Vraggripp kid 15ml
30 800 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Vraggripp kid 15ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Vraggripp KidTa'sir etuvchi moddalar (XPN): Fenilefrin, xlorfeniramin.
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilarTarkibi
Har ml eritma quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 5 mg fenilefrin gidroxloridi, 2 mg xlorfeniramin maleati;
yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, saxaroza, natriy benzoati, vino kislotasi, aspartam, oq atirgul essentsiyasi, natriy sitrati, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv.
Ta'rifi
tiniq rangsiz suyuqlik.Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vositalar.ATX kodi: R01AB01
Farmakologik xususiyatlari
FarmakodinamikasVraggripp Kid shamollash, gripp, yo‘tal, isitma, shamollash bilan bog‘liq katar va yuqori nafas yo‘llarining boshqa infektsion kasalliklari bilan assotsiatsiyalanadigan simptomlarini kamaytirish uchun tibbiy ingrediyentlarning majmuasi bo‘lib hisoblanadi.
Fenilefrin gidroxloridi: shamollash, allergiya, isitma yoki grippda burunni bitishini vaqtincha pasaytirish uchun qo‘llanadigan dekongestant.
Xlorfeniramin antigistamin vosita hisoblanadi. U organizmda tabiiy gistaminni bloklaydi. Xlorfeniramin qichishish, ko‘z yoshini oqishi va tumov, boshqa allergik simptomlarni oldini oladi.
Farmakokinetikasi
Fenilefrin me'da-ichak yo‘llarida to‘liq so‘riladi. Turli to‘qimalar va suyuqliklarda taqsimlanadi, jigarda sekin metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin nomuntazam adsorbtsiyalanishi va jigarda birinchi o‘tish natijasida past bioekvivalentlikka egadir.Xlorfeniramin maleati me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng 1-4 soatdan keyin plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyaga erishiladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutiga kiradi. Xlorfeniramin plazma oqsillari bilan yuqori bog‘lanadi va organizmda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Burun bitishi, tumov, allergik rinit, sinusitda, shuningdek gripp va O‘RVI ni simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.1 oylikdan 5 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar: 5-9 tomchidan;
6 oylikdan 12 oylikkacha bo‘lgan bolalar: 9-11 tomchidan;
1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 11-16 tomchidan kuniga 3-4 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha tomiziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Fenilefrinning mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalari: asabiylik, uyqusizlik, bezovtalik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, me'dada achishishni o‘z ichiga oladi. Bu reaktsiyalar kam uchraydi va hatto davolash to‘xtatilganidan keyin ham uchrashi mumkin.
Xlorfeniraminning ko‘proq uchraydigan umumiy nojo‘ya reaktsiyasi bu holsizlikdir. Me'dadagi achishishni ovqatni suyuqlik yoki ichimliklar bilan qabul qilib bartaraf qilish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biror-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, glaukoma, MAO preparatlarini qabul qiluvchi va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vraggripp Kid fenobarbital, varfarin, fenotiazid, monoaminoksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, bilvosita yoki aralash simpatomimetik vositalar, xavotirlik va uyquni davolash uchun qo‘llanadigan vositalar, xinolonlar, depressiyani davolash uchun qo‘llanadigan vositalarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat antigistamin komponent xlorfeniramin maleatini saqlaydi, uni sedativ samara ko‘rsatuvchi preparatlar va alkogol bilan birga qo‘llashda antigistamin komponentining sedativ samarasini oshirishi mumkin. MNT ni rag‘batlantiruvchi preparatlar bilan qabul qilish mumkin emas, demak tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Bu holsizlik, uyquchanlikka olib kelishi mumkin.Homiladorlik va laktatsiya davri
Shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tashqari, homilador ayollar va laktatsiya davrida onalarga, tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Davolash preparatlarning dozasini oshirib yuborilishini davolashga bo‘lgan talablariga asoslangan bo‘lishi kerak. Agar preparat taxminan 1 soat oldin qabul qilingan bo‘lsa faollashtirilgan ko‘mirni buyurish kerak.Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar 15 ml dan flakon-tomchilagichda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
Quruq, qorong‘i joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.