa'sir etuvchi modda (MNN): pechak barglarining ekstrakti
Dori shakli
sirop.Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:faol modda: oddiy pechak barglarining quruq ekstrakti (Hederae helicis folii extractum siccum 4–8:1)– 27,78 mg;
yordamchi moddalar: propilenglikol, kaliy sorbati, kristallanmaydigan suyuq sorbitol (E420), limon kislotasi monogidrati, ksantin kamedi, arpabodiyon aromatizatori, makrogol glitserol gidroksistearati, tozalangan suv.
Ta'rifi
Sariq-jigarrang rangli, arpabodiyon o‘tli xidli quyuq suyuqlik. Xiralashishi va cho‘kma hosil qilishi mumkin.Farmakoterapevtik guruhi
balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.ATX kodi: R05CA12
Farmakologik xususiyatlari
Gelisal preparati – o‘simliklardan olinadigan dori vositasi bo‘lib, faol modda - pechak barglarining ekstraktini saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va bronxlarning silliq mushaklariga kuchsiz spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytirib, uning ko‘chishi (evakuatsiyasi) ni tezlashtirishga yordam beradi. Bu nafasni yaxshilanishiga, yo‘talni kamayishi va yo‘qolishiga yordam beradi.Ta'sir mexanizmi oxirigacha ma'lum emas.
Qo‘llanilishi
O‘simliklardan olinadigan dori preparati bo‘lib, balg‘amli (nam) yo‘tal balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.Qo‘llash usuli va dozalari
DozalashIchga, ovqatdan keyin buyuriladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar — 1,25 ml (1/4 shprits) sirop (bu 6,945 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 1 marta buyuriladi.
1–4 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shprits) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2 marta buyuriladi;
4–12 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shprits) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;
12 yoshdan oshgan bolalar, kattalar — 5 ml (to‘liq shprits) sirop (bu 27,78 mg oddiy pechak barglarining quruq - ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;
Yuborish yo‘li
Ichga qabul qilinadi.
Shprits shaklidagi dozatordan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
1. Flakon qopqog‘i buraladi (pasga ezib, bosiladi va soat strelaksiga qarama-qarshi buraladi).
2. Dozator flakon boshchasidagi bo‘shliqqa bosib qiritilgan bo‘lishi kerak.
3. Dozatorni to‘ldirish uchun, flakonni tagini tepaga aylantiriladi, so‘ngra dozator porshenini ehtiyotkorlik bilan pasga tortiladi, shpritsga preparatning zarur bo‘lgan miqdorini olinadi.
4. Flakonnni avvalgi holatiga aylantiriladi va undan doztorni ehtiyotkorlik bilan aylantirib, ajratib olinadi.
5. Dozatorning uch qismini bolaning og‘izga kiritib, keyin sekin porshenni bosib, dozator ichidagisi yuboriladi.
6. Qo‘llab bo‘lgandan keyin, flakondagi qopqoqni yaxshilab buraladi; dozatorni yuvib, quritiladi.
Qo‘llash davomiyligi
Agar dori vositasini qo‘llashni boshlagandan keyin yo‘tal bir xaftadan ortiq saqlanib tursa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish zarur.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan reaktsiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) haqida xabar berilgan. Tez-tezligi noma'lum
Allergik reaktsiyalar (eshakemi, teri toshmalari, yuzda qizil dog‘lar, nafas olishni qiyinlashishi) haqida ma'lumotlar mavjud. Tez-tezligi noma'lum
Barcha nojo‘ya (g‘ayri oddiy) samaralar, shu jumladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralarni paydo bo‘lishi to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar berish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga yoki Araliaceae oilasiga mansub o‘simliklariga, shuningdek har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarida qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xabar berilmagan.
Biroq, kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ikki yoshgacha bo‘lgan bollarda Gelisal preparati bilan davolashni shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng boshlash lozim.4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uzoq muddatli yoki qayta takrorlanuvchi yo‘talda preparat bilan davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Xansirash, isitma va yiringli yo‘talda shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish zarur.
Kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Gastrit va me'daning yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma'lumot
Sirop qand saqlamasligi tufayli uni diabeti bo‘lgan patsiyentlar qabul qilishlari mumkin.
Preparat sorbit saqlaydi.
5 ml preparatda 4,2 g kristallanmaydigan suyuq sorbitol (E420) saqlanadi, bu 2,94 g sorbitga muvofiq keladi.
Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydtgan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari lozim.
Homiladorlik yoki laktatsiya davri. Preparatni homilador ayollarda va emizikli ayollarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuningdek preparatni homilaga ta'siri bo‘yicha ham ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni faqat ona uchun foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
SimptomlariDoza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va xavotirlik hissini chaqirishi mumkin.
1,8 g o‘simlik hom ashyosiga to‘g‘ri keladigan, oddiy pechak barglarining ekstrakti tasodifan qabul qilgan 4 yoshli bolada agressiv holat va diareya kutatilganligi xaqida xabar berilgan.
Davolash
Doza oshirib yuborilgan holatlarida simptomatik davolashni o‘tkazish bilan patsiyentni holatini nazorat qilish zarur.
Chiqarilish shakli
100 ml dan preparat kafolat xalqasi bo‘lgan buraladigan polietilen qopqoqli va bolalarni flakonni ochishiga to‘sqinlik qiluvchi xavfsizlik moslamasi bo‘lgan, adaptorli jigarrang polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va peroral yuborish uchun dozator-shprits bilan birga karton qutilarga joylanadi.Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Flakon birinchi marta ochilganidan keyin preparatni 6 oy davomida ishlatish mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili
Medana Farma AJ
Loketka ko‘ch. 10., 98-200 Seradz, V. Polsha
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.