Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аmbroksol in'ektsiya uchun eritma 15 mg / 2 ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амброксол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
15мг/2мл
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ambroksol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ambroksol gidroxloridi
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ampula quyidagilarni saqlaydi
faol modda ambroksol gidroxloridi (100% moddaga qayta hisoblanganda) - 15 mg;
yordamchi moddalar limon kislotasi monogidrati, natriy xloridi, natriy fosfat geptagidrati (ikki asosli natriyli tuzning fosfat kislotasining geptagidrati), 0,1 mol/lxlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi R05CB06
Farmakologik xususiyatlari
Ambroksol o‘zgargan bronx – o‘pka sekretsiyasini normallashtiradi, balg‘amning reologik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, uning qovushqoqligini kamaytirib, bronxlardan balg‘amni chiqarilishini yengillashtiradi. Ambroksol alveolalarda 2 tur pnevmotsitlarga va Klar hujayralariga bevosita ta'sir qilish orqali sirt faol moddalar tizimini faollashuviga yordam beradi, embrion va yetuk xujayraning alveolar va bronx sohalarida sirt faol moddalarni (surfaktantni) hosil bo‘lishi va chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Bundan tashqari, ambroksolning antioksidant samaralari aniqlangan. Ambroksolni qo‘llashdan keyin balg‘amda va bronx sekretida antibiotiklarning kontsentratsiyasi oshadi.
Farmakokinetikasi
Oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 85% ni tashkil qiladi. Yarim parchalanish davri taxminan 22 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida 90% va 10% o‘zgarmagan ambroksol ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ambroksol balg‘amning ajralishi va ko‘chib chiqishi buzilgan o‘tkir va surunkali bronx-o‘pka kasalliklarini, sekretolitik davolash maqsadida qo‘llaniladi
-o‘tkir va surunkali bronxitlar, pnevmoniya;
-balg‘am ajralishini qiyinlashgan bronxial astma;
-bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ambroksol in'ektsiya uchun eritma mushak ichiga, teri ostiga yoki vena ichiga yuboriladi (sekin oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi). Erituvchi sifatida natriy xloridining 0,9% li eritmasi, glyukozaning 5% li eritmasi, Ringer – Lokka eritmasi yoki rN 6,3 dan yuqori bo‘lmagan boshqa bazisli eritma qo‘llanadi.
Kattalarga odatda 2 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, og‘ir hollarda doza ikki marta oshirilishi mumkin.
Bolalarga preparatni sutkalik dozani 1 kg tana vazniga 0,0012-0,0016 g hisobidan buyuriladi. Odatda 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 ml dan (1/2 ampula) sutkada 2 marta; 2 yoshdan 5 yoshgacha – 1 ml dan (1/2 ampula) 3 marta; 5 yoshdan katta bolalarga 2 ml dan (1 ampula) 2-3 marta buyuriladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalarda respirator distress – sindromida Ambroksol ampulaning sutkalik dozasi 0,01 g/kg ga oshiriladi (og‘ir hollarda – 0,03 g/kg gacha, 3-4 yuborishga bo‘lib buyuriladi).
Kasallikning o‘tkir belgilari yo‘qolgandan keyin in'ektsiyani to‘xtatiladi va ichga qabul qilishga yoki Ambroksol preparatini boshqa dori shakllariga rektal yuborishga o‘tiladi. Davolash davomiyligi kasallikning kechish xususiyatlariga bog‘liq. Ambroksol shifokor ko‘rsatmasiz 4-5 kundan ko‘p qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda
-bosh og‘rig‘i, charchoqlik, xolsizlik, oyoqlarda og‘irlik hissi;
-gastralgiyalar, ko‘ngil aynishi, qusish;
-o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (teri toshmasi, yuzning shishi, dispnoe, qichishish);
-issiqlik.
Juda kam hollarda
-allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Ambroksolga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ambroksol va quyidagi preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda
Yo‘talga qarshi preparatlar – yo‘tal refleksini kamayish fonida bronxlardan balg‘amni ajralib chiqishini qiyinlashishi kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
1 ampulada 1 mmol natriy (23 mg) saqlanishini e'tiborga olish lozim
Vena ichiga tez yuborilganida bosh og‘rig‘i, charchoqlik hissi va oyoqlarda og‘irlikni qo‘zg‘atishi mumkin.
Buyrakning funktsional qobiliyati cheklanganda va/yoki jigarning og‘ir darajali kasalliklarida Ambroksolni qabul qilayotgan dozani kamaytirib va preparatni qabul qilish orasidagi vaqtni uzaytirib alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Hozirgi vaqtgacha Ambroksol ni homila va chaqaloqlarga salbiy ta'siri xaqidagi yetarli ma'lumotlar yo‘q bo‘lishiga qaramay, Ambroksolni homiladorlikning II va III uch oyligida va laktatsiya davrida faqat foyda/xavf nisbatini davolovchi shifokor tomonidan sinchkov tahlilidan keyingina qo‘llash mumkin.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi ta'sirining o‘ziga xosligi
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari qo‘zg‘aluvchanlik, diareya, so‘lakning ko‘p ajralishi, qusish va gipotenziya.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
2 ml dan ampulalarda. 5,10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
.
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«RADIKS» XIICHK,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100054, Lutfiy ko‘ch. 50.
Tel 273-80-58, faks, 273-92-31.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.