Gayneks suppozitorii 500 mg 2х7
99 200 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Gayneks suppozitorii 500 mg 2х7
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
GayneksTa'sir etuvchi modda (XPN): metronidazol va mikonazol nitrat
Dori shakli
vaginal suppozitoriylarTarkibi
Har bir vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: metronidazol – 500 mg, mikonazol nitrati – 100 mg;
yordamchi moddalar: qattiq yog‘.
Ta'rifi
oq rangdan och-sariq ranggacha bo‘lgan torpeda shaklidagi suppozitoriylar.Farmakoterapevtik guruhi
ginekologiyada qo‘llaniladigan antibakterial, protozoyga qarshi va zamburug‘larga qarshi preparat.ATX kodi: G01AF20
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Gayneks suppozitoriylari tarkibiga zamburug‘larga qarshi ta'sirga ega mikonazol nitrat hamda antiseptik va antitrixomonad ta'sirga ega metronidazol kiradi. Mikonazol nitrat zamburug‘larga qarshi ta'sirga ega imidazolning sintetik hosilasi hisoblanadi, keng ta'sir doirasiga ega, ayniqsa, patogen zamburug‘larga, shu jumladan Candida albicansga qarshi kurashda samarali. Bundan tashqari, mikonazol nitrat Gram (+) bakteriyalarga qarshi kurashda samaralidir. Mikonazol nitrat o‘z ta'sirini sitoplazmatik membranada ergosterol sintezi orqali amalga oshiradi. Mikonazol nitrat Candida har xil turlari mikotik hujayralari o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va in vitro glyukoza utilizatsiya qilinishini susaytiradi.5-nitroimidazol hosilasi metronidazol antiprotozoy va antibakterial preparat hisoblanadi hamda anaerob bakteriyalar va Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis kabi oddiy bir hujayrali organizmlar, shuningdek anaerob streptokokklarni o‘z ichiga oladigan anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan ayrim infektsiyalarga qarshi samaralidir.
Mikonazol nitrat va metronidazol sinergik yoki antagonistik ta'sirga ega emas.
7 kun davomida klinik/mikrobiologik vaginit tashxisi bo‘lgan 104 nafar patsiyent ayolda Gayneks suppozitoriylari samaradorligi va xavfsizligini baholash bo‘yicha ochiq ko‘p markazli nazoratsiz klinik tadqiqotda erishilgan klinik davolash ko‘rsatkichlari kandidozli vulьvovaginitda 96,6%, bakterial vaginozda 98,1%, trixomonad vaginit uchun 97,3% va aralash vaginal infektsiya uchun 98,5% ni tashkil etgan. Mikrobiologik davolash ko‘rsatkichlari, tegishli ravishda, har bir infektsiya uchun 89,8%, 96,2%, 100%, 91,7% ni tashkil etgan.
Gayneks suppozitoriylari samaradorligi, xavfsizligi va chidamliligini baholash uchun o‘tkzilgan randomizatsiyalangan ochiq solishtirish tadqiqotida klinik va mikrobiologik davolash ko‘rsatkichlari, tegishli ravishda, 84% va 76% ni tashkil etishi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
SingishiMikonazol nitrat: mikonazol nitratning intravaginal absorbtsiyasi juda quyi (dozaning taxminan 1.4%).
Mikonazol suppozitoriylari intravaginal qo‘llanilganidan so‘ng mikonazol nitrat plazmada aniqlanmaydi.
Metronidazol: intravaginal qo‘llanilganida metronidazolning biokiraolishligi peroral qo‘llanilgan holatdagiga nisbatan 20% ni tashkil etadi. Har kuni metronidazol suppozitoriylari intravaginal qo‘llanilganidan so‘ng metronidazolning plazmadagi kontsentratsiyasi muvozanatli darajalari 1.1-5.0 mkg/ml ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Mikonazol nitrat: oqsillar bilan bog‘lanish darajasi 90%-93% ni tashkil etadi. Orqa miya suyuqligida taqsimlanishi ancha quyi, biroq u boshqa to‘qimalarda yaxshi taqsimlanadi. Taqsimlanish hajmi 1400 l ni tashkil etadi.
Metronidazol: organizm to‘qimalarida va suyuqliklarida, shu jumladan safro, suyak to‘qimasi, sut bezlari, sut, bosh miya abstsesslari, orqa miya suyuqligi, jigar va jigar abstsesslari, so‘lak, maniy va vaginal sekretda keng taqsimlanadi hamda plazmadagi shunday kontsentratsiyalarga o‘xshash kontsentratsiyalarga erishiladi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi va tezda homila qon aylanishiga tushadi. 20% dan ko‘p bo‘lmagan miqdori plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmi 0.25-0.85 l/kg ni tashkil etadi.
