Linkas sirop shakarsiz 90ml
24 500 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Linkas sirop shakarsiz 90ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Linkas bez saxaraDori shakli
Sirop.Tarkibi
Har 10 ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:faol moddalar:
Komponent
Miqdori
Tomirli adxatoda 600 mg
Qizil achchiq qalampir 100 mg
Keng bargli kordiya 100 mg
Dorivor gulxayri 100 mg
Haqiqiy chilonjiyda 100 mg
Gulyonbargli onosma 100 mg
Yalang‘och Chuchukmiya 75 mg
Dorivor Issop 50 mg
Katta Kalgan 50 mg
Hushbo‘y gunafsha 25 mg
yordamchi moddalar:
Komponent
Miqdori
Propilenglikol 1252 mg
Natriy saxarin 15 mg
70% li Sorbit eritmasi 4000 mg
Glitserin 1000 mg
Limon kislotasi 20 mg
Metilparaben 10,928 mg
Propilparaben 2,168 mg
Qalampir yalpiz moyi 0,00275 ml
Qalampirmunchoq moyi 0,00125 ml
Ionsizlantirilgan suv yetarli miqdorda 10 ml
Ta'rifi
o‘ziga xos hidli, jigarrang rangli siropFarmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun qo‘llanadigan vosita.ATX kodi: R05CA10
Farmakologik xususiyatlari
Dorivor o‘tlardan olingan majmuaviy preparat bo‘lib, yo‘tal va shamollashning turli belgilarini yengillashtirishga yordam beradi.LINKAS yallig‘langan to‘qimalarning yuzasida yupqa himoya pardasini hosil qiladi. Shunday qilib, u quruq va ta'sirlovchi yo‘talda yumshatuvchi va tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va yo‘talga qarshi mahalliy vosita sifatida ta'sir ko‘rsatadi.
LINKAS yopishqoq quyuq balg‘amni suyultiradi va nafas yo‘llaridan balg‘amni ajralib chiqishiga yordam beradi hamda bakteriyalarni o‘sishi uchun muhitni bartaraf qilib, balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
LINKAS burun yo‘llarining shilliq qavati shishini kamaytiradi va bronxlarning spazmini kamaytiradi.
Shunday qilib nafasni yengillashtiradi va bronxospazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Preparat tarkibidagi komponentlarning xarakterli xususiyatlari
Tomirli adxatoda
Balg‘am ko‘chiruvchi, bronxolitik, spazmolitik, mukolitik, isitmani tushiruvchi
Yalang‘och chuchukmiya
Balg‘am ko‘chiruvchi, yumshatuvchi, spazmolitik, yallig‘lanishga qarshi
Qizil achchiq qalampir
Balg‘am ko‘chiruvchi, yo‘talga qarshi
Hushbo‘y gunafsha
Antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi, isitmani tushuruvchi
Dorivor Issop
Ter almashishini kuchaytiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, spazmolitik
Katta kalgan
Balg‘am ko‘chiruvchi, yel haydovchi, bronxolitik
Kengbargli kordiya
Antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, spazmolitik
Dorivor gulxayri
Bronxolitik, yo‘talga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, immunitetni rag‘batlantiruvchi, burushtiruvchi
Haqiqiy chilonjiyda
Yumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi
Gulyonbargli onosma
Spazmolitik, yumshatuvchi, isitmani tushiruvchi, organizmning tonusini oshiruvchi
Qo‘llanilishi
- Yo‘tal va shamollash.- Quruq va ta'sirlovchi yo‘tal.
- Astma va bronxit (o‘tkir va surunkali) bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘tal.
- Faringit, traxeit, anginada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar: 2 choy qoshiq (10 ml) dan kuniga 3-4 marta qabul qilinadi.Bolalar: 1 choy qoshiq (5 ml) dan kuniga 3-4 marta qabul qilinadi.
Go‘daklar (6 oylik – 1 yosh): 1/2 choy qoshiq (2,5 ml) dan kuniga 3-4 marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilishi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan patsiyentlarda allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlarini individual o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtomobilni va boshqa mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.LINKAS avtomobilni va boshqa mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish va diareya. Dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.Davolash: simptomatik o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Sirop 90/120 va 150 ml sig‘imli flakonda.Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.