Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kaslirol sirop 250mg/5ml 100ml dan №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Карбоцистеин
Страна производитель
Турция
Дозировка
250 мг/5 мл 100 мл
Производитель
Dr.Sertus Ilac Sanayi Ve Ticaret Limited, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kaslirol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Karbotsistein
Dori shakli
Sirop
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda 250 mg karbotsistein.
yordamchi moddalar saxaroza, metilparagidroksibenzoati, 96% li etanol, «Karamel» aromatizatori, «Rom» aromatizatori, «Koritsa» aromatizatori, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi och jigarrang rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan, o‘ziga xos dolchin hidli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar. Mukolitik vosita.
ATX kodi R05CB03
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Karbotsistein – balg‘am ko‘chiruvchi va mukolitik vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, karbotsistein mukoproteinlarni saqlovchi barcha strukturalarida (nafas, me'da-ichak yo‘llari (MIY), siydik-tanosil tizimi, ichki quloq) shilliqning holatini boshqaradi.
Karbotsistein bronxlarning shilliq qavatidagi bokalsimon hujayralar fermenti – sialat transferazani faollashtiradi. Karbotsistein shilliqning biokimyoviy va fizikaviy hususiyatlarini o‘zgartiradi, uning qovushqoqligi va elastikligini tiklaydi. Shilliqning gelli fazasiga ta'sir qilib, glikoproteinlardagi disulfid ko‘prikchalarini parchalaydi va patologik qovushqoq sekretni suyultiradi va shu orqali balg‘amni ajralib chiqishiga yordam beradi. Bronxial sekretdagi nordon va neytral sialomutsinlarning miqdoriy nisbatini normallashtiradi (neytral glikopeptidlarning miqdorini kamaytiradi, gidroksisialoglikopeptidlarning miqdorini oshiradi).
Karbotsistein shilliq qavatning regeneratsiyasiga yordam beradi, uning strukturasini normallashtiradi, bokalsimon hujayralarning, ayniqsa terminal bronxlardagi bokalsimon hujayralarning sonini reduktsiya qiladi, va buning oqibatida shilliq ishlab chiqarilishini kamaytiradi, kipriksimon epiteliyning faoliyatini faollashtiradi, mukotsiliar klirensni yaxshilaydi. Yallig‘lanish mediatorlarining mahalliy samarasini susaytiradi, antibiotiklarni bronxial sekretga o‘tishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Karbotsistein ichga qabul qilinganidan so‘ng ovqat hazm qilish tizimidan tez so‘riladi. Jigar orqali birinchi marta o‘tganida faol metabolizmga uchraydi. Qonda maksimal kontsentratsiyasi (Smax) peroral qabul qilinganidan so‘ng 2 soatdan keyin rivojlanadi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil etadi. Qonda, jigarda va o‘rta quloqda karbotsisteinning kontsentratsiyasini qolgan a'zolar va to‘qimalardagiga nisbatan ancha uzoqroq aniqlanadi (o‘rta quloqda – yuborilgan vaqtdan boshlab 24 soatgacha vaqt davomida). 3 sutkadan keyin butunlay chiqariladi. Karbotsistein va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi, qisman o‘zgarmagan holda, qisman metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining, qovushqoq shilliqni haddan tashqari ko‘p hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadigan kasalliklarini, shu jumladan nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklarini qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirop ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan, ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soatdan keyin qabul qilgan afzal.
Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga 15 ml dan (15 ml preparat 750 mg karbotsistein saqlaydi) sutkada 3 marta (karbotsisteinning sutkalik dozasi 2250 mg ni tashkil etadi) buyuriladi, keyinchalik sutkalik doza 10 ml gacha pasaytirilib (karbotsisteinning sutkalik dozasi 1500 mg ni tashkil etadi) sutkada 3 marta buyuriladi.
5-12 yoshdagi bolalarga 5 ml dan (5 ml preparat 250 mg karbotsistein saqlaydi) sutkada 3 marta buyuriladi.
2-5 yoshdagi bolalarga 1,25-2,5 ml dan (1 ml preparat 50 mg karbotsistein saqlaydi) sutkada 4 marta buyuriladi.
Siropni dozalash uchun o‘ramida mavjud bo‘lgan o‘lchov stakanidan foydalaniladi.
Davolashni shifokor bilan maslahatlashmasdan 8-10 kundan ortiq davom ettirish mumkin emas.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
karbotsisteinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida;
fruktozani o‘zlashtirolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligida;
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – anafilaktik reaktsiyalar, dori vositasi ta'sirida paydo bo‘lgan mahalliy toshmalar.
MIY tomonidan uchrash tezligi noma'lum – qusish, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – teri toshmasi, allergik genezli teri toshmasi, bullez dermatit (Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema).
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat folkodin bilan birga qo‘llanganida karbotsistein eritmadan cho‘kmaga tushadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni gastroduodenal yara bilan xastalangan keksa yoshdagi patsiyentlar qabul qilganda yoki me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishini yuzaga keltiruvchi yondosh dori vositalarni qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi rivojlanganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikning birinchi uch oyligida va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransport haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining eng ko‘p kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlari me'da-ichak tizimi tomonidan buzilishlar hisoblanadi.
Davolash me'dani yuvish bilan keyinchalik shifokorning kuzatuvida bo‘lishdan iborat.
Chiqarilish shakli
Sirop 100 ml yoki 200 ml dan buraladigan qopqoqli sariq rangli shisha flakonlarda.
1 flakon o‘lchov stakani va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.