Metabolizmi
Mikonazol nitrat: jigarda metabollanadi. Ikkita faol bo‘lmagan metabolit (2,4-dixlorfenil-1 H imidazoletanol va 2,4-dixlor bodom kislotasi) aniqlangan.
Metronidazol: jigarda oksidlanish orqali faol gidroksi-metabolitga metabollanadi. Metronidazolning asosiy metabolitlari gidroksi-metabolit va sirka kislotasi siydik bilan chiqariladi. Gidroksil metaboliti metronidazolning 30% biologik faolligiga ega.
Chiqarilishi
Mikonazol nitrat: yarim chiqarilish davri 24 soatni tashkil etadi. 1% dan kamroq miqdori siydik bilan chiqariladi. Taxminan 50 foizi, odatda, o‘zgarmagan shaklda axlat bilan chiqariladi.
Metronidazol: yarim chiqarilish davri 6-11 soatni tashkil etadi. Metronidazol dozasining taxminan 6%-15% miqdori axlat bilan chiqariladi, 60%-80% miqdori o‘zgarmaydi va metabolitlar kabi siydik bilan chiqariladi. Metronidazolning taxminan 20% miqdori o‘zgarmagan shaklda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Candida albicans zamburug‘li mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan kandidozli vulьvovaginitni davolash, bakterial vaginitni davolash, shuningdek Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan trixomonadli vaginitni va aralash vaginal infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi.Qo‘llash usuli va dozalar
Dozalash
Bitta suppozitoriy 7 kun davomida kechasi uxlashdan oldin haznaga chuqur joylashtirilishi kerak. Takroriy davolashda 14 kun davomida kechasi bitta suppozitoriy qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
Menstrual davrda preparat samaradorligi kamayishi yoki qo‘llanilish vaqtida boshqa qiyinchiliklar paydo bo‘lishi tufayli Gayneks suppozitoriylari qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.
Qo‘llash usuli
Faqat intravaginal qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Gayneks suppozitoriylari yotgan holatda haznaga chuqur joylashtirilishi kerak.
Peroral yoki boshqa usulda qo‘llanilmasin.
Alohida patsiyentlar guruhlari uchun qo‘shimcha axborot
Buyrak/jigar yetishmovchiligi
Buyrak yetishmovchiligida metronidazolning yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi. Tegishli ravishda, dozani kamaytirish talab qilinmaydi, biroq gemodializ talab qilinadigan buyraklar funktsiyalarining jiddiy buzilishlarida dozaga tuzatish kiritilishi kerak.
Jigar funktsiyalarining jiddiy buzilishlarida metronidazol klirensi buzilishi mumkin. Metronidazol qon plazmasida darajasini oshirishi tufayli entsefalopatiya simptomlarini kuchaytirishi mumkin, shu tufayli jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak.
Bolalar yoshidagi patsiyentlar
18 yoshdan kichik yoshdagi bolalarda qo‘llanilmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Ma'lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlar
Quyida keltirilgan nojo‘ya holatlarning takrorlanish tezligi quyidagi tavsifga asosan aniqlanadi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha); juda kam hollarda (<1/10,000); takrorlanish tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha baholanishi mumkin emas).
Tizimli nojo‘ya ta'sirlarning takrorlanish tezligi juda kam, chunki metronidazol intravaginal qo‘llanilganidan so‘ng plazmada juda quyi darajalari kuzatiladi (peroral qabul qilishga nisbatan 2-12%). Mikonazol nitrat qo‘llanilishi, boshqa intravaginal qo‘llaniladigan imidazol hosilalari, zamburug‘larga qarshi preparatlar kabi vaginal yallig‘lanishni (lovullatib achitish, qichishish) chaqirishi mumkin (2–6%). Vaginitda hazna shilliq qavati yallig‘lanishi mumkin, shu tufayli birinchi suppozitoriy qo‘llanilganidan so‘ng yoki davolashning uchinchi kuniga yaqin haznada lovullatib achitish va qichishish paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu simptomlar davolash davom ettirilishiga qarab sezilarli darajada kamayadi. Jiddiy yallig‘lanishlar paydo bo‘lgan holatda, davolashni to‘xtatish kerak.
Tizimli qo‘llanilganida paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlar quyida keltirilgan:
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Takrorlanish tezligi noma'lum: Leykopeniya
Immun tizim tomonidan buzilishlar
Takrorlanish tezligi noma'lum: O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, allergik reaktsiyalar, og‘ir darajali anafilaksiya holatlari.
Psixik buzilishlar
Tez-tez emas: Depressiya
Juda kam hollarda: Psixik buzilishlar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: Bosh aylanishi, bosh og‘rishi.
Takrorlanish tezligi noma'lum: Charchoqlik yoki kuchsizlik, ataksiya, konvulьsiya, metronidazol bilan intensiv va/yoki uzoq vaqt davolanish tufayli periferik nevropatiya.
