Linkas Plyush past. №16
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Linkas Plyush past. №16
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Linkas PlyushDori shakli
Qandsiz pastilkalarTarkibi
Har bir pastilka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: pechak barglari ekstrakti kukuni - 5 mg;
yordamchi moddalar: izomalt, limon kislotasi, askorbin kislotasi, mentol, manoammoniy gliyirrizinati, yalpiz xushbo‘yi, qizil bo‘yovchi, asal aromatizatori, evkalipt moyi.
Ta'rifi
och-qizildan to pushti ranggacha bo‘lgan, dumaloq, o‘ziga xos asal ta'mli pastilkalar.Farmakoterapevtik guruhi
yo‘talga qarshi vositaATX kodi: R05CA.
Farmakologik xususiyatlari
Yo‘talga qarshi Linkas Plyu pastilkalari – o‘simliklardan olingan preparat, pechak barglarining quruq ekstrakti kukunini saqlaydi, nafas yo‘llari katarini va bronxit, astma, bronxoektazlar va pnevmoniya kabi bronxial surunkali yallig‘lanish kasalliklarni simptomlarini davolashda isbotlangan samaraga ega. Pechak barglari mukolitik va spazmolitik ta'sir ko‘rsatuvchi ingrediyentlarni saqlaydi.Qo‘llanilishi
• tomoq og‘rig‘i;• bronxlarning surunkali yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash uchun;
• maxsulotli (balg‘amli) yo‘tal bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir kataral kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va bolalarga (12 yoshli va undan katta): bir yoki ikki pastilkadan kuniga 3-4 marta;bolalarga (6 yoshdan 12 yoshgacha): bir pastilkadan kuniga 4 marta;
bolalarga (3 yoshdan 6 yoshgacha): bir pastilkadan kuniga 3 marta; yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Davolashning davomiyligi: davolash kursining davomiyligi bir haftani tashkil qiladi va yallig‘lanish kasalliklarini simptomlari yengillashganidan keyin shu dozada davolashni yana 2-3 kun davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat xavfsiz deb tan olingan va yaxshi o‘zlashtiriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Tarkibidagi xar qanday ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
• homilador va emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashishlari kerak.• xansirash, isitma yoki yiringli balg‘am paydo bo‘lganda, darxol shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
• qabul qilayotgan doza o‘tkazib yuborilgan hollarda, dozani ikki barobar oshirib qabul qilmang.
Pechak barglaridan tayyorlangan yo‘talga qarshi pastilkalarni davolash sxemasi bo‘yicha qabul qilishni davom ettiring.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya chaqirishi mumkin. Bunday hollarda darxol shifokorga murojaat qiling.Chiqarilish shakli
8 pastilkalar alyumin/PVX blisterda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan yopiladigan konvertda.8 pastilkalar alyumin/PVX blisterda, 2 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
9 pastilkalar alyumin/PVX blisterda, 2 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin joyda, 30ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.