Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Linkas Plyush past. №16
Linkas Plyush past. №16
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Linkas Plyush
Dori shakli
qandsiz pastilkalar
Tarkibi
Har bir pastilka quyidagilarni saqlaydi
faol modda pechak barglari ekstrakti kukuni - 5 mg;
yordamchi moddalar izomalt, limon kislotasi, askorbin kislotasi, mentol, manoammoniy gliyirrizinati, yalpiz xushbo‘yi, qizil bo‘yovchi, asal aromatizatori, evkalipt moyi.
Ta'rifi och-qizildan to pushti ranggacha bo‘lgan, dumaloq, o‘ziga xos asal ta'mli pastilkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
yo‘talga qarshi vosita
ATX kodi R05CA.
Farmakologik xususiyatlari
Yo‘talga qarshi Linkas Plyu pastilkalari – o‘simliklardan olingan preparat, pechak barglarining quruq ekstrakti kukunini saqlaydi, nafas yo‘llari katarini va bronxit, astma, bronxoektazlar va pnevmoniya kabi bronxial surunkali yallig‘lanish kasalliklarni simptomlarini davolashda isbotlangan samaraga ega. Pechak barglari mukolitik va spazmolitik ta'sir ko‘rsatuvchi ingrediyentlarni saqlaydi.
Qo‘llanilishi
• tomoq og‘rig‘i;
• bronxlarning surunkali yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash uchun;
• maxsulotli (balg‘amli) yo‘tal bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir kataral kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va bolalarga (12 yoshli va undan katta) bir yoki ikki pastilkadan kuniga 3-4 marta;
bolalarga (6 yoshdan 12 yoshgacha) bir pastilkadan kuniga 4 marta;
bolalarga (3 yoshdan 6 yoshgacha) bir pastilkadan kuniga 3 marta; yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Davolashning davomiyligi davolash kursining davomiyligi bir haftani tashkil qiladi va yallig‘lanish kasalliklarini simptomlari yengillashganidan keyin shu dozada davolashni yana 2-3 kun davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat xavfsiz deb tan olingan va yaxshi o‘zlashtiriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-
Tarkibi
dagi xar qanday ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik
-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
• homilador va emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashishlari kerak.
• xansirash, isitma yoki yiringli balg‘am paydo bo‘lganda, darxol shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
• qabul qilayotgan doza o‘tkazib yuborilgan hollarda, dozani ikki barobar oshirib qabul qilmang.
Pechak barglaridan tayyorlangan yo‘talga qarshi pastilkalarni davolash sxemasi bo‘yicha qabul qilishni davom ettiring.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga
ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya chaqirishi mumkin. Bunday hollarda darxol shifokorga murojaat qiling.
Chiqarilish shakli
8 pastilkalar alyumin/PVX blisterda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan yopiladigan konvertda.
8 pastilkalar alyumin/PVX blisterda, 2 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
9 pastilkalar alyumin/PVX blisterda, 2 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“HERBION Naturals”
Xerbion Pakistan Prayvet Limited
30/28, Korangi sanoat xududi. Karachi, Pokiston.
www.herbion.com
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
«HERBION International Inc» vakolatxonasi
100016, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Alimkent 1-tor ko‘cha, 33a.
Tel./faks +998 71 294 59 84, +998 71 294 59 86.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.