Geksikon qin shamch. 16mg №10 (Nijfarm)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Geksikon qin shamch. 16mg №10 (Nijfarm)
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
GeksikonTa'sir qiluvchi modda (XPN): Xlorgeksidin
Dori shakli
Qin shamchalariTarkibi
Bir shamcha saqlaydi:faol modda: xlorgeksidin biglyukonati - 16 mg (xlorgeksidin biglyukonati eritma sifatida ishlatiladi (20%li kontsentratsiya));
yordamchi moddalar: shamchalar uchun asos - 3,10 g vaznli shamcha olish uchun yetarli miqdorda - makrogol-1500 (polietilenoksid 1500) 92-98%, makrogol-400 (polietilenoksid 400) 8-2%.
Ta'rifi
oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli shamchalar. Yuzasini marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptik vosita.ATX kodi: G01AX
Farmakologik xususiyatlari
Geksikon - mahalliy qo‘llash uchun antiseptik preparat, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, viruslarga nisbatan faol: shu jumladan Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas vaginalis, Garderella vaginalis, Bacteroides fragilis, Herpes-Virus. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari, hamda bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari, zamburug‘lar, viruslar kuchsiz sezgirdirlar. Geksikon laktobatsillalarning funktsional faolligini buzmaydi. Qon, yiring borligida faolligini saqlaydi (garchi biroz pasaygan bo‘lsada).Farmakokinetikasi Qin ichiga qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi, tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarni oldini olish (xlamidioz, ureaplazmoz, trixomoniaz, gonoreya, sifilis, genital gerpes va boshqalar).Akusherlik-ginekologiyada infektsion-yallig‘lanish kasalliklarni (ginekologik kasalliklarni operativ davolash oldidan, tug‘ruqlar va abortlar oldidan, bachadon ichki spiralni (BIS) qo‘yish oldidan va keyin, bachadon bo‘ynini diatermokoagulyatsiyasi oldidan va keyin, bachadon ichini tekshirishlari oldidan) oldini olish.
Bakterial vaginoz, kolpitlarni (shu jumladan nospetsifik, aralash, trixomonad), infektsion genezli bachadon bo‘yni eroziyalarni davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga. Qo‘llash oldidan shamcha kontur o‘ramdan ozod qilinadi.Davolash uchun: 1 shamchadan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida.
Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infektsiyalarni oldini olish uchun: 1 shamchadan himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kech emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat bekor qilingandan keyin o‘tkinchi allergik reaktsiyalar, qichishish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yod bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Geksikon anion guruhini (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetiltsellyuloza) saqlovchi detergentlar va sovunlar bilan, agarda ular qin ichiga kiritilsa, to‘g‘ri kelmaydi. Tashqi jinsiy a'zolarni tozalash Geksikon qin shamchalarining samaradorligi va o‘zlashtirilishiga ta'sir qilmaydi, chunki preparat qin ichiga qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
Geksikon qin shamchalari, 1 yoki 5 shamcha kontur uyali o‘ramga joylanadi. Bir shamchali bir kontur uyali o‘ram ikki barmoqqa kiygizuvchisi bilan, bir yoki ikki 5 shamchali kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Bolalar olaolmaydigan joyda.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.