Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Prospan ichga qabul qilish uchun eritma 5ml №21
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Экстракт сухой листьев плюща обыкновенного
Страна производитель
Германия
Производитель
Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Prospan®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) pechak barglarining quruq ekstrakti
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma.
Tarkibi
5 ml eritma (1 paketcha) quyidagilarni saqlaydi
faol modda pechak barglarining quruq ekstrakti, 35 mg pechak quruq ekstrakti [(5-7,5)1], estragent 30 hajm % etanol.
yordamchi moddalar kaliy sorbat (konservant), suvsiz limon kislotasi, 70% sorbit eritmasi (kristall hosil qiladigan), ksantan kamedi, Frescofort Permaseal aromatizator, tabiiy apelsin aromatizatori, mentol, tozalangan suv.
Ta'rifi och jigarrang, meva hidli va mentol ta'mli xiraroq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan yo‘talga qarshi preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uning ko‘chishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Preparat yuqori nafas yo‘llari va o‘pkaning yo‘tal va qiyin ajraladigan balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi yallig‘lanish kasalliklarini davolashda, balg‘amni ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 paketcha (5 ml) dan kuniga 3 marta qabul qilinadi, 105 mg pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi, 6-11 yosh bolalarga 1 paketcha (5 ml) dan kuniga 2 marta, 70 mg pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi.
Paketchani qo‘llashdan oldin biroz ezish kerak. Eritmani aralashtirmasdan ertalab (tushlikda) va kechqurun qabul qilish kerak.
Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga va og‘irlik belgilariga bog‘liq, odatda bir haftani tashkil qiladi.
1 hafta davomida holatining yaxshilanishi bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi me'da-ichak buzilishlari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri o‘tkazilmagan. Hozirgi vaqtgacha o‘zaro ta'sirlar ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas. Preparat sorbit saqlaydi. Agar uni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llasa, patsiyent har qabulda 1,9 g gacha sorbit qabul qiladi.
Fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarga Prospan yo‘talga qarshi eritmani qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q, preparatni bu vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kundalik buyurilgan dozadan ahamiyatli darajada yuqori (3 martadan ortiq) dozani qabul qilish ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani chaqirishi mumkin. Doza oshirib yuborilganda simptomtik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
5 ml dan ichga qabul qilish uchun eritma paketchalarda; 21 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25˚S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Engelgard Artsnaymittel GmbX&Ko KG.,
Xertsbergshtrasse, 3, D – 61138 Niderdorfelbden, Germaniya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, 100041, Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, Navnixol ko‘ch. 86
Tel. +99871 230 91 93
email intopharm@zoho.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.