Me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlar
Takrorlanish tezligi noma'lum: Ta'm sezishlar o‘zgarishi, metall ta'mi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich qotishi, og‘iz qurishi, diareya, ishtaha yo‘qolishi, qorindagi og‘riq yoki spazmalar.
Umumiy buzilishlar va dori yuborilgan joydagi reaktsiyalar
Juda tez-tez: Haznadan ajratmalar.
Tez-tez: Vaginit, vulvovaginal yallig‘lanish, tos suyagi sohasidagi noqulaylik.
Tez-tez emas: Chanqoqlik hissi.
Kam hollarda: Haznada lovullatib achitish, qichishish, yallig‘lanish, qorindagi og‘riq, toshma.
Takrorlanish tezligi noma'lum: Mahalliy yallig‘lanish yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik, aloqali dermatit.
Ushbu nojo‘ya ta'sirlar intravaginal qo‘llanilganida metronidazolning qondagi kontsentratsiyasi sezilarli darajada quyi bo‘lishi tufayli kam hollarda kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Gayneks suppozitoriylari quyidagi holatlarda qo‘llanilmasligi kerak:- faol tarkibiy moddaga va uning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- davolanish vaqtida yoki davolashdan so‘ng 3 kun davomida alkogol iste'mol qilgan patsiyentlarda;
- davolanish vaqtida yoki davolashdan so‘ng 2 hafta davomida disulьfiram qabul qiladigan patsiyentlarda;
- homiladorlikning dastlabki uch oyligi vaqtida;
- porfiriya, epilepsiya, jigar funktsiyalarining jiddiy buzilishlarida.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Quyida qayd etilgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida metronidazol absorbtsiyasi tufayli quyidagi o‘zaro ta'sirlar kuzatilishi mumkin:
Alkogol: alkogolga chidamsizlik (disulьfiramsimon reaktsiyalar).
Amiodaron: kardiotoksiklik xavfi oshadi (QT intervalining uzayishi, «piruet» turidagi yurak qorinchasi taxikardiyasi, yurak urishi to‘xtashi).
Astemizol va terfenadin: metronidazol ushbu preparatlar metabolizmini susaytiradi va ularning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Karbamazepin: karbamazepinning qondagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Simetidin: metronidazolning qondagi darajasini oshiradi, shuningdek nevrologik nojo‘ya ta'sirlar xavfini oshiradi.
Siklosporin: siklosporinning toksiklik xavfini oshiradi.
Disulьfiram: markaziy nerv tizimining nojo‘ya ta'sirlari (masalan, psixotik reaktsiyalar).
Litiy: qondagi darajasini oshiradi va litiy toksikligini oshiradi.
Fenitoin: fenitoin darajasini oshiradi, qonda metronidazol darajasini kamaytiradi.
Fenobarbital: qonda metronidazol darajasini kamaytiradi.
Ftoruratsil: qondagi darajasini oshiradi va ftoruratsil toksikligini oshiradi.
Peroral antikoagulyantlar: antikoagulyantlar ta'siri samarasini oshiradi.
Metronidazol bilan davolash vaqtida qonda jigar fermentlari, glyukoza (geksokinazli usul), teofillin va prokainamid darajalariga ta'siri qayd etiladi.
Quyida qayd etilgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida mikonazol nitrat absorbtsiyasi tufayli quyidagi reaktsiyalar kuzatilishi mumkin:
Atsenokumarol, anizindion, dikumarol, fenindion, fenprokumon, varfarin: qon ketishlar xavfini oshiradi.
Astemizol, sizaprid va terfenadin: mikonazol ushbu dori preparatlari metabolizmini susaytiradi va ularning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Karbamazepin: karbamazepin metabolizmini kamaytiradi.
Siklosporin: siklosporinning toksiklik darajasini oshiradi (buyrak disfunktsiyasi, xolestaz, paresteziya).
Fentanil: opioidlar ta'sirini oshiradi yoki uzaytiradi (markaziy nerv tizimi susayishi, nafas yetishmovchiligi).
Fenitoin va fosfenitoin: fenitoinning toksiklik xavfi oshadi (ataksiya, giperrefleksiya, nistagm, tremor).
Glimepirid: gipoglikemik ta'sirni oshiradi.
Oksibutinin: oksibutininning plazmadagi kontsentratsiyasini yoki ta'sirini oshiradi.
Oksikodon: oksikodonning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi va organizmdan chiqarilishini kamaytiradi.
Pimozid: kardiotoksiklik xavfi oshadi (QT intervalining uzayishi, ikki yo‘nalishli taxikardiya, yurak urishi to‘xtashi).
Tolterodin: P450 sitoxromi tanqisligi bo‘lgan shaxslarda tolterodin biokiraolishligi oshishi, 2D6 faollik.
