Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rengalin ichga qabul qilish uchun gomeopatik eritma 100 ml (flak)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антитела к брадикинину аффинно очищенные, антитела к гистамину аффинно очищеные
Страна производитель
Украина
Дозировка
25 мг
Производитель
ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rengalin
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun gomeopatik eritma
Tarkibi
100 ml quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
bradikininga affin tozalangan antitelalar – 0,12 g*,
gistaminga affin tozalangan antitelalar – 0,12 g*,
morfinga affin tozalangan antitelalar – 0,12 g*;
*muvofiq ravishda 10012, 10030, 10050 marta suyultirilgan substantsiyaning uch faol suvli aralashmalari ko‘rinishida chiqariladi.
yordamchi moddalar 1,0 g gipromelloza, 6,0 g maltitol, 3,0 g glitserol, 0,165 g sorbat kaliy, 0,02 g suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv 100 ml gacha.
Ta'rifi rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
yo‘talga qarshi vosita
ATX kodi R05DB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparatning komponentlari endogen regulyatorlarni tegishli retseptorlar bilan ligand-retseptor o‘zaro ta'siri faolligini modifikatsiya qilishi eksperimentlarda namoyish etilgan; morfinga antitelalar (preparatning komponenti) opiat retseptorlar bilan o‘zaro ligand-retseptor endogen regulyator; gistaminga antitelalar – N1 gistamin retseptorlari bilan; bradikininga antitelalar – bradikininningretseptorlari bilan; bunda komponentlarni birga qo‘llash yo‘talga qarshi samarani kuchayishiga olib keladi.
Yo‘talga qarshi ta'sirinidan tashqari, majmuaviy preparat uning tarkibiga kiruvchi komponentlar hisobiga yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, antiallergik, spazmolitik (gistaminga antitelalar, bradikininga antitelalar) va og‘riq qoldiruvchi (morfinga antitelalar) ta'sir ko‘rsatadi.
Rengalin majmuaviy preparati gistaminga-bog‘liq N1-retseptorlar va bradikininga-bog‘liq V1 va V2-retseptorlarni modifikatsiya qilish hisobiga uzunchoq miyadagi yo‘tal markazining qo‘zg‘aluvchanligini tanlab pasaytiradi, yo‘tal refleksining markaziy bo‘g‘inlarini tormozlaydi. Talamusdagi og‘riq sezuvchanligi markazlarini susaytirib, bosh miya po‘stlog‘iga og‘riq impulslarini o‘tkazilishini bloklaydi. To‘qima va plazmadagi algogenlar (gistamin, bradikinin, prostaglandin va boshqalar) ning ajralib chiqishini kamaytirish oqibatida periferiyadan og‘riq impulslarini oqimini ingibitsiya qiladi. Narkotik analgetiklardan farq qilib, nafasni susayishi, doriga qaramlikni chaqirmaydi, narkogen va uxlatuvchi ta'sirga ega emas.
Bronxospazmni yengillashtirib, o‘tkir faringit, laringit va bronxitni namoyon bo‘lishini yengillashtiradi. Semiz xujayralarda gistamin va bradikininni sintezini va ajralib chiqishiga ta'siri orqali allergik reaktsiyalarning tizimli va mahalliy simptomlarini bartaraf etadi.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Rengalin preparatining faol komponentlarini biologik suyuqliklarda, a'zolar va to‘qimalarda aniqlash imkonini bermaydi, bu farmakokinetikasini texnik jihatdan o‘rganib bo‘lmasligini bildiradi.
Qo‘llanilishi
Yo‘tal va bronxospazm bilan kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari. Gripp va O‘RVI, o‘tkir faringit, laringotraxeit, o‘tkir obstruktiv laringit, surunkali bronxit va yuqori va quyi nafas yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish va allergik kasalliklarida balg‘amli va quruq yo‘talda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Bir qabul qilishga – 1-2 choy qoshiq (5-10 ml) - ovqatlanishdan tashqari. Preparatning maksimal samarasi uchun yurishdan oldin eritmani og‘izda ushlab turish kerak.
1-2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta qabul qilinadi. Holatning og‘irlik darajasiga qarab birinchi uch kunda qo‘llash tez-tezligi sutkada 4-6 martagacha oshirilishi mumkin.
Davolash davomiyligi kasallik og‘irligiga bog‘liq va davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Agar keltirilgan nojo‘ya samaralar kuchaysa, yoki Siz yo‘riqnomaga keltirilmagan boshqa har qanday nojo‘ya samarani sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik (tarkibida maltoza borligi sababli).
Ehtiyotkorlik bilan qandli diabet.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda Rengalin preparatini yondosh davolash sifatida qabul qilinayotgan dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar olinmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Quruq (mahsulotsiz) yo‘tal bilan kechuvchi kasalliklar, uni nam (mahsulotli) yo‘talga olib kelishiga yordam beradi.
Zarurati bo‘lganida mukolitiklar bilan qo‘llash mumkin.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar preparatning har bir qoshig‘i (5 ml) 0,02 non birligiga (NB) muvofiq keluvchi 0,3 g maltitol saqlashini yodda tutishlari kerak. Maltitolning metabolizmi uchun insulin zarur, garchi sekin gidroliz va me'da-ichak yo‘llarida so‘rilishi sababli insulinga ehtiyoj kam. Maltitolning energetik qiymati 10 kDj yoki 2,4 kkal/g, bu saxarozaga qaraganda kam. Bir choy qoshiq preparatning energetik qiymati taxminan 5,7 kDj (1,37 kkal) ni tashkil qiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida Rengalinni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Homiladorlik va emizish davrida preparat faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsagina qo‘llanadi. Foyda/xavf nisbatini davolovchi shifokor belgilaydi.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
O‘rganilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar (maltitol, glitsero) bilan bog‘liq dispeptik ko‘rinishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) kuzatilishi mumkin.
Davolash – simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun gomeopatik eritma.
100 ml dan birinchi ochilishi nazoratli polietilenli tomchilagichli qopqoqcha bilan berkitilgan, OS markali shisha yoki rangli shisha flakonlarda. Har bir flakon davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilgan yuridik shaxs, va Rossiya Federatsiyasi hududida e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ,
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-nchi Samotechnыy per., 9 uy.
Tel./faks +7 (495) 684-43-33.
«Ishonch» telefonlari +7 (495) 681-09-30, +7 (495) 681-93-00.
E-mail hotline@materiamedica.ru
Dori preparatini ishlab chiqarish joyining manzili
Rossiya, 454139, Chelyabinsk sh., Buguruslanskaya ko‘ch., 54 uy.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ ni vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent sh, Yakkasaroy tumani,
Tarobiy ko‘ch.,11 uy
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.