Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xondroksid sirtga qo‘llash uchun gel 5% 30g (tuba) Nijfarm
Nomi | Narx | |||||
Хондроксид® гель для наруж. прим. 5% 30г (тубы) Нижфарм (60423##2 068) |
UZS 88 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Хондроксид® гель для наруж. прим. 5% 30г (тубы) Нижфарм (60423##2 069) |
UZS 88 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Хондроксид® гель для наруж. прим. 5% 30г (тубы) Нижфарм (60423##2 073) |
UZS 90 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хондроитин сульфат
Страна производитель
Россия
Дозировка
5% 30г
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xondroksid
Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlangan nomi Xondroitin sulfati
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
Faol modda xondrotin natriy sulfati - 0,05 g (100% quruq moddaga hisoblanganda); yordamchi moddalar dimetilsulfoksid (dimeksid) - 0,1 g, propilenglikol (1,2-propandiol) - 0,05 g, izopropanol (izopropil spirti, 2-propanol)-0,05 g, etanol (etil spirti) - 0,2 g, natriy disulfati (natriy metabisulfiti) - 0,0005 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin, metilparaben) - 0,0012 g, propilparagidroksi-benzoat (nipazol, propilparaben) - 0,0003 g, karbomer (karbopol) - 0,035 g, apelsin aromatizatori (ozuqa “Apelsin” aromatizatori) - 0,005 g, suv (tozalangan suv) - 1 g gacha.
Ta'rifi
Sarg‘ish, yarimtiniq, meva hidli bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalarning reparatsiyasini rag‘batlantiruvchisi
ATX kodi M01AX25.
Farmakologik ta'siri
Xondroksid geli majmuviy ta'sirga ega
• osteoartrozni va osteoxondrozni kuchayib borishini sekinlashtiradi;
• og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi;
• yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi;
• bo‘g‘im tog‘ayining tiklanishini rag‘batlantiradi;
• bo‘g‘imlarning harakatchanligini yaxshilaydi;
• bo‘g‘imlarning shishini kamaytiradi.
Gelning komponentlarini optimal mos qo‘shilishi tufayli ularning og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi samaralarini o‘zaro kuchayishi aniqlanadi.
Xondroksid preparatini qo‘llash qabul qilayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning dozalarini kamaytirish imkonini beradi.
Xondroksid tabiiy komponent xondroitin sulfatini (yuqori molekulyar mukopolisaxarid) saqlaydi, u tog‘ay to‘qimalarni qurilishida ishtirok etadi.
Xondroitin sulfati
• tog‘ay to‘qimasida fosfor-kaltsiy almashinuvini yaxshilaydi;
• tog‘ay to‘qimasini parchalaydigan fermentlarning faolligini pasaytiradi;
• tog‘ay to‘qimasida degeneratsiya (parchalanish) jarayonlarini tormozlaydi;
• glikozaminoglikanlar sintezini rag‘batlantiradi;
• biriktiruvchi to‘qimasining kollapsiga to‘sqinlik qiladi;
Bu shikastlangan bo‘g‘imlarda og‘riqni kamayishiga va harakatchanlikni oshishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Xondroksid geli yaxshi so‘riladi. Sichqonlarda radionishonlangan 3N-xondroitin sulfati ishlatilgan holda eksperimental tekshirishlardan olingan ma'lumotlarga muvofiq xondroitin sulfatining so‘rilish ko‘rsatkichi 14% ni tashkil qiladi. Dimetilsulfoksid xondroitin sulfatni xujayra membranalari orqali to‘qimalarni ichkarisiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Xondroksid® preparati teriga surtilgandan keyin xondroitin sulfat bo‘g‘imlarga tez va tanlab o‘tadi, 30 minutdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishadi va keyinchalik preparat tog‘ay to‘qimasidan ikki bosqichli chiqariladi. Chiqarilishining tez bosqichini tugallanishi qo‘llangandan 1 soatdan keyin yuz beradi. Preparatni bo‘g‘imlarda tutilib qolishi 5 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari osteartroz, umurtqa pog‘onasining osteoxondrozni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Xondroksidgeli teriga shikastlanish o‘chog‘i ustiga kuniga 2-3 marta surtiladi va yengil qarsaksimon harakatlar bilan to‘liq shimilguncha 2-3 minut davomida ishqalanadi. Davolash kursi 2-3 haftadan 2-3 oygacha tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Preparat surtilgan sohada teri qoplamalarini shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi.
Dozani oshirib yuborilishi
Xondroksid gel preparati dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlashishi yoki nomutanosibligi hollari noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni shilliq qavati va ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Teriga yoki kiyimga tushganida gel suv bilan iz qoldirmasdan oson yuviladi. Preparat homiladorlikda, laktatsiya davrida, bolalik yoshida shifokorni maslahatsiz qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Xondroksid geli sedativ samara, psixomotor buzilishlar chaqirmaydi va patsiyentni yuqori e'tibor va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 5% li gel. 20, 25, 30, 35, 40 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“NIJFARM” AJ, Rossiya
Nijniy Novgorod sh. Salsanskaya ko‘ch., 7 uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.