Trimetreksat: trimetreksatning toksikligini oshiradi (ilik faoliyatining susayishi, buyraklar va jigar funktsiyalari buzilishi, me'da-ichak yaralari).
Alohida patsiyentlar guruhlari uchun qo‘shimcha axborot:
Alohida patsiyentlar guruhlari uchun dorilarning o‘zaro ta'sirlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Bolalar yoshidagi patsiyentlar:
Bolalarda dorilarning o‘zaro ta'sirlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Metronidazolning yuqori dozalari va uzoq vaqt qo‘llanilishi periferik nevropatiyani va tizimli qo‘llanilishi tufayli tomir tortishishlarini chaqirishi mumkin.Jinsiy balog‘atga yetmagan qiz bolalarga qo‘llanilmasligi kerak.
Gayneks suppozitoriylaridan homilador bo‘lishdan saqlaydigan diafragmalar va kontratseptivlar bilan birga foydalanish mumkin emas, chunki Gayneks suppozitoriylari asosi kauchuk bilan reaktsiyaga kirishishi mumkin.
Boshqa vaginal vositalar (masalan, tamponlar, bosim ostida suv yoki suyuq dori purkab yuvish yoxud spermitsidlar) davolash davomida bir vaqtda qo‘llanilmasligi kerak.
Trichomonas vaginalis bilan infektsiyalangan jinsiy sheriklar bir vaqtda davolanishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Umumiy tavsiyalar
Homiladorlik S toifasi.
Fertil yoshidagi ayollar/Tug‘ilishni nazorat qilish (Kontratseptsiya)
Gayneks suppozitoriylari faol moddasining homila va yangi tug‘ilgan chaqaloq rivojlanishiga ta'siri yetarlicha noma'lumligi tufayli ushbu preparatdan foydalanadigan ayollar tegishli usul yordamida homilador bo‘lish ehtimolidan saqlanishlari kerak.
Homiladorlik
Hayvonlarda homiladorlik, embrion/homila o‘sishi, perinatal va/yoki postnatal rivojlanishga tegishli klinikagacha tadqiqotlar soni yetarli emas. Odam uchun potentsial xavfi aniqlanmagan.
Homiladorlikning dastlabki uch oyligi vaqtida Gayneks suppozitoriylari preparatidan foydalanishga tegishli klinikagacha tadqiqotlar soni yetarli emas. Shu tufayli homiladorlikning dastlabki uch oyligi vaqtida Gayneks suppozitoriylari qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi vaqtida shifokor tomonidan foyda/xavf nisbati baholanishi kerak, zarur bo‘lmagan holatlarda preparat qo‘llanilmasligi kerak.
Laktatsiya
Ko‘krakdan emizish to‘xtatilishi kerak, chunki metronidazol sutga o‘tadi. Ko‘krakdan emizish davolash tugaganidan so‘ng 24-48 soatdan keyin tiklanishi mumkin.
Reproduktsiya/Fertillik
Metronidazol yoki mikonazol nitrat alohida qo‘llanilganida odam yoki hayvon fertilligiga xavfli ta'sir mavjudligi dalil-isbotlari aniqlanmagan.
Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Metronidazolning tizimli qo‘llanilishi avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etishi mumkin. Tizimli qo‘llanilishga nisbatan mahalliy qo‘llaniladigan metronidazol quyi kontsentratsiyalarda haznaga so‘riladi.
Gayneks suppozitoriylari bosh aylanishi, ataksiya, charchoqlik va kuchsizlikni chaqirishi mumkin, shu tufayli avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etishi mumkin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Haddan tashqari ko‘p miqdorli suppozitoriylar qo‘llanilgan holatda, metronidazol tufayli tizimli ta'sirlar paydo bo‘lishi mumkin, biroq metronidazol intravaginal qo‘llanilganida hayot uchun xavfli simptomlar paydo bo‘lishi kutilmaydi.
Simptomatik va quvvatlovchi davolash o‘tkazilishi kerak. Metronidazol uchun spetsifik antidot yo‘q. Metronidazol preparatining 12 g dozasini qabul qilgan patsiyentlarga davolash o‘tkazilishi kerak.
Metronidazol dozasining oshirib yuborilish simptomlari ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorin sohasidagi og‘riqlar, qichishish, metall ta'mi, ataksiya, bosh aylanishi, paresteziya, konvulьsiyalar, leykopeniya, siydik rangi qorayishidan iborat; mikonazol nitrat dozasining oshirib yuborilish simptomlari esa og‘iz va tomoqdagi og‘riq, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rishi, diareyani o‘z ichiga oladi.
Chiqarilish shakli
7 ta vaginal suppozitoriy PVX/polietilenli stripda, 2 tadan strip tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.Yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.Ishlab chiqarish manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan), Hindiston.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.