Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Хлоргексидин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
16 мг
Производитель
Нижфарм,АО,Россия
Chiqarillish shakli
Vaginal shamchalar
Geksikon qin shamch. 16mg №10 (Nijfarm) haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Geksikon
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) Xlorgeksidin
Dori shakli
Qin shamchalari
Tarkibi
Bir shamcha saqlaydi
faol modda xlorgeksidin biglyukonati - 16 mg (xlorgeksidin biglyukonati eritma sifatida ishlatiladi (20%li kontsentratsiya));
yordamchi moddalar shamchalar uchun asos - 3,10 g vaznli shamcha olish uchun yetarli miqdorda - makrogol-1500 (polietilenoksid 1500) 92-98%, makrogol-400 (polietilenoksid 400) 8-2%.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli shamchalar. Yuzasini marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptik vosita.
ATX kodi G01AX
Farmakologik xususiyatlari
Geksikon - mahalliy qo‘llash uchun antiseptik preparat, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, viruslarga nisbatan faol shu jumladan Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas vaginalis, Garderella vaginalis, Bacteroides fragilis, Herpes-Virus. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari, hamda bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari, zamburug‘lar, viruslar kuchsiz sezgirdirlar. Geksikon laktobatsillalarning funktsional faolligini buzmaydi. Qon, yiring borligida faolligini saqlaydi (garchi biroz pasaygan bo‘lsada).
Farmakokinetikasi
Qin ichiga qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi, tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarni oldini olish (xlamidioz, ureaplazmoz, trixomoniaz, gonoreya, sifilis, genital gerpes va boshqalar).
Akusherlik-ginekologiyada infektsion-yallig‘lanish kasalliklarni (ginekologik kasalliklarni operativ davolash oldidan, tug‘ruqlar va abortlar oldidan, bachadon ichki spiralni (BIS) qo‘yish oldidan va keyin, bachadon bo‘ynini diatermokoagulyatsiyasi oldidan va keyin, bachadon ichini tekshirishlari oldidan) oldini olish.
Bakterial vaginoz, kolpitlarni (shu jumladan nospetsifik, aralash, trixomonad), infektsion genezli bachadon bo‘yni eroziyalarni davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga. Qo‘llash oldidan shamcha kontur o‘ramdan ozod qilinadi.
Davolash uchun 1 shamchadan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida.
Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infektsiyalarni oldini olish uchun 1 shamchadan himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kech emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat bekor qilingandan keyin o‘tkinchi allergik reaktsiyalar, qichishish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yod bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Geksikon anion guruhini (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetiltsellyuloza) saqlovchi detergentlar va sovunlar bilan, agarda ular qin ichiga kiritilsa, to‘g‘ri kelmaydi. Tashqi jinsiy a'zolarni tozalash Geksikon qin shamchalarining samaradorligi va o‘zlashtirilishiga ta'sir qilmaydi, chunki preparat qin ichiga qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
Geksikon qin shamchalari, 1 yoki 5 shamcha kontur uyali o‘ramga joylanadi. Bir shamchali bir kontur uyali o‘ram ikki barmoqqa kiygizuvchisi bilan, bir yoki ikki 5 shamchali kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.